Aim.uz
O‘rta Osiyodagi ilk davlat uyushmalari
R E J A:
1. Zardushtiylik e’tiqodining vujudga kel O’rta Osiyoda ilk shaharlarning vujudga kelishi. Ijtimoiy tabaqalanishning boshlanishi.
2. Turar joylar, hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilik ishi.
3. Zardushtiylikning tarqalishi va uning O’rta Osiyoning eng qadimgi
xalqlari ma`naviy hayotiga ta`siri.
4. “Avesto” kitobi va undagi tarixiy ma’lumotlar.
Ilk davlatlarning paydo bo’lishida o’zaro ayirboshlash, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bo’lgan. Dastavval shuni aytish joizki, O’rta Osiyo hududlarida yashagan aholi qadimgi davrlardan boshlab o’zaro munosabatlarni rivojlantirib kelganlar. Bronza davriga kelib Shimoldagi ko’chmanchi chorvador qabilalar va janubdagi o’troq dehqonchilik aholisi O’rtasida O’zaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Bu o’rinda O’sha davrda shakllanib keyinchalik ancha rivojlangan qadimgi yo’llarning ahamiyati beqiyos bo’ldi. O’rta Osiyo qadimgi aholisi mintaqadan tashqari qo’shni davlatlar bilan ham o’zaro aloqalarni rivojlantirganlar. Bu o’rinda shuni ta`kidlash joizki, qimmatbaho Badaxshon (Tojikiston) lojuvard toshlari mil avv. III ming yillikdayoq Mesopotamiya va Misr shaharlarida nihoyatda qadrlangan va bu hududlar bilan o’zaro mol ayirboshlash munosabatlari O’rnatilgan. Undan tashqari, Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Eron, O’rta Osiyo yodgorliklaridagi sO’nggi bronza va ilk temir davri topilmalaridagi juda Ko’pgina o’xshashliklar bu hududlar O’rtasidagi O’zaro iqtisodiy va madaniy aloqalardan dalolat beradiki, bu jarayon ham ilk davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Mil avv. III - II ming yillliklarga kelib O’rta Osiyo jamiyatida sodir bo’lgan iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari bu hududlarda ilk shaharlarning paydo bo’lishiga imkon yaratdi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ilk shaharlar paydo bo’lishi dastlabki davlatchilik shakllanishida eng muhim va asosiy omil bo’lib, bu ikkala jarayon uzviy bog’liq holda kechgan.
Ma`lumki, mil.avv. II ming yillikka kelib qadimgi O’zbekistonning dehqonchilik vohalarida O’troq qabilalar rivojlanib aholining alohida joylashuv manzilgohlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy O’zgarishlar - O’troq dehqonchilikning rivojlanishi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, ijtimoiy tabaqalanish va boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, O’zaro almashinuv, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning kuchayishi hamda harbiy-siyosiy vaziyat O’zbekiston hududlarida dastlabki shaharsozlikning paydo bo’lishida asosiy omillardan hisoblanadi.
O’lkamiz hududlarida dastlabki shahar madaniyatining shakllanishi ham jamiyat taraqqiyotida bo’lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo’li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko’ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi uzoq va bosqichma-bosqich davrlarni bosib o’tgan. O’zbekistonning turli hududlarida tadqiqotchilar qadimgi shahar xarobalarini topib tekshirdilar. Ko’p sonli arxeologik topilmalarning dalolat berishicha bu kO’hna shaharlar ba`zilarining yoshi 2700-3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob, Ko’ktepa (Samarqand), Qiziltepa (Surxon vohasi), Uzunqir, ErqO’rg’on (Qashqadaryo vohasi) va boshqalar kiradi. Bu kO’hna shaharlar tarixi hozirgi Samarqand (Afrosiyob-Maraqanda), Kitob-Shahrisabz (Uzunqir) yoki Qarshi (Erqo’rg’on) hududlarida davom o’tdi.
O’lkamiz hududlarida qadimgi shaharsozlik madaniyatining asoslari quyidagilardan iborat:
aholining O’troq dehqonchilikka O’tishi va keng vohalar bo’ylab yoyilishi;
hunardmanchilik ishlab chiqarishining rivojlanishi natijasida iqtisodiy hamda madaniy aloqalar va savdo-sotiqning taraqqiy etishi;
tabiiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar.
Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga qaraganda shahar madaniyati dastavval Shimoliy Baqtriyaga (Surxon vohasi) keyin esa So’g’diyona (Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro vohasi), Xorazm va Farg’ona hududlariga tarqaladi. Qadimgi shaharlar -tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi. Fikrimizcha, shaharlar tarixini O’rganish jarayonida dastavval eng qadimgi shaharlar shakllanishi va rivojlanishi; aniq hududlar yoki viloyatlardagi tarixiy-madaniy shart-sharoitning ta`siri; ekologik, geografik, ijtimoiy, iqtisodiy va demografik muhitlarning darajasi va ta`sir doirasi; shaharlarning vazifasi; qadimgi shahar markazlarining tarixiy-madaniy jarayonlardagi o’rni va ahamiyati masalalariga keng e`tibor qaratish lozim.
Ko’pchilik tadqiqotlar natijalarini tahlil etar ekanmiz shunday xulosaga kelish mumkinki, O’rta Osiyo hududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyati mil avv. II ming yillikdayoq, ya`ni, bronza davridayoq shakllana boshlaydi. Bu davrda ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi natijasida mehnat unumdorligi ortib boradi. Natijada turli tarixiy viloyatlarda joylashgan yirik mustahkam manzilgohlar o’rni va atroflarida (Sopolli, JarqO’ton, Namozgoh, Qiziltepa, ErqO’rg’on, Bandixon, Uzunqir) dastlabki shahar markazlari shakllanib rivojlana boshlaydi.
Xullas, O’rta Osiyodagi urbanizatsiya jarayonining xronologiyasi va shakllari nisbatan turlicha bo’lib, bu jarayon faqat ichki tabiiy-geografik va ijtimoiy-siyosiy sharoitlar hamda qo’shni jamoalardagi madaniy ta`sir bilan bog’liq bo’lmasdan, dastavval, Yaqin va O’rta Sharqdagi (Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Eron) jahon urbanistik markazlari bilan ham chambarchas bog’liq edi.
O’lkamiz hududlaridagi ilk shaharlar qishloqlardan iqtisodiy, siyosiy va madaniy mavqesi bilan ajralib turgan. Bu shaharlar asosan aholisi sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullangan vohalarda, qadimgi savdo yo’llari bo’ylarida, hukmdorlar qarorgohlari atroflarida paydo bo’lgan. Bunday shaharlar O’zlari joylashgan vohalarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va harbiy markazlari vazifasini bajargan bo’lishi shubhasizdir.
-1-
Markaziy Osiyodagi turli xalqlarning qadimgi davrlardagi diniy qarashlari va e`tiqodlari, payg’ambarlari va ular ta`limotlarining yoyilishi Ko’pgina olimlar orasida ilmiy munozaralarga sabab bo’layotgan masaladir. Ma`lumki, Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng yoyilgan va asosiy din zardushtiylik edi. Bu ta`limotning asoschisi Zaradushtra va uning faoliyati, bu dinning muqaddas kitobi “Avesto” va paydo bo’lgan hudud haqidagi masalalar ham Hozirgi kunda Ko’pchilik tadqiqotchilarning diqqat markazida turibdi. Umuman olganda, Zaradushtraning Vatani Markaziy Osiyo deb hisoblovchi olimlar Ko’pchilikni tashkil o’tdi.
Ma`lumotlarda islomda “Qur’on”, nasroniylarda “Bibliya” bo’lganidek “Avesto” - zardushtiylik dinining matnlari to’plamidir. Zardushtiylik ta`limoti er, suv, Havo va olovni muqaddas deb Hisoblagan.
“Avesto” kitobi turli xil ma`lumotlarni o’z ichiga oladi. Shu jumladan - qadimgi geografik tushunchalar - daryolar, tog’lar, ko’llar nomlari, hududiy etnik qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi mamlakatlarning ro’yxati, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar haqida, siyosiy tuzum, diniy nasiHatlar, zardushtiylar falsafasi, dunyo tarixi rivojlanishi haqida qimmatli ma`lumotlar beradi.
Tarixdan ma`lumki, zardo’shtiylik miloddan oldingi VII-asrdan, milodning VII asrigacha qariyb ming yil Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o’lkalarda diniy e`tiqod sifatida yashadi.
Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Zardo’sht Markaziy Osiyo hududida faoliyat ko’rsatgan ilohiyotchi faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo’lgan. Zardo’sht zardo’shtiylik dinining payg’ambari sifatida tan olingan va e`tirof etilgan bo’lib, uning ta`limoti Markaziy Osiyo xalqlari tarixida va ma`naviy madaniyatida ulkan rol O’ynadi.
I.A.Karimov bu Haqda Shunday dedi: “Eng mO’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz “Avesto”ning yaratilganiga 3000 yil bo’lyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, manashu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma`naviy, tarixiy merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadim O’lkada buyuk davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvoh lik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi”.
"Avesto"ning paydo bo’lgan davri apxeologik davrlashtirish bo’yicha so'ngi bronza va temir davriga to'g'ri keladi (mil-av IX-VII asrlar). Marziy Osiyoda shu davr yaz 1 va unga to'rdosh bo’lgach Chust, Kuchuktepa va Tillatepa madaniyatlariga tarqalgan. Ular moddiy madaniyati namunalarining "Avesto"da keltiriladigan ma'lumotlar bilan mos kelshi Ko’plab avestoshunos va arxeolog tadqiqotchilari tomonidan qayd etilgan.
O'rta Osiyo hududlarida davrida "nom"tipidagi shaxar-davlatlar paydo bo’lganligi Oltintepa dashtli Jarqo'rg'on yodgorliklari misolida kuzatilsa, so'nggi bironza va ilk temir davrida esa "nom" tipidagi xududiy davlatlarining kakilanish jaroyonlari kechgan. hududiy avlodlar bir yoki bir necha kichik daryolar bo'zanlari xududlarini birlashtirib, markaziy shahar va shu shaxar atrofida jamlangan qishloqlar majmuasidan iborat bo’lgan.
"Avesto" paydo bo’lgan paytda, ya'ni Yaz 1 davrida O'rta Osiyo hududlarida ilk marotaba mudofaa devorlari bilan o'ralgan arklar paydo bo’lgan bo’lsa (Yaztepa, Kuchuktepa, Tillatepa, Qiziltepa va boshqalar), "Avesto"da jamiyatning siyosiy va huquqiy masalalari to'g'risidagi ma'lumotlarni topish mumkin. Jumladan, Mitraga ibodat qilganda, sig'inganda unga boy yoki kambag'al odamlarning farqi yo'qligiga ishora etilganligini o'qishimiz mumkim:
Do'stlaringiz bilan baham: |