2.Xarakterning fiziologik asoslari
Xarakter xislatlari kelib chiqishining muhim fiziologik sha-roitlaridan biri - xarakter xususiyatlarining fiziologik hamda psixologik jihatdan ifodalanishi o‘rtasidagi o‘xshashlik bo‘yicha tax-miniy xulosa chiqarishdir. Ma’lumki, I. P. Pavlov ilmiy maktabi materiallarida e’tirof etilishicha, laboratoriya sharoitida ovqat-lanish orqali, shuningdek, teriga elektr toki bilan ta’sir qilish tufayli mustahkamlashda aynan bir hayvonda bir xil shartli qo‘zg‘ov-chiga javoban ikki xil dinamik stereotiplar hosil bo‘lishi mumkin. Harakat stereotiplar va so‘lak ajratishdan iborat ijobiy va tomoz-lanish shartli reaksiyalari bilan javob qaytaradi. Teriga elektr toki bilan ta’sir qilish sharoitida esa qo‘zg‘ovchilarning o‘ziga mu-dofaa harakatlari stereotiplari reaksiyasi bilan javob beradi. Bu hodisalar negizida yotgan fiziologik mexanizm ko‘chirish mexanizmi deyiladi. Ko‘chirish mexanizmining mohiyati shuki, sharoitga bog‘liq tarzda markaziy asab tizimida har xil funksional holat paydo bo‘la-Di, chunonchi, ovqatlanishda ovqatlanishning markazlarida kuchli Qo‘zg‘alish yuzaga keladi va bunday ovqatlanish bilan bog‘liq domi-nanta tug‘iladi. Teriga elektr toki bilan ta’sir qilishda mudofaa bilan bog‘liq harakat markazlari kuchli qo‘zg‘alishi tufayli muhofa-za (mudofaa) dominantasi vujudga keladi.
Hayvonlardagi mazkur hodisalarning shaxs xarakterining xislat-lari namoyon bo‘lishi bilan o‘xshashligi mavjud: 1) ular hayvonlar va odamlar uchun stereotip xususiyatga ega; 2) sharoitga bog‘liqholda odam-larda va hayvonlarda bir qo‘zg‘ovchiga javoban xilma-xil stereotip xususiyatli reaksiyalartizimi vujudga keladi; 3) funksional holat-lar har ikkalasida ham barqaror va doimiy xususiyat kasb etadi. Funksional holatlar hosil bo‘lishining tashqi omillariga asosla-nib; xarakter xislatlari shakllantirishning fiziologik sharoit-laridan biri ko‘chish mexanizmi asosida dinamik stereotiplarning vujudga kelishidir.
Xarakter xislatlarining dinamik stereotiplarga bog‘liq asab tizimining shartli reflektor funksional holati shaxsning sharo-itga nisbatan turlicha munosabatiga bog‘liqdir. Masalan, tajribaga nisbatan tekshiriluvchi munosabati o‘zgartirilsa, unda nerv jarayon-larining qo‘zg‘aluvchanligi, harakatchanligi, to‘xtalishi kuchayadi, de-mak asab tizimining funksional holati o‘zgaradi. Shunday qilib, xarakter xislatlarining asosi ko‘chish mexanizmi insonlarda hay-vonlarnikidan keskin tafovutlanadi, chunki unda ikkinchi signal tizimi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xarakter xislatlarining namoyon bo‘lishi bilan asabtizimi qiyos-lansa, u holda birinchisining ro‘yobga chiqishi o‘zgacha fiziologik sharoitga asoslanishini ko‘rish mumkin. Sobiq sovet psixologiyasi-da ta’kidlanishicha, asab tizimi umumiy tipining zid xususiyatlari psixologik jihatdan zid harakat usullariga mos tushadi. B. M. Tep-lov, V. S. Merlin, YE. A. Klimovlarningtadqiqotlarida, o‘qish, sport va mehnat faoliyatlarida harakat usullarining individual farkla-ri aiiklangan. Xuddi shu bois xarakter xislatlari paydo bo‘lish-ning o‘zgacha fiziologik sharoiti asab tizimi umumiy tipining xu-susiyatlari hisoblanadi. Ma’lumki, asab tizimining umumiy tipi - bu temperamentning fiziologik asosi hamdir. Shuning uchun tem-perament tipi xarakterning individual o‘ziga xos xislatlarining ro‘yobga chiqishidagi muhim psixologik sharoitlardan biri bo‘lib hisoblanadi. I. P. Pavlov tajribasining ko‘rsatishicha, muayyan ti-zimda tashqi ta’sir hukm surganda asab tizimi umumiy tipining xususiyatlariga taalluqli dinamik stereotipning shakllanishiga qulaylik vujudga keltirishi yoki, aksincha, xalaqit berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |