Uyaltirish o’quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiyasi uchun mas’ul bo’lgan sub’ektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus va sharm-hayodir. Odamda insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo’lsa, avvalo, o’zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo’ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg’ularni ehtiyotkorlik bilan o’stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qizirtiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o’z o’rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.
Jazo puxta o’ylab qo’llanilishi lozim, aksincha, jahl ustida jazolash mumkin emas. Jazolar yakka xarakterda, ya’ni, birgina usulni qo’llash asosida bo’lsin, o’quvchining aybiga mos, muvofiq bo’lishi, tez-tez qo’llanilmasligi, jazolanuvchida jazoning to’g’ri belgilanganligiga nisbatan shubha tug’ilmasin va ular o’z ayblarini sezsin. Jamoada muhokama qilish va jamoa tomonidan qo’llab-quvvatlangan jazo berilsa, uning ta’sir kuchi yanada oshadi. Jazo tarbiyalanuvchining jismoniy va ruhiy azoblamasligi, tahqirlamasligi, sha’nini erga urmasligi kerak.
Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib borar ekan, unga muvofiq ravishda tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi.
Tarbiya jarayonining umumiy holatidan kelib chiqqan holda tarbiya metodlarini quyidagi uch guruhga bo’lish mumkin:
Bu guruhlar o’z navbatida bir qator tarbiya elementlaridan tashkil etadi. Chunonchi, shaxs ongini shakllantirish metodlariga: hikoya, tushuntirish, izohlash, ma’ruza, etik suhbat, ishontirish, nasihat, yo’riqnoma, munozara, ma’ruza, namuna; faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlariga mashqlantirish, odatlantirish, pedagogik talablar, jamoat fikri, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyat; xulq va faoliyatni rag’batlantirish metodlariga: musobaqa, rag’batlantirish va jazolash kiradi.
Adabiyotlar:
Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1997.
Avloniy, Abdulla. Turkiy guliston yohud axloq. – Toshkent: O’qituvchi, 1993.
Pedagogika tarixi (Pedagogika oliy o’quv yurtlari va universitetlar talabalari uchun o’quv qo’llanma. K.Hoshimov, S.Nishonova, M.Inomova, R.Hasanov. – Toshkent: O’qituvchi, 1996.
Podlaso’y I. Pedagogika. Novo’y kurs. Kn. 1. – Moskva: Vlados, 1999.
Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi G’ M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.
Mavlonova R., To’raeva O., Holiqberdiev K. Pedagogika. – Toshkent: O’qituvchi, 2001.
Nazorat uchun savollar:
Tarbiya metodlarini ko’rsating va ularga ta’rif bering.
Tarbiya metodlaridan hikoya, suhbat, namuna hamda ma’ruza qanday hollarda qo’llaniladi?
Xalq pedagogikasi qanday tarbiya metodlariga ega?
Rag’batlantirish va jazolash metodlari haqida gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |