2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar


Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish



Download 1,84 Mb.
bet183/183
Sana20.11.2022
Hajmi1,84 Mb.
#869256
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika

Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish. Anomal bolalar orasida eshitish qobiliyati turli darajada nuqsonli bo’lgan bolalar ko’pchilikni tashkil etadilar. Eshitish qobiliyatining buzilishiga yuqumli kasalliklar bilan og’rish, zaharlanish, akustik yoki kontuziyali jarohatlar ham sabab bo’lishi mumkin. Qulog’i og’irlik yoki karlik kelib chiqish sabablariga ko’ra: nasliy, tug’ma va kelib chiqqan tarzda turlanadi.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash masalalari surdopedagogika (yunoncha “surdus” – kar) tomonidan o’rganiladi.
Eshitish analizatorining mo’’tadil ishlashi bolaning umumiy rivojlanishi uchun alohida ahamiyatga ega bo’lib, uning buzilishi natijasida bolaning nutqi, psixologik rivojlanishi yomonlashadi, umumiy rivojlanishi ortda qoladi.
Ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktabida eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish mumkin. O’qituvchi bolaning eshita olishiga e’tibor berishi lozim. Bolani birinchi yoki ikkinchi partaga, iloji bo’lsa o’rta qatorga o’tkazish kerak. Shu bilan birga o’qituvchi bola darsni tushuna olganligi, topshiriqni to’g’ri bajarayotganligini nazorat qilib turishi kerak. Ba’zida eshitmaydigan yoki yomon eshitadigan bolalar ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida eshitadigan tengdoshlari bilan birga muvaffaqiyatli o’qiydilar.


Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish. Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash masalalarini tiflopedagogika (yunoncha “typhlos” – ko’r) o’rganadi.
Ko’rish qobiliyatining buzilishi tug’ma yoki orttirilgan bo’ladi.
Ommaviy maktablarda ta’lim olganda ko’rishda nuqsoni bo’lgan bola jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi. Idrok etishning aniq emasligi, sekinligi, torligi predmetlarni tanib olish, shaklini ajratish, o’ziga xos belgilari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lishda ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bolalar satrlar, harflar va raqamlarni adashtiradilar. Bular o’qish texnikasini egallash, o’qilganlarning mazmunini tushunishga halaqit beradi. Ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida ko’rishda nuqsoni bo’lgan bola qarab bajariladigan ishni tashkil etishda tez charchaydi, natijada ish qobiliyati pasayadi. U tuzatuvchi ko’zoynak taqishi kerak. Lekin ko’zoynak taqishda bola pedagogning unga diqqat bilan munosabatda bo’lishiga ehtiyoj sezadi. Maktabda va uyda o’quv ishlarini bajarishda sanitar-gigienik talablarga amal qilishi lozim.
Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar bilan ish olib borayotgan o’qituvchi korrektsion ishlarning o’ziga xos jihatlarini bilishi zarur. O’qituvchi o’quvchining doska, jadval va xaritadagi o’quv materiallarini qabul qilishi va tushunishini nazorat qilib borishi kerak. Kurishida nuqsoni bo’lgan bolada ko’zi charchashi ko’p kuzatiladi. Shuning uchun dars paytida unga ko’rish ishlarini boshqa turdagi ishlar bilan almashtirib turishga imkon beriladi. Bola 10-15 minut davomida intensiv ko’rish ishlarini bajargandan keyin bir necha minut uzoqqa (doska yoki derazaga) qarashi kerak. Bu ko’rish charchog’ining bartaraf etilishiga yordam beradi.
Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bola uchun ish o’rni to’g’ri va etarlicha yoritilgan bo’lishi kerak. Bunday bola deraza yonidagi birinchi yoki ikkinchi qatorga o’tkaziladi. Yaqinni ko’radigan bola ham doskaga yaqinroq birinchi yoki ikkinchi partaga o’tkazilishi zarur. Uzoqni ko’radigan bola esa, aksincha, doskadan uzoqroqqa oxirgi partaga o’tkazilishi talab etiladi.
O’z sinflarida og’ir ko’rish qobiliyati buzilgan bola bo’lgan o’qituvchilar bolaga tabaqalashgan yondashuv asosida munosabatda bo’lishlari zarur. Bunday holatda o’quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi, sinf xonasi yaxshi yoritilgan, ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolaning ish o’rni esa ko’shimcha yoritilgan bo’lishi kerak. O’quv-tarbiyaviy ishlar jarayonida o’qituvchining nutqi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Uning nutqi aniq, tushunarli, ifodali bo’lishi zarur. O’qituvchi o’zining har bir harakati mohiyatini so’z yordamida sharhlab borishi,
Sinfida ko’r yoki yomon ko’radigan bola bo’lgan o’qituvchi ularning individual xususiyatlari va imkoniyatlarini bilishi, ular normal ko’radigan tengdoshlaridan farq qilishlarini yaxshi anglashi maqsadga muvofiqdir.
O’qituvchilar ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolani o’z vaqtida aniqlash, unga maxsus ta’lim va tarbiya berish masalasini hal etish uchun psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga yuborishdan iborat. Yomon ko’radigan bolalarni o’qitish va tarbiyalash asosan maxsus (korrektsion) maktablarda amalga oshiriladi.
Ko’rishidagi nuqsoni ancha og’ir bo’lgan – ko’r va yomon ko’radigan bolalarni o’qitish maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Ba’zan ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablariga qabul qilinadilar. Bunday vaziyatda anomal bolalar uchun maxsus sharoitlarni yaratish zaruriyati yuzaga keladi.

Nazorat uchun savollar:



  1. Maxsus pedagogika qanday masalalarni o’rganadi?

  2. Maxsus pedagogika qanday tamoyillarga ega?

  3. Maxsus pedagogikaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  4. Anomal o’quvchilar bilan qanday korrektsion ishlar olib boriladi?

  5. Bola rivojlanishidagi nuqsonlar qanday turlarga bo’linadi?

  6. Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni aniqlashda qanday tashxislash tamoyillariga amal qilinadi?

  7. Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni aniqlashda qanday metodlar qo’llaniladi?

  8. Ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish qanday tartibda amalga oshiriladi?

  9. Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan ishlashda nimalarga e’tibor qaratish lozim?

  10. Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish qanday o’ziga xosliklarga ega?

  11. Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish samaradorligini qanday ta’minlash mumkin?

Adabiyotlar:


1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni G’G’ Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1997
2. Novotortseva N.V. Korrektsionnaya pedagogika i spetsialnaya psixologiya. Slovar. – Moskva: Pedagogika, 1999.
3. Usanova O.N. Ruhiy rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalar. –Moskva: Pedagogika, 1995.
4. Raxmonova V.S. Defektologiya va logopediya asoslari. – Toshkent: O’qituvchi, 1990.
5. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi G’ M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.


1


2


3


4


 Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси / Нашр учун масъул: Т.Рисқиев. Тузувчилар Ш.Қурбонов, Ҳ.Саидов, Р.Аҳлиддинов. – Тошкент: “Шарқ” НМК Бош таҳририяти, 1999. – 155-бет

 Философиский словарь. 5-изд. //Под ред. П.Т.Фролова. – Москва: Наука, 1987. – С. 278

 Ларнер И.Я. Дидактические основы методов общения. – Москва: Педагогика, 1981. – С. 35

 Бу тизим И.П.Подласый томонидан методнинг вазифаси бўйича аниқланган тасниф деб номланган. Ҳолбуки дидактик мақсадларга кўра бундай таснифлаш педагогика фанида аллақачон эътироф этган. Қаранг: ўша ерда, 475-бет

 Авесто // Қадимги Шарқ адабиёти. – Москва: МДНМ, 1984. – С. 352

 Раҳимов С.Р. Абу Али ибн Синонинг психологик-педагогик қарашлари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1978. – 103-бет

 Анатомия педагогической мысли Узбекистана. – Москва, 1986

 ХVI-ХVII асрларда Ғарбий Русияда биродарлик ва диний-маърифатпарварлик деб аталувчи ташкилотлар пайдо бўлади

 Авлоний, Абдулла. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. – Тошкент, Ўқитувчи, 1992

 Каримов И.А. Бунёдкорлик йылидан. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996. – 116-бет

 Педагогика тарихи // Олий ўқув юртлари ва университетлар талабалари учун ўқув қўлланма. К.Ҳошимов, С.Нишонова, М.Иномова, Р.Ҳасанов. – Тошкент: Ўқитувчи, 1996, - 191-бет

 Беруний, Абу Райҳон. Танланган асарлар. III жилд. – Тошкент: Давлат нашриёти, 1966. – 7-бет

 Беруний, Абу Райҳон. Танланган асарлар. II жилд. – Тошкент: Давлат нашриёти, 1965. – 125-бет

 Ўзбек педагогикаси антологияси // Тузувчи-муаллифлар: К.Ҳошимов, С.Очил. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. – 137-бет

 Авлоний, Абдулла. Одоб бўстони ва ахлоқ гулистони. – Тошкент: Ўқитувчи, 1994. – 10-бет

 Иброҳимов А., Султонов Х., Жўраев Н. Ватан туйғуси. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996. – 139-бет

 Юсупов Э. Инсон камолотининг маънавий асослари. – Тошкент: Университет, 1998. – 148-бет

 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққёт йўли. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – 76-бет

 Авлоний, Абдулла. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992. – 230-бет

 Синфдан ва мактабдан ташқари тарбиявий ишлар Концепцияси // Маърифат г. – Тошкент: 1993 йил, 3 март

 Авлоний, Абдулла. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992

 “Ўрта махсус касб-ҳунар таълими тўғрисида”ги Низом, 1998

 “Умумий ўрта таълим мактаби Методика кенгаши тўғрисида”ги Низомдан

 Ўша манбадан

 Новоторцева Н.В. Коррекционная педагогика и специальная психология. Словарь. – Москва: Педагогика, 1999.



Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish