2-mavzu: umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish–davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida. (Amaliy mashg‘ulot) Ishning maqsadi


AMALIY MAShG‘ULOTNI BAJARISh UChUN TAVSIYa ETILADIGAN



Download 93,17 Kb.
bet2/15
Sana30.12.2021
Hajmi93,17 Kb.
#197985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1.1 модул 2 мавзу

AMALIY MAShG‘ULOTNI BAJARISh UChUN TAVSIYa ETILADIGAN

QO‘ShIMChA MA’LUMOTLAR:

REJA:

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida umumiy o‘rta ta’limning kafolatlanishi.

2. Umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi islohotlar.

3. Umumiy o‘rta ta’lim tizimini modernizatsiyalash va integratsiyalash jarayonlari.



Tayanch iboralar: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ta’lim, islohot, modernizatsiya, integratsiya, uzluksiz ta’lim, uzluksiz ta’lim tizimi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi


1.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYaSIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING KAFOLATLANIShI

Har bir suveren davlatning bosh huquqiy asosi bu uning Konstitutsiyasidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini bosib o‘tganligi bilan tavsiflanadi. O‘tish davridagi murakkab zamonda yaratilgan ushbu bebaxo va benazir hujjat asosiy qonun shaklida jamiyatning, xalqning manfaati xamda kelajagiga umid va ishonch uyg‘otdi, ijtimoiy taraqqiyotga mo‘ljal oluvchi yo‘lchi yulduz bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasining Kostitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirdagi nutqida: “Farzandlarimizning qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar yetishib chiqadi. Men bunga ishonaman”,- dedi. Buning uchun albatta o‘sib-unib kela yotgan yoshlarimiz har tomonlama ham ma’nan, ham aqlan, ham jismonan sog‘lom, teran fikrlovchi, o‘zining nuqtai-nazariga ega, o‘z erkinligining chegarasini biluvchi va o‘zgalar huquqini hurmat qiladigan, bir so‘z bilan aytganda har tomonlama madaniyatli bo‘lishlari talab etiladi.

Prezidentimiz Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tadbirda huquqiy madaniyat haqida ham fikr bildirdi va: “Har qanday qonun ma’lum huquq berish bilan birga, zimmamizga majburiyat ham yuklaydi. Asosiy qonunimiz bilan barcha fuqarolar zimmasiga Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish, boshqalarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish majburiyati yuklatilgan.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllanishi, avvalambor, tarbiya va muhit bilan bevosita bog‘liqdir. Qonunlarga hurmat odamlarimizning huquqiy ongi va madaniyati asosida shakllanadi. Ya’ni, ayrim kishilar jazodan qo‘rqib qonunga itoat etsa, boshqalar bolalikda olgan tarbiyasiga ko‘ra qonunni hurmat qiladi. Shu bois birinchi navbatda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqiy tarbiyani keng yo‘lga qo‘yishimiz lozim.

Oddiy qilib aytganda, farzandlarimizga bolalik paytidan “yaxshi” va “yomon”, “mumkin” va “mumkin emas” degan tushunchalar o‘rtasidagi farqni o‘rgatishimiz, o‘zimiz esa ularga doim shaxsiy namuna bo‘lishimiz kerak”,-dedi.

Asosiy qonunimizning mazmun-mohiyatini bilish bugungi kunning zarurati ekanligini har birimiz anglab yetishimiz kerak.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Konstitutsiyaning 8-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda shunday degan edi: “Men Konstitutsiyani bolalar bog‘chasidan boshlab o‘rganishni, maktablarda darslik tariqasida o‘qitishni, oliy o‘quv yurtlarida mahsus bir dars sifatida o‘rganishni bugun barcha mutassaddi raxbar va tashkilotlarimizga topshiriq tariqasida aytmoqchiman. Toki unib o‘sib kelayotgan yosh avlodimiz Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini, u xalqimizning istiqlol yillarida erishgan ulkan tarixiy yutuq ekanini teran anglab yetsin”.

O‘zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun xarakat qilar ekan, har tomonlama rivojlangan, erkin shaxsni shakllantirishni o‘zining asosiy vazifalaridan biri deb biladi. Ta’lim sohasida maqsadga yo‘naltirilgan davlat siyosatini olib borish va bu vazifani yechishda asosiy vositalardan biridir.

Ta’lim olish huquqi shaxsning asosiy huquqlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasida (1948 yil 10 dekabr) asoslab berilgan huquqni amalga oshirishning faoliyat ko‘rsatayotgan mexanizmini yaratdi.

Ta’lim olish huquqiga tegishli halqaro hujjat (1960 yil 14 dekabrdagi Ta’lim soxasidagi kamsitishlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiya) shuni e’tirof etadiki, “ta’lim” iborasi o‘qitishning barcha turlarini va bosqichlarini qamrab oladi va ta’lim olish imkoniga ega bo‘lish, ta’limning darajasi va sifati, shuningdek, ta’lim berish sharoitlarini o‘z ichiga oladi.

Xalqaro huquq normalari boshlang‘ich ta’limning majburiy va bepul qilishni, o‘rta ta’limni uning barcha turlarida umum erishadigan qilishni va undan hammaning foydalanishini ta’minlashni, oliy ta’limni to‘la tenglik asosida va har bir kishining qobiliyatidan kelib chiqib barcha erisha oladigan qilishni, qonunda belgilangan o‘qishning majburiyligini ta’minlashni tavsiya etadi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘zi olgan majburiyatlarga amal qilib uzluksiz ta’limning barqaror tizimini yaratdi, shaxsning ta’lim olish huquqini amalga oshirish mexanizmini mustaxkamlab qo‘ydi. Ta’limning yagona tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

 maktabgacha ta’lim;

 umumiy o‘rta ta’lim;

 o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;

 oliy ta’lim;

 oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;

 kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

 maktabdan tashqari ta’lim.

Ta’lim shakli va bosqichlarining ko‘p xilliligi shaxsning ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda uning ta’lim olish huquqini iloji boricha to‘laroq amalga oshirishga imkon beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir” deb ko‘rsatilgan.

Konstitutsiya asosida ishlab chiqilgan va qabul qilingan barcha qonunlar Konstitutsiyaviy tamoyillarni ijtimoiy hayotning turli sohalarida joriy etilishi uchun muhim vosita vazifasini bajaradi. Fuqarolarning ushbu konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan.

Mamlakatimizda mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta’lim sohasida eski yondashuvlardan butunlay voz kechilib, yangicha tamoyillarga, milliy qadriyat va an’analarimizga, ilg‘or jahon tajribasiga asoslanib, hayotimizni tubdan yangilash, uzoq va davomli maqsadlarimizni amalga oshirish uchun ta’lim va tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat qaratilib, bor kuch va imkoniyatlar shu yo‘lda safarbar etilib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan bo‘lib ushbu qonun 5 bo‘lim va 34 moddadan iborat. Ushbu Qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.

Bilim olish huquqi:

1. Davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;

2. Ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;

3. Ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul

o‘qitish, shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga

kasb-hunar o‘rgatish;

4. Barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi

bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi;

5. Oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga asosan ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

1. Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;

2. Ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

3. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;

4. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda

yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

5. Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

6. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma

uchun ochiqligi;

7. Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan

yondashuv;

8. Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;

9. Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.

Ushbu qonunda tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega ekanligi xamda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.



2.UMUMIY O‘RTA TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR

Bugungi tez o‘zgaruvchan hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan davrda yosh avlodni yuksak ma’naviyatli va intellektual rivojlangan shaxs qilib tarbiyalash O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalishdagi islohotlar “Ta’lim to‘g‘risidagi” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risidagi” Qonunlar hamda keng ko‘lamli umummilliy dasturlar doirasida amalga oshirilib, dunyoning rivojlangan davlatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilmoqda.

Hech kimga sir emaski, XXI asrda davlatlarning kelajagi, taqdiri ko‘p jihatdan ta’lim muassasalarida berilayotgan ta’limning sifatiga hamda o‘quvchi-yoshlarning intellektual salohiyatiga bog‘liq bo‘ladi.

Inson hayoti va uning ma’naviyatini to‘g‘ri shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy omil bu ta’lim-tarbiya tizimidir. Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti, millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi, deb bilgan. Albatta, ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, ayni vaqtda, ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir.

Maktab, (maktabgacha ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (41-modda) belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.

Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida, avvalo, yuksak ma’naviyatli shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim. Ta’lim tizimi - insoniyat sivilizatsiyasi, ilmu tafakkurining ko‘p asrlik taraqqiyoti mobaynida mislsiz o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan, bashariyat hayotiy faoliyatini yaxshilash va takomillashtirishga xizmat qiladi.

O‘quvchi-yoshlar tarbiyasida “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi konsepsiyasi”da belgilangan vazifalar va ularni ijro etishdagi kamchiliklar va muammolar, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini oshirish bilan bog‘liq barcha masalalar aks etgan bo‘lib, ta’limga bo‘limlarni mujassamlashtirishi taqdim etiladi. Ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish jarayonida, davlatimiz bilan bir qatorda, barcha ta’lim muassasalari ham bosh islohotchi rolini o‘ynashi lozim.

Zero, Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “Ta’lim va tarbiya – o‘zaro uzviy bog‘liq sharqona tushunchalardir. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi”.

Global o‘zgarishlar davrida ta’lim-tarbiyaga extiyoj ortib boradi. Chunki hayot o‘zgarish sur’atlari tezlashadi. Bu bir tomondan, turli xalqlar hayot soxalarida imkoniyat doirasida umumiy jihatlarni, qulayliklarni yaratib bersa, ikkinchi tomondan axborot makoni kengayadi.

Turli maqsad va manfaatlarga yo‘naltirilgan har xil g‘oya, qarashlar, uni targ‘ibot qilish texnologiyalari ijtimoiy ong va tafakkuriga ta’sir ko‘rsatish maqsadida “jozibador”ligini oshirgan xolda samaradorlikka erishish uchun harakat qiladi.

Ta’lim-tarbiyaning “sovetcha” modeli o‘rnida yangi, ya’ni hozirgi zamonda:

ta’lim-tarbiya soxasida dunyoda erishilgan yutuqlarga,

axborot kommunikatsiya tizimi,

pedagogik texnologiyalarni joriy etgan xolda ta’limni amalga oshirishga,

ta’lim sohasiga yangi innovatsiyalarni joriy etishga davlat siyosati darajasida e’tibor berilmokda.

Uning yutuqlarini esa dunyo e’tirof etmoqda.

Masalan, ta’lim sohasida innovatsiyalarni joriy etishga bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasini ikkinchi o‘rinni olganligi ham bunga dalildir.

Mustaqillik yillarida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi, Kadrlar tayyorlash milliy modeli ishlab chiqilib, yangicha dunyoqarash, g‘oya va mafkuralar xilma-xilligiga asoslangani, shaxsning ta’lim darajasi va salohiyatini oshirishga, mustaqil fikrlaydigan, ijodiy yondashuv madaniyatiga ega bo‘lgan, yangi avlod kadrlarini tayyorlash ta’lim-tarbiya soxasida muhim o‘rin tutadi. Bu borada e’tibor berilishi zarur bo‘lgan vazifalar sifatida quyidagilarni aytib o‘tish mumkin.


Download 93,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish