2-mavzu: umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish–davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida. (Amaliy mashg‘ulot) Ishning maqsadi


Kadrlar tayyorlash Milliy tizimini rivojlantirishning asosiy



Download 93,17 Kb.
bet7/15
Sana30.12.2021
Hajmi93,17 Kb.
#197985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
1.1 модул 2 мавзу

Kadrlar tayyorlash Milliy tizimini rivojlantirishning asosiy

yo‘nalishlari:

1. Ta’limning uzluksizligini ta’minlash;

2. Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va

ularning malakasini oshirish;

3. Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish;

4. Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar;

5. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar;

6. Ta’lim tizimini boshqarish;

7. Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini

shakllantirish;

8. Ta’lim tizimini moliyalash;

9. Moddiy-texnika ta’minoti;

10. Ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish;

11. Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish;

12. Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu

sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;

13. Fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish;

14. Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini

rivojlantirish;

15. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik. Umuman olganda globallashuv davrida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon kuyayotgan talablarga javob berishi, undan orqada kolmasligi muhim ahamiyatga ega. Bu mamlakatimizda belgilangan demokratik jamiyat qurish vazifalarini amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Ta’lim sohasidagi yutuqlar taraqqiyotning kaliti bo‘lsa, tarbiya soxasidagi o‘ziga xoslik O‘zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo‘lidan rivojlanishini kafolatlab beradi.

3.UMUMIY O‘RTA TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYaLASh VA INTEGRATSIYaLASh JARAYoNLARI

Yurtboshimiz 2016 yil 7 dekabrda “Konun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalk farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kabul kilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o‘rin egallashi tabiiydir. Bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo‘yicha boshlangan ishlarimizni yangi yuksak bosqichga ko‘taramiz. Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz” deb alohida ta’kidladilar.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5712 Farmonida ko‘rsatilganidek, “Hozirgi vaqtda xalq ta’limi tizimi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni o‘z ichiga oladi.Xalq ta’limi tizimida turli ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarga qaratilgan muassasalar - o‘qitish darajasi ta’lim standartlaridan yuqori bo‘lgan muassasalar (ixtisoslashtirilgan muassasalar) va imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim muassasalari faoliyat yuritadi.

2019 yil 1 aprel holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida 9 691 ta umumta’lim maktablari (jumladan, ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan 350 ta davlat ixtisoslashtirilgan muassasalari) mavjud.

Umumta’lim maktablaridagi umumiy o‘quvchilar soni 5,8 millionni tashkil qiladi. Shuningdek, 86 ta nodavlat ta’lim muassasasida 13,8 ming nafarga yaqin o‘quvchi tahsil oladi.

Bolalarning ijodiy qobiliyati va iqtidorini rivojlantirish imkoni yaratilgan maktabdan tashqari ta’lim muassasalari («Barkamol avlod» markazlari) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

«Barkamol avlod» markazlarida 5 540 ta to‘garak tashkil etilgan va ularga 143 ming nafarga yaqin bolalar qamrab olingan.

Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim tizimida boshlang‘ich kasb-hunar ta’limi joriy etilgan bo‘lib, 51 turdagi ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar kollejlari hamda umumta’lim maktablarida 1 748 ta o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan.

Xalq ta’limi tizimida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va 21 ta maktab-internat mavjud bo‘lib, ularda 20 610 nafar bola ta’lim olmoqda.

Shuningdek, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan va uzoq muddatli davolanishga muhtoj 13 437 nafar bolalar uyda ta’lim olmoqda.

Alohida sharoitlarda tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalarning ta’limi 2 ta ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasida amalga oshirilmoqda.

19 ta Mehribonlik uyi va 3 ta bolalar shaharchasida 2 577 nafar yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiyalanmoqda.”1

Olib borilayotgan ushbu ulkan ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizdagi har bir bolani ta’lim-tarbiya jarayoniga tortish orqali kelajakda ularni har tomonlama yetuk, barkamol shaxslar etib tarbiyalashdir.


Download 93,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish