2-Mavzu: Shaharni funksional hududlarga ajratish. Shahar hududi balansini hisoblash



Download 96 Kb.
bet7/9
Sana29.09.2021
Hajmi96 Kb.
#188841
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Мавзу

Aglomeratsiya – kattaligi va xalq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha turlicha bo‘lgan aholi turar joylari bilan joylashishi va vazifasi bo‘yicha zich joylashgan hududiy-iqtisodiy integratsiyalangan guruh.

Aglomeratsiya quyidagilarga bo‘linadi:



  1. Strukturasi bo‘yicha:

Monomarkaziy

Yarim markaziy.



  1. Hosil bo‘lish bosqichi bo‘yicha:

Rivojlangan

Kam rivojlangan

Tashkil etilayotgan.

Toshkent aglomeratsiyasi aholining soni va hududi bo‘yicha xalq xo‘jaligi ahamiyatiga ko‘ra monomarkaziy turdagi shahar ko‘rinishidagi qo‘rg‘onlar to‘plangan Markaziy Osiyodagi eng yirik hisoblanadi. Toshkent aglormeratsiyasi – bu Toshkent va uning 60-70 km radiusi joylashgan xududidagi (Toshkent markazidan), bosh shahar (yadro) Toshkentdan va tashqi mintaqada (yo‘ldoshlar mintaqasi) iborat. Toshkent aglomeratsiyasi ko‘proq rivojlanuvchi mintaqalar sifatida ko‘rinuvchi tarkib topayotgan va uyushgan transport-rejaviy mintaqalar bo‘ylab aholi zanjirli ko‘rinishda cho‘zilgan.

Toshkent aglomeratsiyasi tarkibida Toshkentdan tashqari yana 7 ta shahar: Chirchiq, Yangi yo‘l, Narimonov, Keles, /azalkent, To‘ytepa, Chinoz; shahar ko‘rinishidagi 15 ta qo‘rg‘on (ularning ichida +ibray, Chorvoq, Yangibozor va boshqalar) va 600 ta ortiq qishloq qo‘rg‘onlari bor.

Aholining strukturasi, uning soni, shulardan kelib chiqib o‘rnashish kattaligi va uning turiga bog‘liq bo‘lgan aholi joyining paydo bo‘lishini aniqlab beruvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar shahar hosil qiluvchi omil deyiladi. Ahamiyati uning chegarasidan yuqori bo‘lgan, shahar hosil bo‘lishiga sabab bo‘lgan korxonalarni shahar hosil qiluvchi omillar (zavod, fabrika, elektrostansiya, yirik transport uzellari, aero va dengiz portlari, davlat ahamiyatidagi hukumat idoralari, ilmiy-tekshirish muassasalari, muzey, kutubxona, teatr, sanatoriya, dam olish uylari va boshqalar) deyiladi.

Har qanday shaharda ham shahar hosil qilluvchi korxonalar guruhida ishlovchi kishilarga maishiy-madaniy xizmatni amalga oshiruvchi muassasa va korxonalar xizmat ko‘rsatuvi deb ataladi. Ularning ahamiyati mazkur aholi punktining chegarasidan tashqariga tarqalmaydi. Ular ma’muriy muasssasalar, muzeylar, magazinlar, mahalliy yengil sanoat korxonalari, maktablar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Shahar o‘zining funksiyasini muvaffaqiyat bilan bajarishi uchun uning yarmidan ko‘p aholisi mehnatga yaroqli bo‘lishi lozim.

Shaharning mehnat resurslari – umumiy ishlab chiqrishda qatnasha oladigan aholidir. Ular 2 guruhga bo‘linadi :



  1. Shahar hosil qiluvchi–uning xalq xo‘jalik ahamiyatidagi taraqqiyotini shakllantiruvchi korxona, idora va tashkilotlarning (sanoat korxonalari, ilm-fan va hokazolar) mehnatkashlarini o‘z ichiga oladi.

  2. Shaharga xizmat qiluvchilar – shahar aholisiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq korxonalar, idoralarning (maktablar, institutlar, savdo, jamoat oshxonalari, sog‘liqni muxofaza qilish, xo‘jalik-maishiy va turar joy – kommunal xizmat ko‘rsatish) mehnatkashlarini o‘z ichiga oladi.

Shahar hosil qiluvchi aholi guruhining soni shahar kattaligiga bog‘liq emas, balki bu kattalikni o‘zi keltirib chiqaradi, chunki ular shaharda joylashgan, shahardan tashqari ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarning quvvatini belgilab beradi.

Xizmat ko‘rsatuvchi guruhlar shahar kattaligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlikka ega bo‘ladi, chunki uning miqdori madaniy-maishiy va kommunal ahamiyatga ega bo‘lgan, aholining ma’lum bir miqdoriga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarning mehnat sarfliligini aniqlab beradi.

Shaharning ishlamaydigan aholisi faoliyatsiz deyiladi. Bu guruhga jamoat ishlab chiqarishida qatnashmaydigan kishilar kiradi (o‘quvchilar, bolalar, maktab o‘quvchilari, talabalar, nogironlar, nafaqaxo‘rlar).

Aholisi tarkibidagi mehnatga layoqatli yoshdagi guruhning doimiy miqdori uning muhim mehnat balansini ta’minlab beradi va quyidagi me’yoriy hisobiy chegaralarda ifodalanadi:

A–shahar hosil qiluvchilar, butun shahar miqdoridan 25-40 %

B-xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar 15-25 %

V-ishlamaydigan aholi 50-60 %.


Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish