Urbanizatsiya – urbanus «shaharlik»-shaharlarda hayotning moddiy–ruhiy tomonlarini yig‘ilishi.
Urbanizatsiya jarayonining tavsifiy xususiyati shaharlarda aholining va turli tuman faoliyat turlarining bir joyga jamlanishiga aytiladi. Bu esa jamiyatning shaharga nisbatan, insonning turli xildagi faoliyatini ta’minlovchi sun’iy moddiy-fazoviy muxit sifatida bo‘lgan talabini o‘zgarishiga asos bo‘lib qoladi. Hozirgi zamonda urbanizatsiyaning yetakchi shakli ayrim shaharlarning o‘sishi emas, balki aglomeratsiyaning taraqqiyot etishi bo‘lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |