2-Mavzu. Rivojianishning asosiy qonuniyatlari. (2soat)
Reja:
1.Shaxs haqida tushuncha.
2. Shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar.
3. Shaxsiy faoliyat rivojianishning yosh va individual xususiyatlari
4. Yosh bosqichlari. Akseleratsia rivojlanishning turli tumanligi individualligi
Tayanch tushunchalar:
Shaxs. Rivojlanish. Omil. Muxit. Irsiyat. Ta`lim tarbiya.
1. Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi hisoblanadi. O’sib
va rivojlanib boruvchi inson tarbiya ob'yekti hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayoti
davomida davom etadi. Bunda u turli o’zgarishlarni jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat
o’zgarishlarni o’z boshidan kechiradi. Insonda bo’ladigan jismoniy o’zgarishlarga – bo’yinning
o’sishi, vaznining og’irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining ichki a'zolari va asab
tizimining o’zgarib borishi kiradi. Ruhiy o’zgarishlari esa uning aqliy rivojiga aloqador bo’ladi
va insonda ruhiy sifatlarning shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo’lgan sotsial sifatlarni
tarkib topishi hisoblanadi.
Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida
va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha bir xil bo’lavermaydi.
Shaxsning fazilatlarini to’g’ri aniqlash va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar
doirasida, turli vaziyatlarda kuzatib ko’rish lozim.
Pedagogikada "shaxs" tushunchasi "inson" tushunchasidan farqli o’laroq, u insonning
ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Yangi jamiyat boshqa odamlar bilan muomalada bo’lishi,
munosabat o’rnatish natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Inson ruhiy
xususiyatlarini rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va hokazo), hayotda o’z o’rnini topa
olishi, uning Vatan, xalqningt ravnaqi yo’lida og’ishsmay, e'tiqod bilan xizmat qilish, imonli
bo’lishi, insonni shaxs darajasiga ko’taradi. Bunday sifatlarning ro’yobga chiqishi tarbiyaga
bog’liq bo’ladi.
Bolaning kamolotiga, ruhiyatiga, fe'l-atvori va shakllanishiga qanday omillar ta'sir etadi?
Bola tarbiyasiga, uning shakllanishiga, biologik omil, ijtimoiy omil va tarbiya ta'sir etadi. Bu
muammo pedagogikada azaldan munozaraga sabab bo’lib kelayotgan masala hisoblanadi. Bu
masalani talqin qilishda bir-biriga qarama-qarshi ikkita nuqtai nazar vujudga keldi. Birinchi
yo’nalish biologik yo’nalish hisoblanib, uning vakillari Aristotel, Platonlarning fikricha, taqdir-
tole har kimning hayotdagi o’rnini, mavqeini avvaldan belgilab bergan degan fikrni himoya
qiladi.
XVI asr falsafasida preformizm oqimi vujudga kelib, ularning fikricha, odam bolasi ona
pushtidaligidayoq bo’lajak shaxsiga xos barcha xususiyatlarga ega bo’ladi, deydilar.
Preformistlar naslning shaxs rivojiga katta e'tibor qaratib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini
mutlaqo inkor etadilar. Bioxerfizm oqimi XX asrda keng tarqalib, unda ong va aqliy qobiliyat
nasliy ekanligi ta'kidlanadi. Bu g’oyani amerikalik olim E. Torandayk asos soladi, uni amerikalik
pedagoglar D.D'yui va A. Komboslar yoqlab chiqadilar. Ammo psixologiya va pedagogika
keyingi yillardagi inson tarbiyasiga, kamolotiga oid ilmiy ma'lumotlari insonning shaxs sifatida
rivojlanishi, taraqqiy etishi, kamolga yetishi murakkab jarayon ekanligini ta'kidlab, uning shaxs
bo’lib kamolga yetishishida nasl (biologik omil) bilan birgalikda ijtimoiy muhitning o’rni
alohida ekanldigini ta'kidlaydilar. Shunga ko’ra, insonni shaxs sifatida shakllanishi uchun tabiiy
kuch va imkoniyatlar mavjud. Biroq, bu insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi
uchun tarbiya kerak deb ta'kidlaydilar.
O’rta Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning
muhimligini ta'kidlab, "munosib inson" bo’lish uchun odamda ikki imkoniyat: ta'lim va tarbiya
olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi. Tarbiya esa, kishilar bilan
muloqotda axloqiy qadr-qimmatni amaliy faoliyatini yaratishga olib boradigan yo’ldir. Shunday
ekan, inson kamolotiga ta'sir etadigan omillarning birortasini ham inkor etmagan holda ularni
alohida-alohida ko’rib chiqaylik.
2. Bola shaxsining rivojlanishiga irsiyat, muhit va tarbiya kabi omillar ta'sir etadi. Bola
shaxsining rifojlanishiga naslning ta'siri deganda, ota-onalarga o’xshashlikni ifodalovchi
biologik belgilarning takrorlanishini tushunmoq kerak. Har bir bola ota-onasidan meros shaklida
ba'zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochining, ko’zining, terisining rangi, bo’yi-basti va
boshqalar) ega bo’lgan holda dunyoga keladi. Bular jismoniy xususiyatlardir. Oliy nerv
faoliyatining xususiyatlari ham tug’ma o’tadi. Bu fiziologik xususiyatdir.
Bola nutqini egallash uchun nutq sharoitida mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy
taraqqiy etmoq uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog’i kerak. Ana o’shanda bolaning
nimaga, qanday sohaga layoqati borligi namoyon bo’ladi. Fiziologiya va psixologiya fanining
kusatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror xil qobiliyatning ro’yobga
chiqishi va rivojlanishiga ta'sir etadigan potensial imkoniyatlar, ya'ni shaxs xususiyatini
ifodalaydigan layoqat bilan tug’iladi.
Tug’ma layoqat o’z holicha rivojlana olmaydi, go’yo u "mudroq" holatda bo’lib, uning
uyg’onishi – rivojlanishi qulay muhit kerak. Agar bola o’z layoqatiga mos sharoitda o’sib, zarur
faoliyat bilan shug’ullansa, layoqat erta ko’rinib rivojlanishi, aks holda yo’q bo’lib ketishi
mumkin. Shuning uchun pedagogik layoqatning namoyon bo’lishi va qobiliyat sifatida
rivojlanishi to’la-to’kis hayot sharoitiga va tarbiyaga bog’liq.
3. Inson kamolotiga ta'sir etadigan omillardan biri tashqi muhitdir. Muhit deganda kishiga
tabiiy ta'sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila
muhiti kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |