2-Mavzu. Rivojianishning asosiy qonuniyatlari. (2soat)


Shaxs rivojlanishi va shakllanishining asosiy omillari



Download 396,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana22.06.2022
Hajmi396,98 Kb.
#691031
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-maruza

3.4. Shaxs rivojlanishi va shakllanishining asosiy omillari 
Yuqorida ta’kidlanganidek shaxsning shakllanishi va rivojlanishi ikki bir-biriga bog‘liq 
omillar, ya’ni biologik va ijtimoiy omillar ta’sirida bo‘ladi. Bu omillar o‘zaro bog‘liq holda 
shaxsga ta’sir etadilar. Ularning o‘zaro munosabati bir qancha ichki va tashqi holatlar bilan 
bog‘liq bo‘ladi. Bularning ta’sirini alohida ko‘rib chiqamiz. 
Insonning rivojlanishida irsiyatning ta’siri 
Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga o‘tadigan genetik dastur asosidagi sifatlar va 
xususiyatlar tushuniladi. Bu xususiyatlar xuddi kodlashtirilgan dastur kabi bolalar organizmiga 
o‘tadi. 
Bu dastur insonlar avlodini davom ettirishga sabab bo‘ladi. Chunki faqat insoniy 
xususiyatlar irsiyat orqali odamlarga o‘tadi. Ko‘p yillardan buyon materialistik ta’limot sifatida 
talqin qilinib, 70 yil mobaynida sovet pedagogikasida targ‘ib qilingan. F.Engelsning 
maymunning odamga aylanishi g‘oyasi ilmiy jihatdan asossizligi ko‘pgina ilmiy tadqiqotlarda 
bayon etilmoqda. Chunki hozirga qadar maymunning odamga aylanishi hali ko‘zatilmagan va 
yana biror maymunning insonga xos irsiy belgilari bilan bola tuqqani ham ko‘zatilmagan. Faqat 
inson bolasigina insonga xos irsiy belgilar ya’ni nutqning rivojlanishi, tikka yurishi, tafakkur va 
mehnat qobiliyatiga doir irsiy manbaalar bilan tug‘iladi. Uning hayotining keyingi bosqichlarida, 
ya’ni ijtimoiy muhit va tarbiya ta’sirida bu manbaalar asta-sekin rivojlana boradi. 
Inson organizmidagi irsiy, ota-onadan o‘tadigan belgilar – bu tananing anatomik fiziologik 
tuzulishi, terining rangi, yuz tuzilishi, qoshi, sochi va boshqalar, asab tizimi, shuningdek, 
miyasining morfologik tuzilishi ham o‘tishi mumkin. 
Inson faoliyatiga oid sifatlar avloddan avlodga o‘tishi pedagoglarning diqqatini tortib keladi. 
Bulardan bir qismlarining qarashlarini biz oldingi mavzuda ko‘rib chiqdik.
Ko‘pgina biologik oqim tarafdorlari insonga tabiatdan ato etilgan sifatlarga katta e’tibor 
qaratganining guvohi bo‘ldik. Haqiqatdan ham ko‘p hollarda ota-ona yoki o‘tgan 
qarindoshlarning aqli, bilim va qobiliyati, xarakter xususiyatlariga xos belgilarni bolalarda ko‘rib 
qolamiz. Shunda, qarang xuddi otasining o‘ziga yoqi onasiga o‘xshabdi deb qo‘yamiz. Bu faqat 
tashqi anatomik fiziologik sifatida qarab emas, balki uning xarakter xususiyatiga qarab xulosa 
chiqaramiz. Buni hamma insonlar uchun xuddi shunday deb xulosa chiqarishga shoshilmaslik 
lozim. Ba‘zi bolalar ota-onasining tamoman aksi, ya‘ni bilimli, aqlili, diyonatli bir odamning 
bolasi diyonatsiz, bilimsiz, bilimga qiziqmaydigan bir kishi ham bo‘lishi mumkin. Shunda biz 
yana buni 
dastaq 
qilib olib, qobiliyat, is‘tedod tabiatdan berilmaydi, balki faqat tarbiya yo‘li 
bilan egallanadi, deb mutloq xulosa chiqarmasligimiz kerak. Chunki insonda bir necha yil oldin 
o‘tgan avlodlari xususiyatlarining ba‘zi jihatlari ham bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, shaxs shakllanishining asosiy omillaridan biri bo‘lgan irsiyat insonning hayot 
sharoiti ta‘sirida o‘zgarishi ham mumkin. Bunday hollarda bolalar tug‘ma shol, gung yoqi aqliy 
zaif bo‘lib tug‘ilishi mumkin. Shuningdek, ona homiladorligi paytida bo‘ladigan oilaviy 
janjallar, ishdagi noxushliklar ham o‘quvchi nosog‘lom, asab kasalliklar bilan tug‘ilishiga sabab 
bo‘ladi.
O‘quvchi sog‘lom, normal bo‘lib tug‘ilishida avvalo ota-onaning sog‘ligi muhim o‘rin 
tutadi. Inson yoshligidan boshlab o‘zining sog‘ligi ustida qayg‘urishi, sport bilan shug‘ullanishi, 
organizmni chiniqtirishi, bir maromda ovqatlanishi, mehnat va dam olishni tashkil qilishi, 
kelajak avlodning ham sog‘lom bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Ba‘zi insonlar tug‘ma tabiat ato 
qilgan layoqatlar, qobiliyat nishonalari bilan tug‘ilishi fanda isbotlangan, tan olingan.


Alisher Navoiyda tug‘ma layoqat 6 yoshligidan namoyon bo‘la boshlagan. N.Rimsqiy-
Qorsaqov 2 yoshidayoq onasi qo‘ylagan qo‘ylarni yaxshi farqlay olar, 4 yoshida otasi chaladigan 
hamma qo‘ylarni ijro etgan, F.Motsart 3 yasharligidan qlavesini chala boshlagan, 4 yoshida o‘zi 
mustaqil mo‘ziqa asarlari yarata boshlagan. 
Tasviriy san‘at sohasidagi ijodiy qobiliyat Rafaelda 8 yoshida, Miqelanjeloda 13 yoshida, 
I.Repin va V.Serovda 4 yoshda namoyon bo‘la boshlagan. 
Abu Ali ibn Sino 12 yoshligida har tomonlama bilimdon bo‘lib yetishgan va har xil 
fanlardan mashg‘ulot olib borgan. 16 yoshga yetmasdanoq tabobat sohasida qatta nom qozonib, 
amir saroyiga ovozasi yetgan. Amir Nux ibn Mansurni davolab, juda qatta obro‘ e‘tiborga 
erishadi. (Abdisodiq Irisov «Haqim ibn Sino» T.O‘zbeqiston 1992y.12bet.). Abu Rayhon 
Beruniy 22 yoshida yiriq olim sifatida yurtiga tanilgan edi. Bunday tabiiy tug‘ma is‘tedod 
sohiblarini juda qo‘plab qeltirish mumkin.
Tug‘ma layoqatlar tayyor qobiliyatlar emas, balqi qobiliyatning rivojlanishi uchun zarur 
bo‘lgan tug‘ma tayyorliq, bo‘lajaq qobiliyatlardir. Tug‘ma layoqatlarning urug‘liqqa o‘xshatish 
mumkin. Urug‘dan qo‘chat unib chiqishi va hosil berishi uchun qulay hayot sharoiti, chunonchi: 
o‘g‘it, havo, suv, yorug‘lik va issiqlik kerak.Tug‘ma layoqatlar ham odam organizmida 
«mudroq» holatda bo‘ladilar. Uning rivojlanishi uchun ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya va shaxs 
ustida tinimsiz ishlashi zarur. 
Shaxsning shakllanishida muhitning roli. 
«Shaxs» tushunchasiga bu bobning birinchi qismida ta’rif bergan edik. Ya’ni shaxs deganda 
uning ijtimoiy mavjudligi, ijtimoiy mohiyatining asosiy belgilari tushunilishi ta’kidlagan edik. 
Insonning ijtimoiy mohiyatining asosiy belgilari faqat ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi. 
Ijtimoiy muhit deganda Bolani o‘rab to‘rgan butun borliq tushuniladiqi, bu uning inson 
sifatida rivojlanishi va shaxsning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Insonda tabiat tomonidan ato 
etilgan sifatlar uning inson bo‘lib shakllanishi uchun zamin bo‘ladi. Bo‘lar nutq, tafakkur, tikka 
yurish kabi sifatlar zamini. Bu sifatlar yashaydigan ijtimoiy muhitdagina rivojlanishi mumkin. 
Chunk, bola tug‘ilgandan gapira olmaydi, lekin odamlar uning atrofida gapiradilar, unga 
gapiradilar. Natijada Bolada ham nutq shakllana boshlaydi. U atrofidagi odamlarnig mehnat 
qilayotganlarini ko‘rib, ularga taqlid qila boshlaydi. Taqlid bilan boshlangan o‘yin faoliyati asta-
sekin mehnat faoliyatiga aylana boradi. U atrofdagi narsa va hodisalarni ko‘rib, asta-sekin 
ularning mohiyatini anglay boshlaydi. Unda tafakkur va dunyoqarash shakllana boshlaydi. 
Insonga oid tug‘ma sifatlar bilan tug‘ilib, inson ijtimoiy muhitda yashamasa, sifatlar 
rivojlanmasligini bir qancha hayotiy misollar isbotlashi mumkin. Bolalar juda yoshlik chog‘ida 
yovvoyi hayvonlar (bo‘ri, ayiq ) tomonidan o‘g‘irlanib, tirik qolgan va kishilar bilan muomilada 
bo‘lmay o‘sgan hollar bo‘lgani malum. 
Lekin bu Bolalarda insonga xos bo‘lgan sifatlar yoshiga mos rivojlanmagan, Masalan, 1920 
yilda doktor Sing Qalkuttaning Janubiy G‘arbida Midnapur shahri yaqinida bo‘ri uyasidan ikkita 
bo‘ri Bolasi bilan ikkita qizchani topgan. Bo‘lalarning biri yetti-sakkiz yoshlar chamasida, 
ikkinchisi ikki yoshlar chamasida bo‘lgan. Qizchalarni Midnapurdagi Bolalar uyiga olib 
kelishgan va Kamala,Amala deb nom berishgan. Amala(qichigi) bir yildan so‘ng vafot etgan 
.Kamala esa 1930 yilgacha yashagan. 
Sing Kamalaning xulqini 9 yilgacha har kuni kuzatib kundalikka yozib borgan. 
Qizcha dastlab to‘rt oyoqlab yurgan: sekin yurganda qo‘l va tizzalariga tayangan, 
chopganda qo‘li va oyog‘i kaftiga tayanib, tizzasini yarim bukkan holda yurgan. Kamala 
yorug‘likdan qo‘rqar, lekin qorong‘uda o‘zini tetik tutar edi. Uning badani sovuqni ham, issiqni 
ham sezmagandek ko‘rinadi. Juda sovuq kunlari ham yopib qo‘yilgan ko‘rpalarni uloqtirib 


tashlar edi. U olov va suvdan qo‘rqardi, agar uni yuvintirmoqchi bo‘lsalar, qochishga o‘riniardi. 
U suvni yalab ichar, sabzavotdan tayyorlangan ovqatni emasdi, lekin xom go‘shtni qo‘liga ham 
ushlamay yeyar, suyaklarni g‘ajirdi. Kamala faqat yerga qo‘yilgan ovqatni yegan, qo‘lga bersa 
olmagan, ovqat yeganda uning oldiga kelganlarga g‘azab bilan qarar, tishlarini g‘ijirlatar edi. 
Amala bilan Kamala Bolalar uyiga kelgan dastlabki kunlarda kechalari muayyan vaqt 
o‘tgach (kechqurun soat o‘nlarda, kechasi 1va 3 larda) bo‘ridek uvillar, o‘rmonga qochish uchun 
ko‘p o‘riniar edilar.
Kamala Amalani o‘ziga do‘st tutgan bo‘lsa kerak. Ular uxlaganda xuddi kuchuk Bolalaridek 
bir-biriga bosh qo‘yishib tiqilib yotishardi. Amala vafot etganda Kamala ikki kungacha hech 
narsa yemagan va ichmagan. O‘rtogi o‘lgandan o‘n qun keyin ham yurgan yerlarni hidlayvergan. 
Singning barcha o‘riniishlariga qaramay Kamalani «insonga aylantirish» uzoq davom etdi, 
lekin baribir qam natijaga erishildi. 

Download 396,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish