2-Mavzu. Rivojianishning asosiy qonuniyatlari. (2soat)



Download 396,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana22.06.2022
Hajmi396,98 Kb.
#691031
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-maruza

3.1. Shaxs haqida tushuncha 
Oldingi ma’ruzalarda ta‘kidlanganidek tarbiyaning maqsadi barkamol insonni shakllantirish 
va rivojlantirishga qaratiladi . Bu vazifani muvaffaqiyatli ado etish uchun shaxsning rivojlanishi 
qanday borishi,unga qaysi faktorlar ta‘sir etishini bilmoq muhim. Buning uchun avvalo «Shaxs», 
«Inson» tushunchalarini bilish zarur. 
Shaxs keng ma‘noda inson, individ, kishi demakdir. Tor ma‘noda esa muayyan jamiyat 
a‘zosi bo‘lgan individning ijtimoiy ahamiyatli, barqaror xislatlari majmui . Bu tushunchani 
kengroq tahlil etamiz.
Shaxs tushunchasi faqat insonga taalluqli tushuncha. «Inson» deganda uning biologik va 
ijtimoiy xususiyatlari tushuniladi. Inson jonli mavjudotning eng yuqori vakili. Inson biologik 
tomondan ham har qanday mavjudotdan farq qiladi.
3.2. Shaxsining biologik va ijtimoiy sifatlari 
Insonning shakllanishida ikki, bir-biriga bog‘liq biologik va ijtimoiy omillarning 
ta‘sirini ko‘rish mumkin. Inson biologik mavjudot sifatida paydo bo‘ladi. Asta-sekin rivojlana 
boshlaydi. Unda biologik rivojlanish bilan birga ijtimoiy voqelikka munosabat, ijtimoiy 
xususiyat va sifatlar paydo bo‘la boshlaydi. Olti oylik bola atrofdagilarni taniy boshlaydi, begona 
odamni biladi. Asta-sekin nutq paydo bo‘ladi, tikka yuriy boshlaydi. Odamlar, narsa va hodisalar 
bilan munosabatga kirishadi, xulqi shakllana boshlaydi. Keyinchalik bilim, axloqiy normalarni 
egallay boshlaydi.
Shunday qilib biologik mavjudot bo‘lgan inson ijtimoiy xususiyatlarni ham egallaydiki, bu 
uni ijtimoiy mavjudotga ya‘ni shaxsga aylantiradi. 
«Shaxs» deganda insonning ijtimoiy mavjudotligi, insonning ijtimoiy mohiyatining asosiy 
belgilari, uning individual psixik xususiyatlari, uning (temperamenti, xarakteri, qobiliyati, aqliy 
rivojlanganligi, ehtiyoji, qiziqishlari va h.k.) va ijtimoiy funksiyalari(voqeliqqa munosabati 
insonlarga, jamiyatga, mehnatga munosabati, xulqi, ijtimoiy faoliyati) tushuniladi. 
«Inson deganda uning biologik va ijtimoiy funksiyalarining birikmasi tushuniladi.
Har bir inson ma’lum bir oilada o‘ziga xos tug‘ma xislatlar bilan tug‘iladi (ota-onadan 
o‘tadigan sifatlar) va shu oila ta‘sirida uning xarakter xususiyatlari shakllanadi. Shuning uchun 
ham insonlar millati va Vatani bir bo‘lsa ham xususiyatlari har-xil bo‘ladi. Bu uning o‘zigagina 
xos «Individual» xususiyatlaridir.
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, inson dunyoda biologik mavjudot sifatida paydo bo‘ladi. 
Uning ijtimoiy mavjudotga, ya‘ni shaxsga aylanishi individual hayoti jarayonida, uzoq davom 
etgan murakkab rivojlanish davrida ro‘y beradi.


«Rivojlanish» tabiat, jamiyat va har bir shaxsga taalluqli umumiy xususiyat. «Rivojlanish» 
deganda o‘zgarish, ya‘ni bir turdan ikkinchi, ancha sifatli turga o‘tish, oldinga qarab harakat 
tushuniladi. Inson ham jismoniy ham ma‘naviy jihatdan rivojlanadi. Jismoniy rivojlanish - bu 
og‘irlik va hajmning ortishi, odamning eniga va bo‘yiga o‘sishidir. Ma’naviy rivojlanish - bu 
ongning rivojlanishi, nutq va tafakkurning o‘sishi, tabiat va jamiyatdagi voqea va hodisalarni 
tushunishning rivojlanishidir.
«Shaxsning shakllanishi» tushunchasi zamirida shaxsiy sifatlardan ba’zilarining yetukligi, 
tugalligi tushuniladi.
Shuning uchun ham «Rivojlanish» tushunchasi «Shakllanish»ga nisbatan kengroq 
tushuncha. Shaxs rivojlanish jarayonida shakllanib boradi.
Fanda ko‘p yillardan buyon insonning rivojlanish, unda ijtimoiy va biologik omillarning 
munosabati, tabiat va jamiyatning ta’siri kabi masalalarda munozara davom etib kelmoqda.
Bu g‘oyalardan biri insonning kamolga yetishida asosiy va bosh narsa unga tabiat 
tomonidan beriladi. Uning o‘sishi, kamoloti ana shunga asoslanadi, deb tushuntiradi. Masalan, 
Markaziy Osiyo allomasi Abu Nasr Forobiy «Aql ma’nolari haqidagi risola»sida «Inson 
tushunish, fahmlash, muhokama qilish, o‘ylab topish, fikrlash quvvatiga tug‘ilgandan ega bo‘ladi 
va ularning qanday vujudga qelganini o‘zi ham bilmaydi, bu xususiyatlar bolaning o‘sib, 
kamolotga yeta borishi bilan rivojlanib boradi», - deb tushuntiradi. Shuningdek, Forobiy aqlning 
tug‘ma bo‘lib ko‘rinuvchi quvvatlar bilan bog‘liqligi, ikkinchidan aqlning bilim, hayotiy 
jarayonlar natijasida boyib borishi ta’lim-tarbiyaga bog‘liqligini ko‘rsatadi. (M.Xayrullaev. 
Forobiy ruhiy protseslar va ta’lim-tarbiya to‘g‘risida. T. «O‘qituvchi» 1966y. 51-b.) Bunday 
qarash ko‘pgina Markaziy Osiyo allomalarining (Abu Ali ibn Sino, Beruniy va b.q.) qarashlarida 
ham uchraydi.
XVI asrda paydo bo‘lgan preformizm falsafiy oqimi shaxsning barcha sifatlari homiladayoq 
mavjud bo‘ladi, kamolot esa ana shu mavjud sifatlarning o‘sishi, deb tushuntirdi. Tarbiya esa 
ana shu insondagi bor bo‘lgan sifatlarning rivojlanishiga yordamchi bo‘ladi. 
Xuddi shuningdek, diniy qarash vaqillari ham insonning rivojlanishi va shakllanishini 
yuqoridagicha izohlaydilar. Bu qarash qadimgi grek faylasufi Platon, o‘rta asr katolik cherkovi 
ruhoniysi Foma Akvinskiy, musulmon dini allomalari Ahmad Yassaviy va boshqalarda ham bir 
xil izohlanadi. Bu qarash ularning hozirgi zamon izdoshlari neotomizm, eqzistensializm 
g‘oyalarida ham takrorlanadi. 
Hozirgi zamon idealistik falsafasi, pedagogika va psixologiyasi jamiyat o‘zining har xil 
ijtimoiy to‘ntarishlari, qiyinchiliqlari bilan shaxsni buzadi. Shaxs faqat jamiyatdan 
tashqaridagina o‘zini kamolotiga erishishi mumkin deb tushuntiradi. Masalan, ekzistensiyalistlar 
shaxsning kamolotida uning ijtimoiy va ma’naviy ozodlik uchun kurashda emas, balki o‘zining 
mavjudligini yuqori darajada anglash muhim, deydi. Neotomistlar esa xudoni anglashda deb va 
unga sig‘inishda deb tushuntiradi. 
Shaxsning rivojlanishini izohlashda yana ikkinchi preforizm oqimi ya’ni biologizator oqimi
ham mavjud. Bu oqim tarafdorlari insonga hamma narsa tabiatdan ato etiladi deb tushuntiradi. 
Insonning jismoniy mavjudligi va uning ma’naviy sifatlari ham tabiatdan beriladi deb 
tushuntiriladi. Hamma narsa tabiat tomonidan azaliy beriladi, deb tushuntiradi. Aristotel ba’zi 
odamlar tug‘ilgandan bo‘ysunishga va ba’zilar hukmronlik qilishlari tabiatdan belgilab beriladi, 
hatto bu narsa ularning tana tuzilishlarida ham namoyon bo‘ladi, deydi. Bunday qarash 
musulmon dini vakillarida ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. «Taqdir azaliy,peshonada 
belgilanadi», «nima bo‘lsa taqdirdan» kabi iboralar insonning shakllanishi xudo tomonidan 
belgilab berilgan taqdirga bog‘liqligini ko‘rsatadi. 


Markaziy Osiyo allomasi ibn Sino ham insonga biologik zot sifatida qaraydi, u inson 
mijozining shakllanishida tabiatning muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida biogenetiqlar (Bolduin, 
Chemberlen,Stenli Xol va boshqalar) bolaning psixik jihatdan o‘sishi zoologlar Frits Myuller 
(1821-1897) va Ernest Gekkel (1834-1919) lar tomonidan kashf qilingan biogenetik qonun 
asosida boradi degan fikrni shunday ta’riflaydi: «Ontogenez filogenezni takrorlaydi». Bu har bir 
organizm o‘zining embrional taraqqiyotida o‘zidan avvalgi barcha bosqichlarni takrorlaydi». Bu 
har bir organizm o‘zining embrional taraqqiyotida o‘zidan avvalgi barcha tuxum-hujayra 
holatidan mukammal holatga yetgungacha boshdan kechirganidan qator formalar shu 
organizmning ajdodlari bosib o‘tgan juda ko‘p formalarning qisqacha, ixcham takrorlanishi 
demakdir. Biogenetikar hayvon organizmining biologik rivojlanishiga oid bo‘lgan bu qonunni 
kengaytirishga va bolaning psixik jihatdan o‘sishiga tatbiq qilishga o‘rganadilar. Ularning 
ta’limotiga ko‘ra bolaning psixik taraqqiyotida hayvonlar psixik hayotinig formalari qisqacha 
takrorlanadi. Masalan, nemis psixologi F.Shtern yangi tug‘ilgan bola hali inson emas deb 
hisoblaydi. U faqat sut emizuvchi hayvondir.Yarim yoshdan oshgandan so‘ng u maymunga 
tenglashadi (har narsani tutishga intiluvchi maymunliq davri), ikki yoshida bola boshlang‘ich
insonlik holatiga yetadi. (yura va gapira boshlaydi.) Besh yoshgacha bo‘lgan bolalarni psixik 
xususiyatlari ibtidoiy odamlarnikiga, dastlabki maktab yillari qadimgi tarix davriga mos keladi 
.O‘smirlik yillarida kishi o‘zida o‘rta asr ongini aks ettiradi va yetukliq yoshidagina mavjud 
jamiyatning madaniy darajasiga mos ong egasi bo‘ladi, deb da’vo qiladi. 
Shunday qilib Shtern ta’limoticha ,kishi faqat yetukliq yoshida 17-18 yoshlaridagina mavjud 
jamiyatning a’zosi bo‘la oladi. 
Asrimizning boshlarida AQSHdagi pragmatik filosof Djon Dyui (1856-1952) va psixolog 
Edvar L.I.Torndayq (1874-1949)biologizatorlar g‘oyalarini tasdiqlaydilar. Ular ham insonning 
barcha sifatlari hatto ongi va aqliy qobiliyatlari ham nasldan naslga o‘tadi. Aqliy qobiliyat 
insonga tabiyatdan beriladi , ya’ni 

Download 396,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish