2 mavzu. Riniyatoifa (Rhyniophyta) o’simliklar bo’limi. Reja


Zoosteriofittoifa bo’limi



Download 270,63 Kb.
bet3/5
Sana08.02.2022
Hajmi270,63 Kb.
#437554
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Ma`ruza

Zoosteriofittoifa bo’limi - Zoosterophyta.
Bu bo’lim o’simliklarini riniyatoifalardan farqi shundaki, bularning sporangiyalari shoxlarning ikki yon tomonida joylashib, boshoqchaga o’xshash ko’rinish hosil qilgan. Shuning uchun bu o’simliklarining alohida bo’lim sifatida qaraladi.
Vakil: zoosterofillum (Zoosterophyllum).
Bu bo’limga yuksak o’simliklarning eng sodda tuzilishga ega bo’lgan qadimgi vakillari kiradi. Shotlandiyalik paleobotanik D. Skott bu guruhga kiruvchi o’simliklarni alohida bo’limga ajratishni taklif etgan va ularni dastavval psilofitlar (Rsilophyta) keyinchalik esa riniyafitlar (Rhiniophyta) deb atagan (1-rasm). Bu guruh vakillari bizgacha yetib kelmagan bo’lsada, ularning qazilma xolda topilgan turlari tuzilishi jihatdan yuksak o’simliklarning evolyutsiyasini o’ranishda muhim ahamiyat kasb etadi. 1859 yilda Kanadalik geolog Jeyms Doson Kanadadan devon davriga xos qoldiqlardan noma’lum yuksak o’simlikning g’aroyib bir qoldig’ini topgan. Uning dixotomik shoxlangan tanasi bo’lib, biroq unda barglar bo’lmagan. O’tkazuvchi sistemasi sodda tuzilishga ega bo’lgan. Topilgan o’simlikning sporangiysi uning dixotomik shoxlarining uchlarida joylashgan. Yer osti organlari esa topilmagan. Doson topgan bu o’simligiga (Psilophyton princeps) deb nom bergan. 1912 yilning kuzida Shotlandiyadan riniya (Rhinia) turkumiga oid o’simlik topiladi. 1937 yilda paleobotanik U. Lang sodda (primitiv) yuksak o’simliklarning riniyalardan ham qadimgi vakilini yuqori silur qoldiqlaridan (Buyuk Britaniya) kuksoniya (Cooksonia) deb atalgan yangi turkumni kashf etdi. Keyinchalik kuksoniyaning qoldiqlari yuqori silur qatlamlaridan Chexoslovakiya, Markaziy Qozog’iston, Nyu-York shtatidan, Shotlandiyadan va G’arbiy Sibirdan ham topilgan. Kuksoniyalar bundan 415 mln yillar oldin yashagan o’simliklar ekanligini poleobotanik materiallar tasdiqlaydi. Bu qoldiqlar silur davridan to devon davrining oxirigacha yashagan eng qadimgi yuksak o’simliklar sanalib, ular dastlab psilofitlar bo’limiga birlashtirilgan. Hozirgi paytda ko’pchilik olimlar ularni riniofitlar (Rhiniophyta) deb atashadi. Ular elementar o’q organi kauloid va undagi filloid va rizoidlardan iborat bo’lgan. Evolyutsiya jarayonida kauloidlardan yirik barglar (qirqquloq barglari - vayyaga o’xshashlar) kelib chiqqan. Fillioidlar kauloidda o’rnashgan bo’rtma o’simtalar bo’lib, ularga plaunlarning kichik barglari - mikrofillarning kelib chiqishi bilan bog’liq deb qaraladi. Riniyatoifalarning sporafitlari dixotomik shoxlangan asosiy o’q va uchida sporangiy saqlovchi kauloidlardan iborat. Kauloidlarning uchida joylashgan sporangiyalarda teng sporalar (izosporalar) hosil bo’lgan. Sporangiyalari qalin po’stli va sharsimon-uzunchoq shakllarda bo’lgan. Ularning diametri kuksoniyalarda 1 mm gacha, riniyalarda esa uzunligi 12 mm gacha yetgan. Sporangiylarda ko’plab sporalar taraqqiy etadi. Riniyatoifa o’simliklarning gametofiti haqida aniq ma’lumotlar yo’k. Lekin ular tuproq orasida joylashgan bo’lsa kerak degan fikrlar bor, xolos. Dastlabki yuksak o’simliklar dengiz bo’ylarida va katta suv xavzalari atrofidagi botqoqliklarda o’sgan. Riniyafitlar bo’limi bitta riniyasimonlar sinfi va 2 ta qabila: (riniyanomalar va psilofitnomalar) ni o’z ichiga oladi.

Download 270,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish