2 mavzu. Riniyatoifa (Rhyniophyta) o’simliklar bo’limi. Reja



Download 270,63 Kb.
bet1/5
Sana08.02.2022
Hajmi270,63 Kb.
#437554
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Ma`ruza


2 mavzu. Riniyatoifa (Rhyniophyta) o’simliklar bo’limi.
Reja:
1. Riniyafitlar to’g’risida umumiy ma’lumot.
2. Qazilma qoldiqlarining topilish tarixi.
3. Riniyanomalar (Rhyniales) qabilasi.
4. Psilofitnamolar (Psilophytales) qabilasi.
Bo’lim. Riniyafitlar – Rhyniophyta. Bu bo’lim o’simliklari hozirgi kunda kurramizning hech qaerida o’smaydi. Ular sillur, devon davrlarida o’sgan.
Bu bo’limga mansub o’simliklar ildizsiz, poyasi dixatomik shoxlangan, bargsiz bo’lishi bilan xarakterlanadi. Shoxlarining uchki qismida bir xil sporalar beruvchi sporangiylar bo’ladi. Gametofitlari rangsiz, yer ostida rivojlanadi, bir uyli ya’ni anteridiy va arxegoniylari bitta tanada hosil bo’ladi. Spermatozoidlari ko’p xivchinli.
Bu bo’lim vakillari ilk bor quruq muhitda o’sishga moslashgan eng qadimgi yuksak o’simliklardir. Ular gorizontal joylashgan o’q (ildizpoya) va undan yuqoriga qarab chiqqan shoxlardan tashkil topgan. Uchki qismida sporangiylar hosil bo’ladi. Bu bo’limga mansub o’simliklar bizgacha yetib kelgan emas. Qadimgi geologik davrlarda yashab, so’ng yo’qolib ketgan. U 1 ta ajdod va 2 ta qabiladan iborat.
Bu o’simliklar Paleozoy erasining devon davrida qisqa vaqt yashagan xolos. Ular xozirgi vaqtda faqatgina qazilma xoldagina uchraydi. Ularga mansub turlar dastlab Shotlandiyadan topilgan. Keyinchalik esa ular boshqa joylarda ham yashaganligi ma’lum bo’lgan (Avstraliya, Xitoy, Shimoliy Amerika). Bu o’simliklarni ingliz olimlari Kidston va Langlar (1917- 1924) batafsil o’rganishgan.
Bu bo’limga kiruvchi o’simliklar orasida o’z davrida bir muncha keng tarqalganlaridan Rhynia major hisoblanadi. U tashqi va ichki tuzilishining soddaligi bilan xarakterlanadi. Bo’yi 50 sm, yo’g’onligi 5 mm bo’lib, botqoqliklarda o’sgan. Tanasining yer ostki qismi ildizpoyaga aylanib, rizoidlar hosil qilgan. Tananing markaziy qismi protostel tipida bo’lib, u ksilema va floemadan tashkil topgan. Tana sirtdan epidermis bilan qoplangan. Epidermisda og’izchalar joylashgan. Bularni bo’lishligi yuksak o’simliklar ekanligini bildiradi.

Download 270,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish