2-mavzu: qo‘ZG’aluvchan to‘qimalar fiziologiyasi


Nerv tolasi bo‘yicha qo‘zg’alishning o‘tish qonuniyatlari



Download 0,75 Mb.
bet7/22
Sana12.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#658633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
2.5 Nerv tolasi bo‘yicha qo‘zg’alishning o‘tish qonuniyatlari.
Periferik nervlarni tutamga birlashgan juda ko‘p nerv tolalari tashkil qiladi. Qo‘zg’alishning yakka tolalarda va periferik nervlarda o‘tkazilishi ma’lum qoidalarga bo‘ysunnadi.
Nervning anatomik va fiziologik uzluksizligi qonuni.
Nervning anatomik butunligi buzilganda uning qo‘zg’alishni o‘tkazish qobiliyatini yo‘qotishi tabiiy. Ammo, ba’zi ta’sirotlar (nervni juda sovutish, efirga botirish va boshqalar) nervning anatomik butunligini buzmasdan, qo‘zg’alishni o‘tkazmay qo‘yadi. Demak, qo‘zg’alishning nervda o‘tishi uchun uning anatomik va fiziologik uzluksizligi saqlangan bo‘lishi shart.
Nervda qo‘zg’alishning ikki tomonlama o‘tkazilish qonuni. Tabiiy sharoitda nerv impulslari markazdan qochuvchi tolalar bo‘ylab MNT dan periferiyaga, markazga intiluvchi tolalarda esa chetdan markazga yoki bir tomonlarna o‘tkaziladi. Ammo, barcha tolalar ikki tomonlarna o‘tkazuvchanlikka ega. A.I. Babuxin o‘z vaqtida bu qonunni tajribada isbotlagan edi. U Nil laqqa balig’ining elektr a’zosi tuzilishidagi xususiyatlardan foydalandi. Bu a’zoni yagona gigant neyronning aksoni nervlaydi. Akson a’zoga yaqinlashganda bir nechta tutamga bo‘linadi. Har bir tutam elektr a’zoning ma’lum qismiga yetib keladi. A.I. Babuxin aksonni kesib, neyron somasidan ajratdi. Elektr a’zoning o‘rta qismini olib tashlab, ikki chetini bir-biridan ajratib qo‘ydi. Enda akson tutamlarini qaysi nuqtada ta’sirlarnaylik, qo‘zg’alish ularning hammasiga tarqalib, elektr a’zoning hamma qismida tok paydo bo‘lishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda bu qonunni elektr fiziologiya usullari yordamida juda oson isbotlash mumkin. Buning uchun nerv tolasining o‘rtasiga qo‘zg’atuvchi elektrod, ikki chetiga esa ossillografga ulangan qayd qiluvchi eleltrodlar joylashtiriladi. Qo‘zg’atuvchi elektrodga impuls berilgan zahoti ikkala elektrod harakat potensiali vujudga kelganini ko‘rsatadi.
Qo‘zg’alishning nervda ajratib o‘tkazilish qonuni. Periferik nerv tarkibida harakatlantiruvchi, sezuvchi va vegetativ tolalar bor. Bu tolalar orqali bir vaqtning o‘zida chastotasi bo‘yicha farq qiladigan turli yo‘nalishdagi impulslar o‘tadi. Agar impulslar bir toladan ikkinchi tolaga o‘tadigan bo‘lganida a’zolar to‘g’ri faollik ko‘rsata olmas edi. Tolalarni qoplagan Shvann va miyelin pardalar yuqori elektr qarshilikka ega bo‘lganidan, tolalarni ajratib turadi. Bu qonunni isbotlash uchun baqaning orqa miya ildizlari ajratiladi. Bu ildizlar qo‘shilib, muskulni nervlovchi stvolni hosil qiladi. Butun nerv stvoli elektr toki bilan ta’sirlansa, muskulning hamma qismi qisqaradi. Nerv stvolini tashkil qiluvchi tolalar alohida-alohida ta’sirlansa, muskulning faqat shu ildiz tarkibidagi tolalar nervlovchi qismi qisqaradi.
Qo‘zg’alishning nervda ajratib o‘tkazilishi impulslarning o‘z manziliga bexato yetib borishini va a’zolar faoliyatining aniq boshqarilishini ta’minlaydi.
Nerv tolalarini qoplagan pardalar yaxshi izolyator bo‘lgani bilan, qo‘zg’algan tolada hosil bo‘lgan elektr toki oz miqdorda bo‘lsa ham tashqariga chiqadi va tolalar atrofidagi elektr o‘kazuvchi suyuqlikda tarqalib, boshqa tolalar tolalar faolligiga ta’sir qilishi mumkin. Tabiiy sharoitda nerv stvolidagi bir talay tolalar sinxron yoki asinxron ravishda qo‘zg’aladi. Ular atrofida vujudga kelgan tashqi toklar bir-biriga qo‘shilishi mumkin. Shunda ularning kuchi oshib, faolsiz tolalarni qo‘zg’ata oladigan darajaga yetadi. Bunda ingichka miyelinsiz tolalarda qo‘zg’alishning o‘tish tezligi kuchi ortgan tok hisobiga odatdagidan oshishi mumkin. Agar tashqi toklar bir-biridan ayrilsa, ularning kuchi kesiladi. Shunda tolalarda impulsning o‘tish tezligi biroz kamayadi, ammo shikastlanmagan nervlar faoliyati sezilarli o‘zgarmaydi. Nerv stvoli shikastlangan bo‘lsa, masalann, parabiozga uchrasa, shikastlangan joyda impulslar to‘xtab qolishi mumkin.
Nerv tolalarining tashqi toklar tufayli o‘zaro ta’sirlanishi efaptik ta’sirlanish deyiladi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish