2-Mavzu: O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy ahvoli va mustaqilligining e’lon qilinishi. Reja



Download 324,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.02.2022
Hajmi324,24 Kb.
#439101
  1   2


2-Mavzu: O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy ahvoli va mustaqilligining e’lon qilinishi. 
Reja: 
1.
XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy 
hayotidagi inqirozli holat.
2.
Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati: “Paxta ishi”, 
“O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar.
3.
1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy 
manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi. 
4.
I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi 
va uning tarixiy ahamiyati.
5.
Mustaqillikning e’lon qilinishi va O‘zbekiston Respublikasining tashkil 
etilishi. 
O‘zbekiston Kompartiyasi MQning 1989-yil 23-iyun kuni bo‘lib o‘tgan XIV 
plenumida Islom Abdug‘anievich Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi MQning 
birinchi kotibi etib tayinlandi. Islom Karimov ishga kirishgan kunning ertasigayoq – 
24 iyun kuni O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetida katta majlis o‘tkazdi va unda 
ma’ruza qildi. Islom Karimov O‘zbekistonda vujudga kelgan o‘ta murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy vaziyatni va uning sabablarini chuqur tahlil qilib achchiq va haqqoniy bir 
xulosaga keladi. «Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga 
zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi», – degan edi u. 
I.A.Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o‘zbek xalqining milliy o‘zligini 
anglash kuchayib borayotganligi birinchi bor e’tirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, 
qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo‘l boshladi. 
Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalash masalalarida 
milliy manfaatdorlik ustuvorligi ta’minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar 
desanti» o‘z mavqeyini yo‘qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» 
respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimilariga 
ko‘tarildi. 
Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o‘zgarish shundan iborat bo‘ldiki, endi 
O‘zbekiston partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini 
Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko‘tarish amaliyotiga chek 
qo‘yildi. Bu masalalarni hal qilishni Respublika rahbariyati o‘z qo‘liga oldi. Oliy 
o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan talantli yoshlar uchun maxsus stipendiyalar belgilash, 
xorijiy davlatlarda o‘qish uchun davlat hisobidan yordam berish masalalarni ilgari 
surdi. Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo‘lib, siyosiy mutelikdan 
qutilish, mustaqillik tomon tashlangan muhim qadam bo‘ldi. To‘qib chiqarilgan 
«o‘zbek ishi», «paxta ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog‘liq ishlar 
qayta ko‘rilib, aybsiz qamalgan minglab odamlar oqlandi, o‘z oilasiga qaytdi, adolat 
tiklandi. 
O‘zbek tili – davlat tili. Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o‘zbek 
tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko‘tarilgan edi. O‘zbekistonning sobiq 
rahbariyati bu masalaga millatchilik, mahalliychilik deb qarardi. O‘zbekistonning 


yangi rahbariyati jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish 
yo‘lini tanladi. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989 yil 21 oktyabrda bo‘lgan o‘n 
birinchi sessiyasida «O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. 
Qonunda: «O‘zbekistonning davlat tili o‘zbek tilidir, o‘zbek tili Respublikaning 
siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to‘liq amal 
qiladi», – deb belgilab qo‘yildi. 1990-yil 19-fevralda «O‘zbekiston SSRning davlat 
tili haqida»gi Qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat 
dasturiga binoan, mehnat jamoalari, o‘quv yurtlari, korxonalar va davlat 
muassasalarida ish yuritish rus tilidan o‘zbek tiliga o‘tkazila boshladi. Bu qonunning 
qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi respublika ijtimoiy hayotida katta 
tarixiy voqea bo‘lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo‘ldi. 
Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va 
ko‘tarishga qaratilgan dastlabki sa’y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisiga shaxsiy 
tomorqa uchun er ajratildi. Erga muhtoj 381 ming oilaga tomorqa erlari berildi, 372 
ming oila o‘z tomorqalarini kengaytirib oldi. SHu maqsadlar uchun jami 150 ming 
gektar er ajratildi. Respublikada «Ish bilan ta’minlash» dasturi ishlab chiqildi. Ana 
shu dasturga binoan 1990-yilda 300 ming kishi, asosan yoshlar ish bilan ta’minlandi. 
Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy jihatdan himoyalash uchun 1990-yilda 
budjetdan va korxonalar hisobidan 142 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. 
Prezident lavozimining ta’sis etilishi. 1990-yil 18-fevralda O‘zbekiston Oliy 
Sovetiga saylov bo‘ldi. Bu saylov ning yangiligi shundan iborat bo‘ldiki, oldingi 
saylovlarda bir deputatlik o‘rniga bitta nomzod ko‘rsatilgan bo‘lsa, mazkur saylovda 
500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nomzodlar ko‘rsatildi.
1990-yil 24–31-mart kunlari Toshkentda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR 
Oliy Sovetining I sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 24-mart kuni sessiya SSSR tarkibidagi 
respublikalar orasida birinchi bo‘lib «O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis 
etish to‘g‘risida» Qonun qabul qildi. 1990-yil 24-mart kuni Oliy Sovet sessiyasida 
yashirin ovoz berish yo‘li bilan Islom Abdug‘anievich Karimov O‘zbekiston 
Prezidenti etib saylandi. Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so‘zlab, O‘zbekistonning 
siyosiy mustaqilligini, o‘zini-o‘zi idora qilishga va o‘zini-o‘zi pul bilan ta’minlashga 
o‘tishni ta’minlashni o‘zining asosiy vazifasi ekanini ta’kidladi. SSSR va Markaziy 
hokimiyat mavjud bo‘lgan sharoitdayoq O‘zbekistonda Prezident saylanishi muhim 
voqea bo‘ldi, mamlakatimiz mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil 
qadam bo‘ldi. 
Mustaqillik Deklaratsiyasi. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining II sessiyasi 1990-
yil 20-iyun kuni «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qildi. Deklaratsiyada har bir 
millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq 
qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya tamoyil lariga asoslanib 
O‘zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 
moddadan iborat bo‘lib, quyidagilar bayon etilgan: 
• O‘zbekiston SSR davlat suvereniteti; 


• O‘zbekiston SSR demokratik davlatining o‘z hududida barcha tarkibiy 
qismlarda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligi; 
• O‘zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning 
muhokamasiga qo‘yilmay turib o‘zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Soveti qabul 
qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR 
Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga ega 
bo‘ladi; 
• O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi 
siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazolar. 
O‘zbekiston mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo‘lib, 
mamlakatimizning o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish yo‘lida yana bir yangi 
qadam bo‘ldi. 
2. Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi. Ittifoq shartnomasini yangilash 
talabi. Sobiq SSSR tarkibidagi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsa-da, 
amalda qaram edi. Ular o‘z erlari, suvlari, o‘rmonlari va er osti boyliklariga, ko‘pdan 
ko‘p korxonalariga o‘zlari egalik qilolmas edilar. 80-yillarning oxirlari 90-yillarning 
boshlarida ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirish talablarini ilgari 
sura boshladilar. 
O‘zbekiston Respublikasining rahbari I. Karimov 1989-yil 20-sentabrda 
Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQning plenumida so‘zlagan nutqida, respublikalar 
bilan SSSR o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan 
yangi federativ shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib: «Biz 
Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-
ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash 
tarafdorimiz», – degan edi. 
Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talab-
takliflarni e’tiborga olmadi, to‘g‘rirog‘i ularga erkinlik berishni xohladi. Markazning 
qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan ajralish 
harakati kuchayib bordi. 1990-yil bahorida Boltiqbo‘yi respublikalari Latviya, Litva, 
Estoniya, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini e’lon 
qildilar. 1990-yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi. 
1991-yil fevral-mart oylarida Ittifoq SHartnomasi loyihasi ustida qayta ish olib 
borildi. Unda Boltiqbo‘yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari 
qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo‘lib qatnashdi. Ittifoq bilan respublikalar 
vakolatlarini farqlab qo‘yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar 
vakolatlari belgilab berilgan shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov O‘zbekiston 
Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining 1991-yil 12-mart da bo‘lgan IV plenumida 
so‘zlagan nutqida: «Ittifoq SHartnomasini imzolash uchun ‘ng qulay payt qo‘ldan 
boy berib qo‘yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko‘targan kishilarning ovoziga 
hech kim quloq solmadi. Markaz 1922-yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, 


oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi», – degan edi. Bu fikrning 
to‘g‘riligini hayot to‘la isbotladi. 
Butunittifoq referendumi. SSSR Oliy Soveti Ittifoq SHartnomasini o‘zgartirish, 
SSSRni teng huquqli suveren Respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida 
xalqning fikrini bilish maqsadida 1991-yil 17-mart kuni Butunittifoq referendumini 
o‘tkazishga qaror qildi. 1991-yil 20-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashning Rayosati 
referendum o‘tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan 
byulleten bilan birga, yana bitta qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror qildi. 
Qo‘shimcha bulletenga «Siz O‘zbekistonning mustaqil, teng huquqli Respublika 
sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?» – degan 
savol qo‘yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga «Ha» 
deb javob berdilar. Demak, o‘zbekistonliklar o‘z mamlakatini mustaqil davlat sifatida 
Federativ Ittifoqda bo‘lishini, O‘zbekistonning suveren Respublika sifatida 
rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar. 
1991-yil aprelda Kievda Ukraina, Rossiya, Belorus, O‘zbekiston, Qozog‘iston 
Respublikalari 
rahbarlarining 
uchrashuvi 
bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil 
Respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq SHartnomasini tuzishga 
yondashish yo‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni 
Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik 
bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo‘ldi. 
3. Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzishga intilish. 1991-yil aprelda Novo-
Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S. Gorbachovning 9 respublika – RSFSR, Ukraina, 
Belorussiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston, 
Turkmaniston rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan 
«Mamlakatdagi vaziyatni va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan 
choralar to‘g‘risida» qo‘shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9+1» (9 respublika + 
Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kievda bil 
dirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi. 1991-yil 3-iyunda Novo-
Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o‘rtasida 
uchrashuv bo‘ldi. Uchrashuvda Mustaqil Davlatlar Ittifoqi (MDI) tuzish masalasi 
muhokama qilindi. 
Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to‘g‘risida keskin munozara 
bo‘ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan 
«Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to‘g‘risida shartnoma» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha 
barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jo‘natildi. Mazkur 
shartnoma loyihasi O‘zbekiston Oliy Sovetida 1991-yil 14-iyunda muhokama qilindi. 
Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori 
ekanligini bildirdi. SHu bilan birga, Respublikalar vakolatlarini yanada 
kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi. 
1991-yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini 
uzil-kesil tayyorlash uchun markaz vakillari va respublikalar rahbarlarining 
uchrashuvi bo‘ldi. Markazni ham, respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan 


«Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to‘g‘risida shartnoma» loyihasi tayyorlandi. Ammo 
hamma rozi bo‘lgani holda «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma»ni 
imzolash 1991-yil 20-avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S. Gorbachov 
Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo‘nab ketdi. 
1991-yil 17–19-avgust kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning Hindiston 
Respublikasiga Davlat rahbari sifatida ilk mustaqil rasmiy tashrifi bo‘ldi. Tashrif 
doirasida O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasida iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy 
hamda madaniyat, ta’lim, fan, turizm, sport va ommaviy axborot vositalari sohasida 
hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Natijada mamlakatimiz mustaqil 
tashqi siyosatining dastlabki tamal toshi qo‘yildi. 
1991-yil avgust voqealari. Markaziy hokimiyatni – SSSRni saqlab qolish, 
respublikalarga mustaqillik bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir 
«imkoniyat» vujudga kelgan edi. Ana shu kuchlar tomonidan 1991-yil 18-avgustda 
markaziy hokimiyatni avvalgi maqomida saqlab qolish maqsadida fitna tayyorlandi 
va SSSRda Favqulodda holat davlat Qo‘mitasi (FHDQ) tuzildi. Uning boshliqlari G.I. 
YAnaev – SSSR vitse-prezidenti, O.D. Baklanov – SSSR Mudofaa Kengashi 
raisining birinchi o‘rinbosari, V.A. Kryuchkov – SSSR Davlat Xavfsizligi qo‘mitasi 
raisi, V.S. Pavlov – SSSR Bosh vaziri, B.K. Pugo – SSSR Ichki ishlar vaziri, D.T. 
YAzov – SSSR Mudofaa vaziri, V.A. Starodubsev – SSSR Dehqonlar uyushmasi 
raisi, I. Tizyakov – SSSR Sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari 
hamda inshootlari uyushmasining prezidenti kabi Markaziy hokimiyatning rahbarlari 
edi. G.I. YAnaev o‘zini M.S.Gorbachovning salomatligi yomonligi sababli 19-
avgustdan boshlab SSSR Prezidenti vazifasini ijro etuvchi deb e’lon qildi. 
SHu tariqa, fitnachilar M.S. Gorbachovni noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatdan 
chetlashtirib, o‘zlari hokimiyatni egallab oldilar. Mazkur qo‘mita Sovet 
rahbariyatining Bayonoti, sovet xalqiga Murojaatnoma, Davlatlar va hukumatlarning 
boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga Murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi. 
Butunittifoq doirasida mo‘rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada 
taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar. 
Qaltis vaziyatda 1991-yil 19-avgustda O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov 
Hindistonga qilgan rasmiy tashrifdan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan 
uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtayi nazarini 
bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi, O‘zbekistonda 
vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi. 
1991-yil 20-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va 
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, 
viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. 
Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokoma qilib, Bayonot qabul qildi. 
Bayonotda O‘zbekiston Respublikasining tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch 
ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va 
mustahkamlash, har qanday ig‘vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda 
qattiq intizom va tartibni saqlash, mishmishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari 


ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston «Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi 
Deklaratsiya» qoidalarini og‘ishmay va izchil amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, 
deb ko‘rsatildi. 
1991-yil 21-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan 
O‘zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar 
hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va 
O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi 
kerak, deb belgilab qo‘ydi. Farmonda SSSRda Favqulodda Holat Davlat 
Qo‘mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O‘z bekiston SSR 
Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy 
emas, deb belgilab qo‘yildi. 
Fitnachilarning qonunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991-yil 19–21-
avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro‘y berdi. Rossiya Federatsiyasi 
rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna 
bostirildi. Fitnachilar qamoqqa olindi. M.S. Gorbachov prezidentlik lavozimiga 
qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. 
Markaziy hokimiyat falaj bo‘lib, harakatsiz qolgan edi. Sovet Ittifoqi 
Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. 1991-yil 25-avgustda O‘zbekiston 
Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Farmoni e’lon qilindi. 
Farmonga binoan SSSRda vujudga kelgan ahvolni e’tiborga olib, O‘zbekiston 
Respublikasi manfaatlarini himoya qilish maqsadida Respublika Ichki ishlar vazirligi 
va Davlat xavfsizligi komiteti O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. 
Mazkur idoralar zimmasiga, birinchi navbatda, O‘zbekiston va uning fuqorolari 
xavfsizligini, manfaatlarini muhofaza qilish topshirildi. Mazkur farmonga binoan 
O‘zbekiston hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari 
bevosita O‘zbekiston SSR Prezidentiga bo‘ysundirildi. Respublika Ichki ishlar 
vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, 
respublika hududida joylashgan ichki qo‘shinlar, Turkiston Harbiy okrugi qismlari 
va qo‘shinlari partiyadan butunlay xolis qilindi. 
Mazkur farmonda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosatiga juda qisqa 
muddatda Respublikaning Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini 
tayyorlash va uni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi 
muhokamasiga taqdim etish taklif qilindi. Mazkur Farmon imzolangan kun – 1991-
yil 25-avgustda kuchga kirdi. 
Xulosa qilib aytganda, Prezident Islom Karimovning kuch-g‘ayrati, oqilona 
siyosati, tashabbusi natijasida jonajon Vatanimiz – O‘zbekistonning Davlat 
mustaqilligiga tinchlik va qonuniy asosda erishish imkoniyati yaratildi. 


Download 324,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish