Bog'liq Python dasturlash tili bo\'yicha qo\'llanma (namuna)
ANNOTATSIYA.
Ushbu o’quv qo’llanma umumta’lim maktablarining Informatika fani o’qituvchilari va o’quvchilari uchun maktab darsligiga yangi kiritilgan Python dasturlash tilini amaliy o’rganishga mo’ljallangan bo’lib, asosan maktab o’quvchi va o’qituvchilari foydalanishlari inobatga olingan. O’quv qo’llanmada mavzular ketma – ketlik asosida tushuntirilgan, mavzular doirasida misollar ishlab ko’rsatilgan.
O’quv qo’llanmadan nafaqat o’quvchilar va o’qituvchilar balki, mustaqil holda Python dasturlash tilini o’rganayotganlar ham foydalanishlari mumkin.
O’quv qo’llanma bo’yicha savol, taklif, fikr va tavsiyalaringizni telegram orqali https://t.me/Bepul_Videodarslar yoki @Bepul_Videodarslar orqali mamnuniyat bilan kutib qolamiz.
Python dasturini kompyuterga o’rnatish va undan foydalanish bosqichlari.
Python dasturini kompyuterga o’rnatish bir necha bosqichlardan iborat.
https://www.python.org/downloads/windows/ orqali rasmiy web saytiga kirib, kompyuteringizning texnik parametrlarini hisobga olgan holda eng so’ngi versiyasini yuklab olamiz. Kompyuterning texnik parametrlariga, razryadi, (64 bit yoki 32 bit) qaysi operatsion sistema o’rnatilganligi va boshqa parametrlar kiradi. Biz hozir sizga 64 bitli kompyuter uchun o’rnatish jarayonini tushuntirib o’tamiz.
Yuklab olib o’rnatishni boshlaymiz. Pastdagi rasmlarda o’rnatish jarayoni rasmlar ketma – ketligida keltirilgan.
Dastur ustiga sichqonchani ikki marta bosib, o’rnatishni boshlaymiz.
Quyidagi oyna hosil bo’ladi.
Bu oynadan Add Python 3.8 to Path ga belgi qo’yib, Install Now ni tanlaymiz.
Dastur o’rnatib bo’lingach Closeni bosib, ishni yakunlaymiz.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dastur o’rnatib bo’lingach, Python dasturlash tilining ishchi stoliga alohida belgisi hosil bo’lmaydi. Shuning uchun dasturni Pusk orqali ishga tushiramiz. Har doim yangi dastur bilan ishlashda IDLE ni ishga tushiramiz.
IDLE ni ishga tushirish tartibi.
Har doim yangi dastur tuzishda IDLE alohida ishga tushiriladi, ishga tushirish tartibi esa doim bir xil ko’rinishda bo’ladi.
1.Puskdan Python 3.8 ni topamiz.
2. Sichqonchani Python 3.8 ustiga bosib IDLE ni tanlaymiz.
3.Yangi oq oyna hosil bo’ladi.
4.File bo’limidan New File ni tanlab (klaviaturadan Ctrl+N), yangi ikkinchi oq oynani hosil qilamiz.
Ikkinchi oyna kod yozish uchun, birinchi oyna esa dastur natijasini ko’rish uchun ishlatiladi. Unutmang, ikkinchi oynada kodlarni yozib bo’lgach uni saqlab olishimiz kerak, aks holda dastur ishlamaydi. Saqlash uchun ishchi stolidan “Dasturlar” nomli papka hosil qilib, hamma dasturlarni shu papkaga saqlaymiz. Hozir namuna sifatida biror dastur yozib, uni saqlab ishga tushirishni o’rganamiz.
1.Ishchi stolidan “Dasturlar” nomli papka yaratamiz.
1.IDLE ni yuqoridagi tartibda ishga tushiramiz.Ikkinchi oynaga (oxirgi ochilgan oynaga)namunaviy kodlarni yozamiz (bundan keyin kodlarni yozamiz deyilganda ikkinchi oyna nazarda tutiladi.).
2.Eslatma: dastur kodlarini yozayotganda o’,g’ harflaridan foydalanish noqulayliklar tug’diradi. Shuning uchun bu harflardan foydalanmaymiz.
3.File bo’limidan Save as ni tanlaymiz.
4.Ochilgan oynadan ishchi stolini tanlaymiz.
5.Yangi yaratgan Dasturlar nomli papkani tanlaymiz.
6.Dasturga nom berib saqlaymiz. (masalan dars_1). Nom berishda joy tashlamaslik kerak, uning o’rniga tag chiziq (_) dan foydalaning.
7.Dasturni tekshirish uchun, Run bo’limidan Run Module ni tanlaymiz.
8.Natija birinchi oq oynada hosil bo’ladi. (Natija har doim birinchi oynada ko’rsatiladi.)
Dasturimiz natija berdi, demak kodlarni to’g’ri kiritdik. Agar yozilgan dasturga biror o’zgartirish kiritsak klaviaturadan Ctrl+S klavishlar birikmasini bosgan holda saqlab, yana Run bo’limi orqali qayta ishga tushirish mumkin.
Python dasturida ishlash tartibi quyidagicha ekan:
1.Puskdan Python 3.8 ni topib, undan IDLEni ishga tushirish
2.Ochilgan oynaning File bo’limidan New File ni tanlash (File New File )
3.Yangi ochilgan oynaga kodlarni kiritish va saqlash (ishchi stolida yaratilgan yangi papkaga, masalan Dasturlar nomli papkaga ) (File Save asIshchi stoli (Рабочи стол )Yangi yaratilgan papka (Dasturlar) Dastur nomi (dars_1) Сохранить (saqlash))
4. Dasturni ishga tushirish (Run Run Module)
5.Natijani tekshirish
6.Agar dasturga biror o’zgartirish kiritilsa klaviaturdan CTRL+S klavish birikmalari yordamida qayta saqlash.
7.Har doim yangi dastur yaratilayotganda yuqoridagi tartiblar takroran bajariladi.
8.Keyingi darslarda dasturni ishga tushiramiz deyilganda yuqoridagi tartiblar tushuniladi.
9.Ma’lumotni har safar kiritayotganimizda (dastur natijasini tekshirishda) enter klavishini bosamiz.
Python dasturlash tilida ishlash.
1.print operatori haqida.
print operatori ma’lumotni ekranga chiqarish uchun ishlatiladi. Umumiy ko’rinishi: print(‘ Kerakli so’z, yoki o’zgaruvchi’)
IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz. Dasturni saqlab, ishga tushiramiz.(Run Run Module)
Agar bir necha qatorlarni ekranga chiqarish kerak bo’lsa printdan takroran foydalanamiz.
IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz. Dasturni saqlab, ishga tushiramiz.(Run Run Module)
Demak print operatori siz kiritgan ma’lumotni ekranga chiqarish uchun xizmat qiladi. Bu operatorda boshqa ma’lumotlarni ham ekranga chiqarish mumkin. Bu holni dasturlar yaratish davomida o’rganib boramiz.
2.O’zgaruvchilar.
Matematika fanida masalalarni yechishda noma’lumlarni qanday belgilash masalani yechishga ta’sir qilmaydi. Shuning uchun noma’lumlarni o’zimizga qulay tarzda belgilash mumkin. Python dasturlash tilida ham ma’lumotlarni qanday o’zgaruvchilar yordamida belgilash dastur ishlashiga ta’sir qilmaydi. Shuning uchun o’zgaruvchilarni o’zimizga qulay tarzda belgilaymiz. Raqamli va harfli o’zgaruvchilarni kiritishdagi farq, harfli ma’lumotlar apostrof (‘ ’) ichiga olib yoziladi.
Masalan:
a=5; sonli o’zgaruvchi. a harfi o’rniga ixtiyoriy nom berish mumkin. (son=5; x=5…). O’zimizga qulay nom tanlaymiz. a=’maktab’; harfli o’zgaruvchi.
a harfi o’rniga ixtiyoriy nom berish mumkin. (son=’maktab; x=’maktab’…) O’zimizga qulay nom tanlaymiz.
Bu holni dasturda ko’ramiz. Dasturga Mening birinchi dasturim so’zini avvaldan kiritib, so’ngra uni ekranga chiqarishni o’rganamiz. IDLEni ishga tushirib, rasmda ko’rsatilganidek kodlarni kiritamiz, saqlab olamiz va dasturni ishga tushiramiz. (Run Run Module)
Yuqoridagi rasmdan ko’rinadiki o’zgaruvchini qanday nomlash (a=’Mening birinchi dasturim’, dastur=’Mening birinchi dasturim’) dastur natijasiga ta’sir qilmaydi. Albatta qulay nom bilan nomlaymiz.
Endi sonli ma’lumotlar bilan qanday ishlashni o’rganamiz. IDLEni ishga tushirib, rasmda ko’rsatilganidek kodlarni kiritamiz, saqlab olamiz va dasturni ishga tushiramiz.
Rasmdan ko’rinadiki raqamli ma’lumotlar oddiy, harfli ma’lumotlar ‘’ belgilar ichiga olib kiritilar ekan. O’zgaruvchini qanday nomlash dastur faoliyatiga ta’sir qilmaydi. 3.input() operatori haqida.
Yuqoridagi dasturlarda ma’lumotlar dasturga avvaldan kiritilgan. Har doim ham ma’lumotlar dasturga avvaldan kiritilmaydi. Ma’lumotlarni foydalanuvchi o’zi kiritishi ham mumkin. Bu holda input() operatoridan foydalaniladi.
Umumiy ko’rinishi input(‘ Kiritilishi kerak bo’lgan ma’lumot=’ ). Hozir bu holni dasturda ko’rib chiqamiz. Masalan dastur ismingizni kiritishni so’rasin va siz ismingizni kiritsangiz dastur ekranga chiqarib bersin.
(Ismingizni kiritib, enter tugmasini bosing.) IDLEni ishga tushirib, rasmda ko’rsatilganidek kodlarni kiritamiz, saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.
Raqamli ma’lumotlarni input () operatori bilan ishlatishda raqam turi oldindan dasturga kiritiladi. Matematika fanidan ma’lumki, raqamlar butun (Python tilida int), haqiqiy (Python tilida float) va boshqa turda bo’lishi mumkin. Keling bu holni dasturda qaraymiz. Dastur sizdan avval ismingizni so’ngra yoshingizni kiritishni so’rasin va ma’lumotni ekranga chiqarib bersin.
Ma’lumotlar har safar kiritilayotganda enter klavishi bosiladi. IDLEni ishga tushirib, rasmda ko’rsatilganidek kodlarni kiritamiz.
Yoshni kiritish so’rovida int so’zi ishlatildi, chunki yosh raqamli ma’lumot turiga kiradi. Ma’lumotni har safar kiritayotganimizda (dastur natijasini tekshirishda) enter klavishini bosamiz.
Python dasturlash tilida matematik amallar.
1.+ qo’shish amali
2.- ayirish amali
3.* ko’paytirish amali
/ bo’lish amali
% qoldiq topish amali
6.// bo’linmaning butun qismini topish amali
7. ** sonni darajaga ko’tarish amali Bu amallarni dasturda ko’rsatamiz.
Qo’shish amali uchun.
IDLEni ishga tushuramiz, rasmdagi kodlarni kiritamiz va saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.
Endi dastur mustaqil holda son kiritishi uchun dastur tuzamiz. IDLEni ishga tushuramiz, rasmdagi kodlarni kiritamiz va saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.
Boshqa matematik amallar ham xuddi shu tartibda bajariladi.
Darajaga ko’tarish amali uchun.
Namuna: ixtiyoriy sonni ixtiyoriy darajaga ko’tarish dasturini tuzing.
1.Avval sonlar dasturga oldindan kiritilgan hol uchun tuzamiz.
IDLEni ishga tushurib,rasmdagi dastur kodlarini kiritamiz, saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.
2.Endi dastur sonlarni kiritishni so’raydigan hol uchun tuzamiz
Qoldiqli bo’lish amali uchun.
1.Avval dasturga sonlar oldindan kiritilgan hol uchun dastur tuzamiz. IDLEni ishga tushiramiz, rasmdagi kodlarni yozib saqlab olamiz va dasturni ishga tushiramiz.
Endi dastur mustaqil holda son kiritishi uchun dastur tuzamiz. IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz, saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.
Bo’linmaning butun qismini topish.
Bo’linmaning butun qismini topish dasturi ham, yuqoridagi dasturlar kabi tuziladi. Biz endilikda input () operatori bilan tuzishni o’rganishda davom etamiz. Dasturga oldindan sonni kiritish holati juda kam uchraydi va biz bu holatga oid bir nechta na’munalarni o’rgandik.
IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz, saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.
Matematik amallarga oid namunaviy dasturlar
1.Do’kondan kitob xarid qildingiz.
1.1Kitob narxi oldindan kiritilgan hol uchun dastur tuzing. Dasturga qancha kitob olganingizni kiritsangiz, dastur sizga umumiy to’lanadigan summani chiqarib bersin. IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz, saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.
1.2Kitob narxini ham dasturga mustaqil holda kiritish dasturi. IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz, saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.
Ko’p xonali sonlarning raqamlarini va raqamlari yig’indisini topish.
1.Ikki xonali sonning raqamlarini va raqamlari yig’indisini aniqlash dasturini tuzing.
Bu dasturni tuzishda qoldiqni va butun qismini topish amallaridan foydalanamiz. Ma’lumki, har qanday ikki xonali sonni 10 ga bo’lganda bo’linmaning butun qismi ikki xonali sonning birinchi raqami, qoldiq esa ikki xonali sonning oxirgi raqami hisoblanadi. Butun qism va qoldiqni qo’shsak, ikki xonali sonning raqamlari yig’indisi kelib chiqadi. IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz, saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz. Faqat input () bilan tuzishda davom etamiz. Dasturga avvaldan sonni kiritish dasturi juda oson.
2.Uch xonali sonning raqamlarini va raqamlari yig’indisini aniqlash dasturini tuzing.
Bu dasturni tuzishda qoldiqni va butun qismini topish amallaridan foydalanamiz. Ma’lumki, har qanday uch xonali sonni 100 ga bo’lganda bo’linmaning butun qismi uch xonali sonning birinchi raqamidir. Uch xonali sonning ikkinchi raqamini topish uchun esa, uch xonali sonni 100 ga bo’lib, qoldig’ini 10 ga bo’lamiz. Bo’linmaning butun qismi uch xonali sonning ikkinchi raqami, qoldiq esa uch xonali sonning oxirgi raqami hisoblanadi. Hosil bo’lgan sonlarni qo’shsak, uch xonali sonning raqamlari yig’indisi kelib chiqadi. IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz, saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.
3.Besh xonali sonning raqamlarini va raqamlari yig’indisini aniqlash dasturini tuzing.
Bu dasturni tuzishda qoldiqni va butun qismini topish amallaridan foydalanamiz. Ma’lumki, har qanday uch xonali sonni 10000 ga bo’lganda bo’linmaning butun qismi besh xonali sonning birinchi raqamidir. Besh xonali sonning ikkinchi raqamini topish uchun esa, besh xonali sonni 10000 ga bo’lib, qoldig’ini 1000 ga bo’lamiz. Bo’linmaning butun qismi besh xonali sonning ikkinchi raqamidir.Qolgan sonlarni va raqamlari yig’indisini yuqoridagi tartibda topamiz. IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz, saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.
Uch xonali sonni raqamlarini teskari tartibda chiqarish dasturi
IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz, saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.
Demak, ma’lumot turlari quyidagi tartibda ekan:
1.int : butun sonlar, 5,-6…
2.float : haqiqiy sonlar, 25.01, .043…
3.bool : mantiqiy, rost/yolg’on
4.list : ko’p o’lchovli ma’lumotlar : [45, ‘ salom ‘ , 17]
5.dict : ko’p ma’lumotlarni kalit so’zlar bilan kiritish : {“ ism “ : “ Bektosh “} 6. str : yozuvli ma’lumotlar, ‘ maktab
‘ Ma’lumot turlari juda ko’p , ular bilan dasturlar tuzish davomida tanishib boramiz.
(https://www.w3schools.com/python/ manzil orqali tanishib chiqishingiz mumkin.)
Matnlarni formatlash.
Matnlar bilan ishlashda dastur siz kiritgan matnlar bilangina ishlamaydi, balki o’zidan qo’shimcha matnlar qo’shishi, siz kiritgan matnni qirqishi va boshqa ko’plab amallarni bajarishi mumkin.
Matnlarni formatlash uchun format() operatoridan foydalanamiz. Bu operator yuqoridagi vazifalarni bajarishda bizga yordam beradi.
1.Matnlarni birlashtirish (format () operatori yordamida).
Matnlarni birlashtirishning umumiy ko’rinishi:
‘ Kerakli matn {}’.format(o’zgaruvchi)
Agar print operatori ichiga yozsak, matnlarni birlashtirib chiqaradi. Masalan, dastur sizdan ismingizni so’rasin, siz ismingizni kiritsangiz, dastur ismingizga “Assalomu alaykum” so’zini qo’shib chiqarsin. Hozir bu holni dasturda ko’ramiz. IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz, saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.
“ Assalomu alaykum “ so’zi o’rniga ixtiyoriy so’zni kiritib, birlashtirishingiz mumkin. Matnlarni format () funksiyasi yordamisiz ham birlashtirish mumkin. Lekin bu holda dasturga avvaldan kiritilgan so’zlargina birlashadi. Hozir bu holni dasturda ko’ramiz. IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz, saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.
Bu holatda ishlash ancha noqulay, chunki, hamma birlashtirilishi kerak bo’lgan so’zlar dasturga avvaldan kiritilishi kerak. Bundan tashqari, bu dasturdan bir kishi foydalanishi mumkin bo’lib qoladi, shuning uchun matnlarni oddiy va va format () operatori yordamida birlashtirish usullarini birgalikda ishlatish juda qulaydir. Masalan “ Men, Samarqand viloyati, Qo’shrabot tumanida tavallud topganman “ jumlasini ikkala usuldan foydalanib birlashtiramiz. Bu hamma uchun qulaydir, chunki har kim o’z tug’ilgan viloyati va tumanini kiritadi, dastur esa shunga moslashadi. Hozir bu holni dasturda ko’ramiz. IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz, saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.
Bu dasturlarga hohlagancha so’zlar qo’shish mumkin. Buning uchun, input () bilan so’rovni ekranga chiqarib, dasturda javobni yuqoridagi tartibda moslaysiz. Bunda muhim tomoni quyidagicha, agar input() so’rovi bilan kiritilgan so’zlar dasturda ketma – ket chiqarilishi kerak bo’lsa ular qo’shilib qoladi, shuning uchun bitta bo’sh joyli o’zgaruvchini dasturga kiritish kerak. Masalan, dastur ismingiz so’rasin, dastur familyangizni so’rasin, dastur tug’ilgan viloyatingizni so’rasin va hammasini joy – joyiga qo’yib ekranga chiqarsin. Hozir bu holni dasturda ko’ramiz. IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz, saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.
2.capitalize() operatori haqida.
capitalize () operatori kiritilayotgan matnni bosh harfga ( katta harf ) o’tkazish uchun ishlatiladi. Masalan, salom so’zini kiritsangiz, ekranga Salom so’zini chiqaradi. Hozir bu holni dasturda ko’ramiz. IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz, saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.
3.casefold () operatori haqida.
Bu operator so’zdagi barcha harflarni kichik harfga o’tkazish uchun xizmat qiladi. Masalan, MaKtAb so’zini kiritganda ekranda maktab so’zi hosil bo’ladi. Hozir bu holni dasturda ko’ramiz. IDLEni ishga tushirib, rasmdagi kodlarni kiritamiz, saqlab olib, dasturni ishga tushuramiz.
Bu o'quv markazimiz yaratgan qo'llanmaning boshlang'ich qismidan namuna xolos. To'liq qo'llanma pdf variantda bo'lib , Python dasturlash tili 0 dan boshlab ( kompyuterga o'rnatishdan ) grafika bilan ishlashgacha tuzilgan. Agar qo'llanma sizga manzur bo'lgan bo'lsa , telegram orqali
@Bepul_Videodarslar yoki https://t.me/Bepul_Videodarslar orqali murojaat qiling. Qo'llanmaning to'liq varianti , 100 dan ziyod namunaviy dasturlar, Python muhiti (exe , 32 va 64 bit kompyuterlar uchun) , grafikaga oid ko'plab dasturlar ( hammasi 3 ta papka ) va Adobe Photoshop dasturi bo'yicha videodarslar kelishilgan narxda sizga telegram orqali tashlab beriladi. Qo'llanmadan unumli foydalanish uchun namunaviy tuzilgan dasturlarni IDLEda ochib , o'rganib chiqish tavsiya etiladi.
Python dasturlash tilini biz bilan mukammal o'rganing.
Telegram kanalimiz @Videodarslar_uzb yoki https://t.me/Videodarslar_uzb Murojaat uchun : @Bepul_Videodarslar yoki https://t.me/Bepul_Videodarslar. Qo'llanmamiz xaridorlaridan haligacha shikoyatlar kelib tushmagan. Umid qilamizki, sizdan ham shikoyatlar kelib tushmaydi.
E'TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR.!