Latent bosqich. Mikrob hujayrasi oziqa muhitiga moslashadi, moddalar almashinuvi tezlashadi, hujayra kattalashadi. Bakteriyalar birinchi fazaning oxirida bo‘linib ko‘paya boshlaydi.
Logorifmik kopayish bosqichi. Bu fazada bakteriyalar bo‘linib ko‘payishi tezlashadi, ularning soni ortadi.
Statsionar bosqich. Bakteriya hujayrasining konsentratsiyasi doimiyligicha qoladi. Bunda tirik va o‘lik bakteriyalar miqdori teng- lashadi.
O ‘lish bosqichi. Bakteriya hujayrasining hayot faoliyati sekinlashadi va o‘la boshlaydi, chunki bunda oziqa modda kamayib, zaharli moddalar ko‘payadi. O‘lik hujayralar miqdori ortadi.
To‘la o‘lish bosqichi. Bakteriya hujayralari to‘liq nobud bo‘ladi. Bakteriyalarning to‘la o‘lishi bir necha kun, hafta yoki oydan so‘ng yuzaga kelishi mumkin.Suyuq oziqa muhitida bakteriya miqdori 18—24 soatdan so‘ng ortadi. Bunda muhit loyqalanadi. Cho‘kma yoki parda hosil qiladi. Zich oziqa muhitida esa koloniya hosil qilib o‘sadi. Spiroxetalar va rikketsiyalar ham ko‘ndalang usulda bo‘linib ko‘payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |