Bakteriyalarning oziqlanishi
Barcha mikroorganizmlarning oziqlanish, nafas olish, bo‘linib ko‘payish jarayonini amalga oishirish uchun oziq moddalar zarur. Mikroorganizmlar energiya manbai va oziq modda sifatida turli xil organik moddalar va noorganik birikmalardan foydalaniladi, shuningdek, normal hayot kechirish uchun ularga mikroelementlar va o‘sish omillari talab qilinadi.
Mikroorganizmlarning oziqlanish jarayonida o‘ziga xoslik bor.
Birinchidan, oziq moddalar hujayraning butun devori orqali kiradi. Ikkinchidan, mikrob hujayrasi juda tez boradigan metabolitik reaksiyasiga ega. Uchinchidan, mikroorganizmlar yashash muhitini o‘zgartirishga juda tez adaptatsiyalanish (moslanish) xususiyatiga ega. Har xil sharoitda yashashga ko‘ra, mikroorganizmlarning turli xil oziqlanish turlari tafovut etiladi.
Oziqlanish turi. Oziqlanish turi azot va uglerodni hazm qilishiga qarab aniqlanadi. Vodorod va kislorod organogenlarning manbai bo‘lib suv hisoblanadi. Oziq moddalarni parchalashi uchun mikroor- ganizmlarga suv juda zarur, chunki ular hujayraga faqat erigan modda bilan kiradi.
Uglerodni qabul qilishga ko‘ra, mikroorganizmlar ikki turga bo‘linadi: avtotroflar va geterotroflar.
Avtotroflar (yunon. autos—o‘zim, trophe—oziqlanaman) — oddiy noorganik birikmalardan murakkab organik birikmalarni sintezlash xususiyatiga ega. Ular uglerod manbai sifatida uglekislota va boshqa neorganik uglerod birikmalaridan foydalanishi mumkin. Avtotroflar tuproq (nitrifikatsiya, serobakteriya va b.) bakteriyalari hisoblanadi.
Geterotroflar (yunon. heteros—boshqa, trephe—oziqlanaman) o‘sib rivojlanish uchun tayyor organik birikmalarga muhtoj. Ular uglerodni uglevodlardan (ko‘pincha glukoza), ko‘p atomli spirtlardan, organik kislotalardan, aminokislotalardan va boshqa organik moddalardan oladi. Geterotroflarga mikroorganizmlarning katta guruhdagi a’zolari kiradi, ular orasida saprofit va parazitlarni uchratishimiz mumkin.
Saprofitlar (yunon. sapros—chirigan, photon—o‘simlik) — o‘lik organizmdan tayyor organik birikmalarni oladi. Ular o‘lik organizm qoldiqlarining chirishida katta rol o‘ynaydi. Masalan, chirituvchi bakte- riyalar va boshqalar.
Parazitlar (yunon. parasitos — haromxo‘r, tekinxo‘r) — tirik o‘sim- lik, hayvon va odam hujayrasidagi organik birikmalar hisobiga yashaydi va bo‘linib ko‘payadi. Bunday mikroorganizmlarga rikketsiyalar, viruslar va ayrim sodda jonivorlar kiradi.
Azotni qabul qilishiga ko‘ra, mikroorganizmlar ikki guruhga bo‘linadi, aminoavtotroflar va aminogeterotroflar. Aminoavtotroflar oqsilni sintezlashida hujayralar havoni azot molekulasi yoki ammoniy birikmalardan—aminokislota, murakkab oqsildan oladi. Ularga barcha patogen mikroorganizmlar va ko‘pgina saprofitlar kiradi.
Energiya manbaiga ko‘ra, mikroorganizmlar quyidagilarga bo‘linadi:
fototroflar — biosintez reaksiyasi uchun energiyani quyosh nuridan (purpur serobakteriyalar) oladi;
xemetraflar — energiyani noorganik va organik moddalarni ok- sidlash hisobiga oladi.
Lekin mikroorganizmlarni oziqlanishiga ko‘ra, chegaralab bo‘l- maydi, chunki shunday turdagi mikroorganizmlar borki, ular gete- rotrof turidan avtotrof turiga va aksincha, o‘zgarishi mumkin. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlarning oziqlanishiga ko‘ra, yangi atamalar kiritilgan: geterotroflar, organotroflar, avtotroflar—litotroflar (yunon. litos — tosh) deb ataladi, chunki bunday mikroorganizmlar faqat mineralli muhitda o‘sish qobiliyatiga ega.
O‘sish omillari. Mikroorganizmlarning rivojlanishi va bo‘linib ko‘payishi uchun alohida moddalar zarur, ular bu moddalarni o‘zlari sintezlay olmaydi va shuning uchun ularni tayyor holda olishlari lozim. Bunday moddalarni o‘sish omillari deyiladi va ular mikroorganizm to‘qimasiga oz miqdorda kerak bo‘ladi.
Ularga turli xil vitaminlar, ayrim aminokislotalar (oqsillarini sintezlash uchun kerak) va boshqalar kiradi. Ko‘pgina o‘sish omillari turli xil fermentlar tarkibiga kiradi va biokimyoviy jarayonlarda katalizator vazifasini bajaradi. Mikroorganizmlarning oziq moddalarga va o‘sish omillariga muhtojligini bilish juda zarur, chunki ularni o‘stirishda oziq moddalarni tanlay olishimiz lozim.
Oziq moddalar transportirovkasi. Oziq moddalar mikrob hujayrasi sitoplazmasiga faqat katta bo‘lmagan molekula turida va erigan holda kirishi mumkin. Murakkab organik moddalar (oqsillar, polisaxaridlar va b.) mikrob hujayrasi ishlab chiqarilgan fermentlar ta’siriga uchraydi va shundan keyingina, ulardan foydalanish oson bo‘ladi. Oziq moddalarni hujayraga kirishi va undan metabolizm moddalarining chiqarilishi, asosan, sitoplazmatik membrana orqali bajariladi. Oziq moddalar hujayraga bir necha usullarda kiradi:
Passiv diffuziya, ya’ni moddalar membrana qatlamidan o‘tadi, natijada ularning konsentratsiyasi va qobiqning ikki tomonidagi bosim ortadi. Shunday qilib, muhitning konsentratsiyasi, hujayradagi moddalar konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda, oziq moddalar hujayraga kirishi mumkin.
Yengillashtirilgan diffuziya — hujayraga oziq moddalar permeaza deb nomlangan molekula tashuvchilar yordamida faol ravishda kiritiladi. Bu moddalar ferment tabiatli bo‘lib, sitoplazmatik membrananing tashqi tomonida har bir permeaza o‘ziga mos oziq moddaga adsorb- siyalanadi. Bu jarayon energiyadan foydalanmasdan tugaydi, yuqori konsentratsiyadan past konsentratsiyaga moddalarni ko‘chiradi.
Faol tashish. Oziq moddalar permeaza yordamida xuddi shunday faol tashish yo‘li orqali amalga oshiriladi, bu jarayonda energiya sarf etiladi. Bu holda hujayradagi konsentratsiya muhitdagi konsentratsiyadan yuqori bo‘lgandagina, oziq moddalar hujayraga kirishi mumkin.
Qator hollarda tashilayotgan moddalar modifikatsiyaga uchraydi va bunday moddalarni tashish usuli radikallarning ko‘chirish yoki kimyoviy guruhni translokatsiyasi deb ataladi. Tashilayotgan mod- dalarni uzatish mexanizmiga ko‘ra, bu jarayon faol tashishga o‘xshash- dir.
Mikrob hujayrasidan moddalarning chiqishi passiv diffuziya yoki yengillashtirilgan diffuziya jarayonida permeaza ishtirokida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |