2-Mavzu. Mashina uchun ishonchlilik muoamolarining axamiyati Reja


Mashinalar uchun ishonchlilik muammolarining o’ziga xos xususiyatlari



Download 53,03 Kb.
bet2/4
Sana18.01.2022
Hajmi53,03 Kb.
#386836
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu

2. Mashinalar uchun ishonchlilik muammolarining o’ziga xos xususiyatlari.

Hozirgi vaqtda hatto ilg’or davlatlar sanoati, ishlab chiqarilayotgan mashinalar etarlicha ishonchli va uzoq muddatga chidamli bo’lmaganligi tufayli, katta zarar ko’rsatmoqda. Masalan, butun ekspluatatsiya davrida mashinalarning eyilishi bilan bog’liq ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish xarakatlari yangi mashina narxidan bir necha marta ortib ketadi, masalan, avtomobillar uchun -6 martagacha, samalyotlar uchun – 5, dastgohlar uchun – 8, radiotexnika apparaturalari uchun – 12 martaacha. Korroziya tufayli har yili 10 % gacha eritilgan metall yo’qotiladi.

Buzilmasdan ishlash talabi yuqori bo’lgan mashinalar va agregatlarning potentsial imkoniyatlardan, odatda, etarli foydanilmaydi. Ular, odatda, ishlash muddati me’yoridan ancha oldin ekspluatatsiyadan chiqariladi.

Ishonlilik muammosining o’ziga xos xususiyati – mashinalarni loyixalash, tayyorlash va foydalanish bosqichlari bilan bog’liqligidir. Bu bosqichlar yangi mashinani ishlab chiqish g’oyasining shakllanishi va asoslanishidan boshlanib, to uni hisobdan chiqarish haqida qaror qabul qilishgacha davom etadi. Talab qilingan darajadagi ishonchlilikka ega bo’lgan, vaqt va vositalar eng kam sarflanadigan mashinani yaratish masalasini hal qilishda har bir bosqichning hissasi bor. Mashinani loyixalash yoki tayyorlash bosqichida ishonchlilik bo’yicha qabul qilingan asosiy qarorlar ekspluatatsiya va iqtisodiy ko’rsatgichlarida bevosita aks etadi, bu ko’rsatgichlar ko’pincha bir-biriga qarshi chiqadi.

SHuning uchun mashinani loyixalash, tayyorlash va espluatatsiya qilishning har bir bosqichida ishonchlilik ko’rsatgichlari bilan, bu ko’rsatgichlarni oshirish imkoniyatlari o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash zarur.

Mashinalarni loyixalash va hisob - kitob qilishda uning ishonchliligi asos qilib olinadi. Ishonchlilik mashina konstruktsiyasi va uzellari, qo’llanadigan materiallar, turli zararli ta’sirlardan himoyalash usullari, moylash tizimi, ta’mirlash va xizmat ko’rsatishga muvofiqlashganligi va boshqa konstruktiv xususiyatlarga bog’liq bo’ladi.

Mashinani tayyorlash (ishlab chiqarish)da uning ishonchliligi ta’minlanadi, u tayyorlangan detallar sifatiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni nazorat qiliq usuliga, texnologik jarayonni boshqarish imkoniyatlariga, tayyor maxsulotni sinash usullarga va boshqa texnologik jarayon ko’rsatgichlariga bog’liqdir.

Mashinani ekspluatatsiya qilishda uning ishochliligi amalga oshadi. Mashinadan foydalanish jarayonidagina to’xtovsiz va uzoq muddat ishlash ko’rsatgichlari ko’zga ko’rinadi va ular mashinani ekspluatatsiya qilish usullariga va mashinani qabul qilingan ta’mirlash tizimi, texnik xizmat ko’rsatish usullariga, ish rejimi va boshqa ekspluatatsiya omillariga bog’liq bo’ladi.

Ishonchlilik muammosi kompleks xususiyatga ega bo’lib, mashinalarni ishlab chaqarish va ekspluatatsiya qilish doirasiga kirib boradi. Uni xal etishga turli sohadagi fanlar jalb qilinadi, u yangi tashkiliy – texnik qarorlar qabul qilinishini taqazo etidi. SHu bilan birga, ishonchlilik – o’z metodologiyasi va falsafasiga ega bo’lgan fan – texnika soxasi bo’lib, mashinaningishga yaroqli davrining hamma bosqichlarida talab qilingan sifat darajasini ta’minlashga imkon beradi.



Download 53,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish