2-Mavzu. Mashina uchun ishonchlilik muoamolarining axamiyati Reja



Download 53,03 Kb.
bet1/4
Sana18.01.2022
Hajmi53,03 Kb.
#386836
  1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu


2-Mavzu. Mashina uchun ishonchlilik muoamolarining axamiyati
Reja:

1. Mahsulotning sifati va ishonchliligi haqida tushuncha.

2. Mashinalar uchun ishonchlilik muammolarining o’ziga xos xususiyatlari.

3. Ishonchlilik faning predmeti.

4. Mashinalar iqtisodiy samaradorligining vaqt davomida o’zgarishi.
Tayanch so’zlar: sifat, ishonchlilik, ishonchlilikning iqtisodiy mezonlari, mashinalarning yashovchanlik davriyligi.
1. Mahsulotning sifati va ishonchliligi haqida tushuncha.

Ko’p hollarda mahsulotning sifati haqida gapirganda, uning ishonchliligi haqida ta’kidlab o’tiladi. Bu tushunchalar bir-biriga o’xshaydimi-yo’qmi, agar o’xshamasa, ular orasida qanday bog’liqlik bor? Sifat nima?

Maxsulotning sifati deganda, uning vazifasiga ko’ra foydalanish uchun yaroqlilik darajasini belgilovchi xossalari majmui tushuniladi. Har bir narsa, buyam, maxsulot turining, vazifasiga ko’ra, o’ziga xos sifat ko’rsatkichlari bo’ladi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilganimizda, ularning yangi, to’yimli, mazaliligiga e’tibor beramiz. Mato sotib olayotganimizda, uning tashqi ko’rinishidan tashqari, mustaxkamligi, g’ijimlanishi, yuvganda kirishishi bilan qiziqamiz. Poyabzalning sifati uning mustaxkamligi, terining cho’ziluvchanligi, qolipining qulayligi, modaga mos kelishi bilan belgilanadi.

Demak, har bir narsa, buyumning yaroqliligi biron bir xossasi bilan emas, xossalar majmui bilan belgilanadi. Masalan, poyabzal juda mustaxkam bo’lishi mumkin, lekin modaga mos kelmasa, foydalanishga yaroqliligi kam va o’z navbatida, sifati past bo’ladi.

Aksincha, bevosita vazifasiga ko’ra, buyumdan qancha ko’p foydalansak, u barcha xususiyatlari bilan bizni qanchalik qoniqtirsa, sifati ham shunchalik yuqori bo’ladi.

Sifatning to’xtovsiz oshib borishi zaruriyati xaqida gapirganimizda, tabiiyki, keng iste’mol mollarini emas, mashinalar, apparatlar, asboblar va boshqa texnik uskunalar hamda ishlab chiqarish buyumlarini ham nazarda tutamiz. Ularning sifatini belgalovchi o’ziga xos xossalari bor. Masalan, dastgox uchun aniqlik, unumdorlik avtomatlashtirish darajasi muhim bo’lsa, avtomobil uchun tortish - tezlik, yuk ko’taruvchanlik, yonilg’i sarfi kabi muhim xossalar.

Ammo mashina yoki boshqa texnik buyumning xususiyati ish jarayonidagina ma’lum bo’ladi. Shu sababli, dastgox qanchalik dastlabki yaxshi tavsiflarga ega bo’lmasin, uning aniqligi, unumdorligi haqidagi pasport ma’lumotlari qanchalik yuqori bo’lmasin, bu xususiyatlar dastgox sifatini xali to’liq tavsiflay olmaydi, balki texnik imkoniyatlarinigina tavsiflaydi. Sifatiga to’liq baxo berish uchun esa aniqlik, quvvat, ish unumdorligi kabi ko’rsatgichlaridan tashqari, dastgox bu ko’rsatgichlarni ish jarayonida iloji boricha uzoq vaqt davomida saylay olishini ham bilish zarur.

Ishonlilikning etishmasligi xar qanday buyumning qadr-qimmatini tushirib yuboradi, bu esa uning narxiga va bozordagi raqobat bardoshligiga ta’sir qiladi.

Ishonchlilik har qanday mashina, texnik buyumning zaruriy xususiti bo’lishi lozim. Lekin, ishonchlilik mashinaning xususiyatlaridan biri bo’lib, boshqa xususiyatlardan jiddiy farq qiladi.

Buyumning boshqa ko’pchilik xususiyatlari bir-biriga bog’liq bo’lmasligi mumkin. Masalan, yuqori ish unumdorlikka ega dastgoxning aniqligi past bo’lishi, yuqori tezlikka ega avtomobil ko’p yonilg’i sarflashi mumkin va h.k.

Bundan farqli ravishda, ishonchlilik buyumning barcha xususiyatlari bilan bog’liq bo’lib, ish jarayonida mashinaning hamma ko’rsatgichlari namoyon bo’lishini tavsiflaydi.

Albatta, ishonchlilik o’z-o’zicha xom buyumning yuqori sifatini bildirmaydi. Mashina juda ishonchli, lekin ancha past texnik tavsiflarga ega bo’lishi mumkin.

Ammo, agar mashinaning ishonchliligi etarli bo’lmasa, uning hamma yuksak texnik ma’lumotlari, qolgan barcha ko’rsatgichlari amaldagi ahamiyatini yo’qotadi, chunki ishda to’liq qo’llanilmaydi.

Passajir samalyotining yangi turi ishlab chiqildi, deb tasavvur qilaylik, u texnik tavsiflari bilan boshqa samalyotlarni otrda qoldirsin. YAxshi tanlangan konstruktsiyasi, motorining quvvati katta tezlikda va qo’nmasdan uzoqqa uchishini ta’minlaydi, yo’lovchilar uchun salonda barcha qulayliklar majud. Lekin parvoz davomida samalyotning biron uzeli yoki agregati ishdan chiqmasligiga ishonch bo’lmasa. Bunday samalyotda kim uchishga rozi bo’ladi? Ilk reaktiv passajir samalyoti –“Kometa”ning halokati ko’pchilikning yodida. Halokat 50-yillarda O’rta er dengizi ustida sodir bo’lgan edi. Ma’lum bo’lishicha, halokat sababi illyuminatorlarning noto’g’ri tanlangan shakli ekan. “Kometa” illyuminatorlari to’rtburchakli bo’lgan, detal burchaklarida esa katta mahalliy kuchlanish mavjud bo’ladi. Bu kuchlanishlar ta’sirida yuqori balandlikdagi samalyot qoplamasida yoriqlar paydo bo’lib, samalyot parchalana boshladi.

Ishonchsiz mashina samarali faoliyat yurita olmaydi, chunki ayrim elementlari buzilishi tufayli uning har bir to’xtab qolishi yoki texnik tavsiflari ruxsat etilgan darajadan pasayib ketishi, odatda katta moddiy zarar keltiradi, ba’zan xalokatlarga sabab bo’ladi.



Download 53,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish