4. Mashinalar iqtisodiy samaradorligining vaqt davomida o’zgarishi.
Muayyan vazifani bajarayotgan xar qanday mashina quyidagilar bilan o’zaro aloqada bo’ladi: atrof - muhit, mashinani boshqarayotgan odam, tayinlangan obekt (texnolgik mashinalar – ishlov berilayotgan matrial bilan, transport mashinalar – tashilayotgan yuk bilan va h.k.).
Bunda turli xil sabab – oqibat aloqalari yuz beradi (tabiat hodisalarining umumiy universal aloqalarining namoyon bo’lish shakli sifatida). Mashinaga ko’p miqdorda turli ta’sirlar bo’lishi natijasida uning sifat ko’rsatgichlarida evolyutsiya jarayoni kechadi va dialektika qonuniga muvofiq, boshqa sifat holatiga o’tish imkoni tug’iladi.
SHu sababli, ekspluatattsiyadagi mashinada yuz beradigan barcha moddiy obektlarning muxim va ajralmas xususiyati – harakatning (falsafiy ma’noda) aks etishi hisoblanadi, negaki tabiatda o’zgarmaydigan narsa yo’q.
Bizga keraksiz o’zgarishlarni kechiktirishimiz, mashinaning sifat ko’rsatgichlari og’ishish kerakli vaqtda, ruxsat etilgan chegaralarda bo’lishiga erishishimiz mumkin, lekin bu o’zgarishlarni butunlay yo’qotib bo’lmaydi. Mashinani u ishlayotgan muhit ta’siridan, ishlayotganda unda kechadigan jarayonlar ta’siridan. Mashinani yasayotganda qo’llaniladigan texnologik jarayonlar natijasi bo’lgan qoldiq hodisalar ta’siridan ajratish mumkin emas. Energiyaning barcha turlari – mexanik, issiqlik, kimyoviy, elektromagnit energiyalar mashinaga ta’sir ko’rsatib, uning dastlabki xususiyatlarini pasaytiruvchi qaytuvchi va qaytmas jarayonlarni hosil qiladi.
SHuning uchun mashinaga zararli ta’sirlarning manbasi va sabablarini o’rganish, mashinaning ishga yaroqliligini pasaytiruvchi jarayonlarning fizik mohiyatini tadqiq qilish, turli ta’sirlarga mashinaning qarshiligini o’rganish va shu asosda shunday sistemalarni ishlab chiqish kerakki, toki tashqi muhit ta’siriga qaramay, zarur vaqtda berilgan vazifalarni bajarish mumkin bo’lsin.
Ishonchlilikning erishilgan darajasini baholash va uni oshirish zaruriyati, birinchi galda, iqtisodiy nuqtai nazardan hal etilishi kerak, chunki ishonchlilik yuzasidan ko’pgina amaliy masalalarni echishda iqtisod asosiy mezon hisoblanadi. Zamonaviy texnika buyumning deyarli har qanday sifat ko’rsatgichi va ishonchliligini ta’minlashga imkon beradi, hamma gap qo’yilgan maqsadga erishishdagi xarajatlarga bog’liq.
Bu xarajatlar shunchalik ko’pligidan obektning yuqori ishonchliligini ularni qoplamasligi hamda ko’rilgan chora – tadbirlarning jami natijasi salbiy bo’lishi mumkin.
Albatta, qabul qilingan qarorga ko’p narsa bog’liq. Ko’pincha ishonchlilikni oshiruvchi chora – tadbirlar katta harajat talab qiladi mumkin, zero fan va amaliyot oqilona echimlarga yo’l ko’rsatadi. Lekin doimo keng miqyosdagi turli imkoniyatlar mavjud: mashinaning dastlabki sifatini oshirish va konstruktsiyasini o’zgartirish bo’yicha, turli texnologik jarayonlarni tanlash va mahsulotning ishonchliligini oshuruvchi maxsus usullardan foydalanish bo’yicha, mashinalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatishning u yoki bu sistemasini qo’llash bo’yicha va b.
Talab qilingan darajadagi ishonchlilikka erishishning turli variantlarini taqqoslash eng ko’p umumiy iqtisodiy samarani hosil qilish orqali amalga oshirilishi kerak, bunda mashinalarni ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish darajasidagi hamda mashinalardan vazifasiga ko’ra foydalanishdagi ijobiy iqtisodiy samara doirasidagi xarakatlar hisobga olinadi. Umuman, mashinani ekspluatatsiya qilishda jami iqtisodiy samaraning vaqt davomida o’zgarish ikkita asosiy omil ta’sirida yuzaga keladi (2.1-rasm). Bir tomondan, mashinani tayyorlashga i ketgan xarajatlarni hisobga olish kerak, bunda uni loyixalash, yasash, sinash, sozlash, ish joyiga olib kelish va boshqa xarajatlar qo’shib hisoblanadi. Bundan tashqari, ekspluatatsiya xarajatlari e ni hisobga olish kerak, bunda mashinaning ishga yaroqliligini saqlash va tiklash bilan bog’liq bo’lgan texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, profilaktik chora – tadbirlar xarajatlari qo’shib xisoblanadi. Bu xarajatlar i + e samaradorlik balansida salbiy xisoblanadi.
Ikkinchi tomondan, mashina, o’zining ishi, maqsadli vazifasiga ko’ra, ijobiy iqtisodiy samara r (daromad) beradi. Masalan, texnik uskunalar – maxsulot ishlab chiqarishda, transport mashinalari – yuklarni tashishda, dvigatellar energiyani o’zgartirish natijasida va b.
e ning qiymati vaqtga bog’liq holda, o’sib borishga moyil, chunki mashinaning ayrim elementlari eskirishi natijasida yo’qotilgan xususiyatlarni tiklash uchun yanada ko’p mablag’ sarflashga to’g’ri keladi.
r ning davomida o’zgarishi esa o’sish jadalligini kamaytirishga moyil.
Buning sababi mashinaning ta’mir va texnik xizmat uchun tez – tez turib qolishi uning ish unumdorligini pasaytirish yuboradi. SHuning uchun umumiy samaraborlik egri chizig’i (t)= i(t)+ e(t)+ p(t) maksimumga ega bo’lib, t abstsissa o’qini ikki marta kesib o’tadi.
oshganda, vaqt davri t=Tok bo’ladi, bunda i + e = p chiqimlarni qoplash muddati xisoblanib, ekspluatatsiyadagi mashina uni yasashga ketgan xarajatlarni qaytaradi. SHu paytdagi boshlab t=Tok bo’lganda, mashina daromad keltira boshlaydi. Ammo ekspluatatsiya xarajatlari t=Tpr gacha ortishi tufayli, yana i + e = p bo’lganda, olingan samaraning o’sishi sekinlashib boradi. t Tpr bo’lganda, ekspluatatsiya xarajatlari mashina ta’minlashi mumkin bo’lgan iqtisodiy samaradan ko’p bo’ladi. Mashinaning iqtisodiy maqbul ekspluatatsiyasi muddat Te Tmax bilan mashananing chegaraviy xizmat muddati Tpr oralig’ida bo’ladi Tpr: Tmax Te Tpr.
2.1.-rasm Mashina iqtisodiy samaradorligining vaqtga bog’liqlik o’zgarish grafigi
Mashinani ishonchlilik nuqtai nazaridan tanlaganda mashinani yasash va ekspluatatsiya qilish xarajatlari bilan mashina bera oladagan iqtisodiy samarani taqqoslash zarur. Masalan, 2.1-rasmda ko’rsatilgandek, №2 mashinaning dastlabki narxi baland, lekin ish unumdorligi, sifat va ishonchlilik ko’rsatgichlari hisobiga u ko’proq iqtisodiy samara beradi va uni yanada uzoq vaqt ekspluatatsiya qilgan ma’qul. Mashinalar ishonchliligini oshirish va ta’minlash bo’yicha turli imkoniyatlarni baxolashda maqbul echimlarni tanlash uchun iqtisodiy mezon muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |