turli o’tuvchi ekranli o’zgartirgichlar o’zgartirgichlar a) absolyut;
b) Differentsial
«O’z-o’zini taqqoslovchi» differentsial UTO’ yordamida defektoskopiyada signallar xalaqit nisbatini ko’tarish mumkin. Bunda o’zgartirgich o’ramlari shunday joylashadiki ularning signallari bita yaqin joylashgan nazorat ob’ektining alohida sohasi bilan aniqlanadi. Bu ob’ektning nozik elektromagnit parametrlarini o’zgartrishlarini ta’sirini kamaytirish imkonini beradi. Nazorat qilinayotgan sohada bir jinsli maydonli o’tuvchi o’zgartirgich bilan ishlayotgan ob’ektning radial siljishini ta’sirini kamaytirish mumkin. Ekranli yopishtiriladigan o’zgartirgichlarni qo’llab qo’zg’atuvchi va o’lchovchi o’ramlar orasida ob’ektning siljish ta’sirini yo’q qilish mumkin. O’ramlar o’zaro perpendikulyar o’zgartirgichlar bir jinsli ob’ektning elektromagnit xarakteristikalarining o’zgarishini sezmaydi, lekin uning bir jinsliyligi buzilsa, misol uchun yoriq ta’siri ostida bunday o’zgartirgich chiqishida signal paydo buladi. Shunday effektga o’xshash xodisalar kombinatsiyalangan o’zgartirgichlarda ham ro’y beradi. Ular Defektoskopiyada qo’llanilishi mumkin. Ushbu o’zgartirgichlarning kamchiligi nazorat ob’ekti yuzasiga nisbatan o’zgartirgich o’qlarining tutashuvlarining kata ta’siri hisoblanadi.
Signalga ob’ekt chekkasining ta’sirini kamaytirish uchun ferrit o’zak ko’rinishida magnit maydonni kontsentratsiyalovchi UTO’larni (qo’llashadi) va elektr o’tkazuvchi ekranni (6.16-rasm) qo’llashishadi. Ushbu ekranlarning ta’siri ostida magnit maydon yaqin joylashgan sohadan siqib chiqariladi. Ekranlarni o’tuvchi o’zgartirgichlarning toretslarigajoylashtirilganda nazorat ob’ektining chekkasining ta’siri kamayada, lekin nazorat sohasidan maydonnig bir jinsliyligi yomonlashadi. Teshikli maxsus ekranlar niqob sifatida xizmat qilishi mumkin, bunda teshiklar nazorat ob’ektida uyurma toklarni qo’zg’atuvchi maydon manbasi sifatida xizmat qiladi. «Niqoblarni» qo’llagan UTO’larning sezgirligi sezilarli darajada tushib ketadi lekin ularning lokalligi ko’tariladi.
Kichik o’lchamli mahsulotlarni tirkich turli UTO’lar yordamida nazorat qilinadi. Bita yoki ikkita diametral joylashgan xavo bo’shlig’iga ega bo’lgan xalqasimon magnit o’tkazgichga UTO’ning o’rami o’raladi. Magnit o’tkazgichni yuqori sifatli magnit materialdan tayyorlanadi, tabiiyki ferritdan magnit o’tkazgichning tirkachiga (bo’shlig’iga) mahsulot o’rnatiladi, miol uchun simni. Magnit o’tkazgichni yopuvchi natijaviy magnit oqim, ushbu oqim bilan hosil bo’layotgan uyurma tok va o’ram toki bilan aniqlanadi. Mahsulotda uyurma toklar uning ko’ndalang o’lchamlariga kata darajada bog’liq, bu esa UTO’ning o’lchov o’rami yordamida registratsiya qilinadi. Tirqichli UTO’lar UTO’lar bilan chegaralangan muxitdan mahsulotning siljishini sezmaydi, agar tirqichda bir meyorli magnit maydon hosil qilingan bo’lsa. Maydon tirqich yonida joylashtirilgan ekranlangan magnit o’tkazgich va qisqa tutashtirilgan o’ramlar yordamida tekkizlanadi.
Transformatorli UTO’larni odatda differentsial sxema bo’yicha ulashadi. Bunda standart namunalar bilan taqqoslash sxemasi va «O’z-uzini taqqoslovchi» sxema ham ishlatilishi mumkin. Birinchi holatda ishchi va namunaviy UTO’lar induktiv bog’lanmagan, mustaqil o’lchovchi hamda qo’zg’atuvchi o’ramlarga ega. Ikkinchi holatda qo’zg’atuvchi o’ramlar uchun umumiy hisoblanadi. UTO’larni differentsial sxema bo’yicha ulaganda asbobning ishlash stabilligi ortadi. Lekin ayrim hollarda UTO’ning o’lchov o’ramini va fazasini boshqaruvchi kompensatorlar bilan ketma-ket ulanadi. Bunda kompensator nahmunaviy UTO’ vazifasini bajaradi: ishchi UTO’ standart namunani nazorat qilayotgan kompensator talab qilinayogan kuchlanish kompensatsiyasini o’rnatib beradi. Bunday sxema standart namunani uyurma toklar bilan qizib ketishi bilan bog’liq bo’lgan nostabillikni yo’qotadi.
Differentsial sxemani qo’llashda odatda kompensatorni qo’llashni rad etib bo’lmaydi. Bu ishchi va namunaviy UTO’ning identik bo’lmagani sababli kelib chiqadigan kuchlanish balansining buzilishini kompensatsiyalash uchun kerakli va to’g’rima to’g’ri ulangan o’lchov o’ramlari bilan ketma-ket ulanadi.
Kompensatorlar ko’p hollarda turli xil faza boshqaruvchi va attenyuator, passiv (RC - va LS-tipli) va aktiv ko’rinishlarda bajariladi. Haqiqiy va faraziy tashkiliy vektorlar kuchlanish kompensatorlari boshqaruvchi ko’rinishidan kompensatorlar effektiv hisoblanadi.
Parametrli UTO’ni, ularnig ularning kompleks qarshiliklarini, kuchlanishni faza va amplituda (yoki chastotasini) o’zgarishlarga aylantirib beruvchi sxemalarga ulashadi. Parametrik UTO’larni rezonans konturlariga, shuningdek avtogeneratorlar konturiga ulaganda sxemaning absolyut sezgirligi signallar xalaqit nisbati oshadi. Ko’p hollarda parametrik UTO’larni ko’prik sxemalariga ulashadi, bu yerda ko’prikning ikki yelkasi ishchi va namunali o’ramlardan boshqa ikki yelka esa rezistorlardan tashkil topadi. Ko’prik elementlarini terib UTO’ signallariga xalaqit faktorlarini ta’sirini kamaytirishga erishish mumkin, shuningdek UTO’ g’altagining ko’ngilchangligini, kichikligida nazorat qilinayotgan parametr sezgirligini ko’tarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |