2-MAVZU. KASBIY PSIXOLOGIYaNING ASOSIY METODLARI
REJA:
2.1.Kasbiy psixologiyaning asosiy metodlari haqida tushuncha.
2.2.Tadqiqiy metodlar: longityud va kesimli metodlar.
2.3.Tadqiqotlarni tashkillashtirish va rejalashtirish.
2.4.Eksperimental metodlar.
2.5.Faoliyat natijalarini tahlil qilish metodi.
Tayanch ibora va tushinchalar
: metod, longityud metodi, kesimli metod, reja,
tadqiqot, kuzatish metodi,
anketa metodi, test metodi, biografik metod,
sotsiometrik metod, faoliyat mahsuloti.
2.
1. Kasbiy psixologiyaning asosiy metodlari haqida tushuncha.
Metod so’zi – yunoncha metodos bo’lib tadqiqot, tekshirish degan ma’noni
beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana yo’l, usul so’zlarini
ham kiritish
mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qo’llaniladi. Ushbu
bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi
uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plashdagi qo’llaniladigan tadqiqot metodlari
haqida so’z boradi. Psixologiya fanining empirik (amaliy)
metodlari turkumidan
muhim o’rin egallagan, diagnostik xususiyatli metodlardan biri – kuzatish
metodidir. Mazkur metod fanimizing eng qadimgi zamonidan boshlab to hozirgi
davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri bo’lib, keng
ko’lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob’ekti, ko’lami
yanada
kengaydi,
murakkab psixologik
jarayonlar, holatlar, hodisalar,
kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini o’rganish imkoniyati tug’ildi,
sifat hamda mazmun jihatidan katta o’zgarishlar yuzaga keldi.
Hozirgi zamon kasbiy psixologiya fanining asosiy printsiplari, kategoriyalari
va ilmiy tadqiqot usullari 1923 yilda Psixonevrologlarning birinchi s’ezdida K. N.
Kornilov (1879–1957) psixologiyani dialektika negizida
tuzish masalasini ilgari
surdi. Psixologlarning psixologiyani dialektik materializm negizida tuzish uchun
olib borgan kurashining natijasi hisoblangan g’oyaviy-nazariy kurash jarayonida
psixologiya predmeti va uning metodlari haqidagi ilmiy tushunchalar tarkib topdi,
psixologik tadqiqotlarning eng muhim prinsiplari va asosiy muammolari aniqlab
olindi, bilimning turdosh sohalariga munosabat oydinlashdi.
Psixologiya fanining
taraqqiyotida buyuk o’rin tutgan B. G. Ananev, P. P. Blonskiy, L. S. Vigottskiy, A.
V. Zaporojets, K. N. Kornilov, G. S. Kostyuk, A. N. Leontev, A. R. Luriya, S. A.
Rubinshteyn, A. A. Smirnov, B. M. Teplov, D. N. Uznadzeva boshqa olimlar
etishib chiqdi. Psixologiya psixik jarayonlarni, shaxsning individual – tipologik
xususiyatlarini o’rganar ekan, tekshirishning muayyan metodlarini o’rgatadi.
Psixologiyada tekshirish metodlari ob’ektiv bo’lmog’i lozim.
Insonning ish-
harakatlarivaxatti-harakatlarini tekshirish asosidagina uning niyatlari, fikrlari va
hissiyotlari haqida to’g’ri ma’lumot olish mumkin.
Kasbiy psixologiyaning metodlari psixik hodisalarni o’rganishga ob’ektiv
qarashni ta’minlabgina qolmay, balki shaxsning psixik jarayonlari va xususiyatlari
nima uchun va qanday yuzaga keladi? Qanday rivojlanadi va qanday o’zgarib
boradi? degan savollarga javob bermog’i lozim.
Kasbiy psixologiyaning metodlari amaliyot bilan bog’liq ravishda olib
borilishi kerak. Kasbiy psixologiya metodlariga
tarixiy jihatdan yondashmoq
lozim. SHu jihatdan psixologiya metodlari uning predmeti kabi tarixan anchagina
o’zgarishlarga duch keldi. Psixologik tadqiqotlar predmetining alohida xususiyatga
egaligi uning alohida tadqiqot metodlariga ega bo’lishi zarurligi haqidagi fikrni
ilgari surmasdan qo’ymasdi. Idealistik psixologiya yagona bir metodni tavsiya eta
olgan va shu metod yordamida kishi «ruhiga» kirib borishga uringan. O’zini o’zi
kuzatish (introspektsiya, ya’ni ichkaridan ko’rish) ana shunday metod edi. Kasbiy
psixologiyada tadqiqotning sub’ektiv va ob’ektiv metodlari bir-birini inkor etadi.
Haqiqiy ilmiy psixologiya psixikani o’rganishning ob’ektiv metodlaridan
foydalanish va fanda bundan boshqa metodlarning bo’lishi mumkin emasligini
tushuntirishi kerak.
Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqotga
yana bir muhim talabi
psixik faktlarni genetik (tarixiy) jihatdan o’rganish printsipiga amal qilishni taqozo
etadi. Bu metod yordamida psixik rivojlanish davrlarga bo’lish yo’li bilan (ya’ni
rivojlanishning alohida yosh bosqichlarini ta’riflash va ularni o’zaro bir- biriga
taqqoslash) emas, balki bola shaxsini unga ta’lim berishning maxsus tashkil etilgan
sharoitlarida qator yillar mobaynida uzoq vaqt o’rganish natijasida aniqlanadi.
Masalan, bolaning psixik taraqqiyoti o’rganilar ekan, psixik taraqqiyotining asosiy
qonuniyatlarini, xususiyatlarini aniqlash, uning shu tarzdagi psixik taraqqiy etish
sabablarini bilib olish hamda sinchiklab o’rganish asosida oilaviy tarbiya va ta’lim
jarayonlarini takomillashtirish uchun muayyan usullarni belgilash lozim.