Hujjatlarni o`rganish metodi
– mehnat jarayoni ishchilar tarkibi, ularning
kasbiy tayyorgarligi va malakasi to`g`risidagi ob`ektiv ma`lumotlarni yig`ish
metodi hisoblanadi. Bu ma`lumotlar quyidagi hujjatlardan olinadi:
-Ishchilar harakatlarini tasvirlovchi texnologik kartalar, ishning bajarilish
usullarini sifatiga qo`yiladigan talablar;
-Insonga psixofiziologik va psixologik ta`sir ko`rsatadigan asbob-uskunalarning
texnik tavsifnomasi;
-Yoshi, staji, ma`lumoti, kasbiy tayyorgarligi, kadrlar qo`nimsizligi uning sabablari
va hokazolar xaqidagi ma`lumotlar;
-Ishlab chiqarishdagi avariyalar va travmalar shuningdek, ishchilar sog`ligining
holati to`g`risidagi ma`lumot
5
.
Mehnat metodi- bu kasbiy faoliyatni to`g`ridan-to`g`ri ish joyida o`rganishga
qaratilgan tadqiqot metodidir. Kasbiy faoliyatni egallagan va bajaruvchisi sifatida
psixolog ham tadqiqotchi ham ishchi sifatida faoliyat olib boradi. Har bir ish
kunidan keyin standartlashgan sxema bo`yicha bayonnoma to`ldiriladi. Ish joyida
tadqiqot olib borish usullari samaraliroq hisoblanadi. Tadqiqotchi standart kuzatish
chizmasi asosida ishchining faoliyatini o`rganadi. Bu usullarning afzalligi kasbiy
realikka maksimal darajada yaqin bo`lishidadir.
Kuzatish metodi.
Avvalo metodlar haqida ikki og`iz so`z. Metod so`zi -
yunoncha methodos bo`lib tadqiqot, tekshirish degan ma`noni beradi. Nazarimizda
yuqoridagilarga yana yo`l, usul so`zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot
ishlarida ham, bilim berishda ham qo`llaniladi. Ushbu bobda bilim berish
metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo`lgan
ma`lumotlarni to`plashdagi qo`llaniladigan tadqiqot metodalari haqida so`z boradi.
Psixologiya fanining empirik (amaliy metodlari turkumidan muhim o`rin
egallagan diagnostik xususiyatli metodlaridan biri - kuzatish metodidir. Mazkur
metod fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo`lib hisoblanib, uzoq o`tmish
zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv
qurollaridan biri bo`lib, keng ko`lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi
kunda uning ob`ekti, ko`lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar,
holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlari o`rganish
imkoniyati tug`ildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta o`zgarishlar yuzaga
keldi. Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari,
usullari paydo bo`ldi, xolisonalik (ob`ektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini
ifodalovchi
mezonlar,
o`lchovlar
yaratildi.
Buning
natijasida
kuzatish
psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kirib, uning
barcha sohalarida qo`llanilmoqda, ayniqsa, tatbiqiy imkoniyatining yuksakligi,
statistik hisoblashga beriluvchanligi xususiyati bilan boshqa metodlardan
ajralib turadi.
_____________
5
Trierweiler, S.J., & Stricker, G. (1998). The scientific practice of professional psychology. New York: Plenum Press.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan
jihatlari, tarkiblari,yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz.
Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi:
-
voqelik
(atrof - muhit, inson shaxsi)ni kuzatish oqimini muayyan
qismlarga, yo`nalishlarga ajratish (nemischa - lotincha «kvantifikasiyalash»,
ya`ni zarur, birincha darajali jihatlarini saralash); - kuzatishning ko`lami
(hajmi), xususiyati va o`ziga xosligini aniqlash, ya`ni uning nimalarga
qaratilganini belgilab olish; - kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va
tashqi qiyofa, ko`rinishning o`ziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda
ifodalash, ya`ni fransuzcha - lotincha «fiksasiyalash»);
Do'stlaringiz bilan baham: |