Ekspert tizimining texnologiyasi chiqadigan axborot
sifatida nafaqat qarorni, shuningdek
zarur tushuntirishni olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqadi.
Odatda ikki xil tushuntirish farqlab ko‘rsatiladi. YA’ni:
•
so‘rov bo‘yicha beriladigan tushuntirish. Bunda foydalanuvchi har qanday paytda ekspert
tizimidan o‘z xatti-harakatlarini izohlashni talab etishi mumkin;
•
muammolarni hal etishdan olgan tushuntirish. Foydalanuvchi echimni olgandan so‘ng, u
qanday olingani to‘g‘risida izoh talab qilishi mumkin. Tizim esa
masalani echishdagi har bir
qadamini tushuntirib berishi kerak.
To‘g‘ri, ekspert tizimi bilan ishlash texnologiyasi oddiy emas. Mazkur tizimlarning
foydalanish interfeysi do‘stona munosabatda bo‘ladi. YA’ni u siz bilan «suhbatlashish»
chog‘ida qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.
Bilimlar bazalari.
Ular muammoli sohalarni,
shuningdek, faktlar oralig‘idagi mantiqiy
bog‘liqni bayon etadi. Bazada markaziy o‘rinni qoidalar egallagan. +oida muayyan bir sharoitda
nima qilish kerakligini belgilaydi va u ikki qismdan iborat bo‘ladi:
Birinchisi, bajarilishi mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan shart-sharoit. Ikkinchisi, agar
sharoit bajariladigan bo‘lsa, amalga oshirilish kerak bo‘lgan xatti-harakat.
Ekspert tizimida foydalaniladigan barcha qoidalar tizimini tashkil etadi.
Bu tizim oddiy
tizimga qiyoslaganda ham bir necha minglab qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Barcha bilim turlari, predmet sohasi xususiyati va loyihaning (bilim bo‘yicha
mutaxassisning) malakasiga bog‘liq holda u yoki bu darajada o‘xshashlik bilan bir yoki bir necha
semantik modellar yordamida ifodalanishi mumkin.
Interpretator.
Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni ma’lum bir
tartibda qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar
majmuining ketma-ketligini
ko‘rib chiqishga olib boradi. Agar qoidadagi shartlarga rioya etilsa, ma’lum xatti-harakatlar
bajarilsa foydalanuvchiga ham uning muammolarini echish variantlari taqdim etiladi.
Bundan tashqari ko‘pgina ekspert tizimlarida quyidagi qo‘shimcha bloklar kiritiladi:
ma’lumotlar
bazalari, hisob-kitob bloki, ma’lumotlarni kiritish va tuzatish bloki.
Hisob-kitob bloki boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq holatlarda zarur bo‘ladi.
Ayni paytda reja, jismoniy, hisob-kitob, hisobot va boshqa doimiy hamda tezkor ko‘rsatkichlarni
o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalari muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlarni kiritish va tuzatish
blokidan ma’lumotlar bazasidagi joriy o‘zgarishlarni tezkor va o‘z
vaqtida aks ettirish uchun
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: