Zamonaviy jamiyatda tobora o‘sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining
turli-tumanligi,
kompyuterda
echiladigan
masalalarning
murakkablashuvi
ushbu
texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Kerakli variantlarni
tanlash va qaror qabul qilish ishlarini insondan EHMga o‘tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu
vazifani echish yo‘llardan biri – bu ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi. Ekspert
o‘zidan kelib chiqib sharoitni tahlil etadi va nisbatan foydali
axborotni aniqlab oladi, chorasiz
yo‘llardan voz kechgan holda qaror qabul qilishning eng maqbul yo‘llarini vujudga keltiradi.
Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini ifodalaydigan bilimlar bazasidan
foydalaniladi.
Ekspert tizimi –
bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash,
uyushtirish
usullari hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga
suyangan holda qarorni tanlash chog‘ida muqobil variantlar ko‘pligi uchun yanada yuqori
samaraga erishadi. Strategiyani tuzish paytida
yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil
etadi.
Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan.
Sun’iy intellekt
aqliy xatti–harakatlarga nisbatan kompyuter
tizimining qobiliyati
tushuniladi. Ko‘pincha bunda inson fikrlashi bilan bog‘liq qobiliyat anglanadi.
Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. U
foydalanuvchining roziligidan qat’iy nazar ma’lumotlarni tahlil va tahrir eta oluvchi, qarorni
tahlil
etib qabul qiladigan, tahliliy-tasnifiy vazifalarni bajara oladigan ma’lumotlar va bilimlar
bazasiga ega. Jumladan, ekspert tizimlari keladigan axborotlarni guruhlarga bo‘lib tashlay oladi,
xulosa chiqaradi, identifikatsiyalaydi, tashxis qo‘yadi, bashoratlashga o‘rgatadi, sharhlab beradi
va hokazo.
Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari quyidagicha:
1.
yaqin davrlargacha EHMda echish qiyin yoki umuman echib bo‘lmaydigan deb
sanaluvchi murakkab masalalarning yangi sinfini echish, optimallashtirish va (yoki) bahosini
olish imkoniyati;
2.
dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga (pirovard foydalanuvchilar) o‘z tilida suhbat
yuritish va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni vizualizatsiyalash usullarini
qo‘llash imkoniyatini ta’minlash;
3.
yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki
qaror qabul qilish uchun
ekspert tizimini mustaqil o‘rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari, ma’lumotlar,
bilimlarning to‘planishi;
4.
foydalanuvchi axborot yo‘qligi tufayli yoki axborotning haddan ziyod rang-
barangligi, yoki hatto kompyuter yordamida ham odatdagi qarorni qabul qilishning cho‘zilib
ketilishi tufayli echa olmaydigan savollar
yoki muammolarni hal etish;
5.
takomillashgan asboblar va ushbu tizimdagi foydalanuvchi mutaxassisning shaxsiy
tajribasidan foydalanish hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan ekspert tizimlarini yaratish
imkoniyati;
6.
ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini shakllantirish maqsadida
tuzilgan bilimlar majmui (bilimlar bazasi) sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: