Mitoxondriyalar tuzilishi va funksiyalari.
Elektron – transport zanjiri
O‘simlik hujayrasida mitoxondriyalar yumaloq yoki gantelsimon shaklda bo‘lib, diametri 0,4-0,5
mkm va uzunligi 1-5 mkm bo‘ladi. Bitta hujayrada uchtadan ikki mingtagacha mitoxondriy bo‘lishi
mumkin (uning soni hujayra ontogenezida funksional xolatiga qarab o‘zgarilib turadi). Organoid 5-6km
qalinlikdagi tashqi va ichki membranalar bilan chegaralangan. Ichki membranalar bo‘rtmalar-kristalar
hosil qiladi. Mitoxondriyning ichki muxitini matriks tashkil etib, unda ribosoma va mitoxondriyal DNK
bo‘ladi. DNK xalqasimon to‘zilishga ega.
Mitoxondriyalarda hujayraning energiyaga bo‘lgan talabini qondiruvchi aerob nafas olish va
oksidlanuvchi fosforlanish tizimlari joylashgan. Ichki membranasida elektron transport zanjiri
komponentlari joylashgan. Matriksda nafas olish jarayonida ishtirok etuvchi fermentlar tizimi joylashadi.
Krebs, glioqsilat va pentozamonofosfat sikllarida O
2
ishtirok etmasa ham bu sikllar fakat aerob
sharoitida amalga oshadi. Krebs siklida suksinil-SoA darajasida ATRning substrat fosforlanish natijasida
hosil bo‘lishini nazarda tutmasak, bu sikllarda ATR hosil bo‘lmaydi. O
2
nafas olishning oxirgi
bosqichida, qaytarilgan NAD●N va FAD●N
2
larning elektron transport zanjirida (ETZ) oksidlanishi
davrida kerak bo‘ladi. ETZ bo‘ylab elektronlarning harakatlanishi natijasida ATR sintezlanadi.
Nafas olish ETZ si mitoxondriylarning kristalarida joylashadi va elektronlarni qaytarilgan
substratlardan O
2
ga uzatishda xizmat qiladi, bu N
+
ionlarini transmembran harakati bilan kuzatiladi.
Shunday qilib mitoxondriylar ETZsi oksidlovchi-qaytaruvchi N-pompalar vazifasini o‘taydi.
Nafas olish jarayoni tirik organizmlardagi moddalar almashinuvi jarayoni bilan chambarchas
bog‘liqdir. Fotosintezda hosil bo‘lgan energiya, asosan uglevodlarda to‘planib, ular nafas olish
substratlari bo‘lib xizmat qiladi. Organik moddalarning parchalanish jarayoni ko‘p bosqichli bo‘lib,
bunda energiya transformatsiyasi, ya’ni uni makroergik bog‘larga (ATF ga) o‘tib, oqsillar sintezi va
boshqa fiziologik jarayonlarga sarflanadi. Energiyaning bir qismi issiqlik energiyasiga o‘tishi mumkin.
Nafas olish jarayoni oqsillar va yog‘lar sintezi bilan bog‘liq bo‘lib, pirouzum kislota parchalanishida hosil
bo‘ladigan oraliq moddalar oqsil va yog‘lar sintezi uchun xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Masalan,
pirouzum kislotadan alanin (1) hosil bo‘ladi. -ketoglyutaratdan gutamin kislota (4) hamda fumarat (3)
va oksoloatsetat kislotalardan (2) asparagin kislota hosil bo‘ladi. Yuqorida aytilgan aminokislotalardan
qayta aminlanish bilan boshqa oqsillar sintezi uchun zarur aminokislotalar hosil bo‘ladi.
Nafas olish qaytarilgan birikmalar (yog‘lar, terpinlar, kauchuk va sterollar) hosil bo‘lishi bilan
bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, nafas olish murakkab, boshqarib turiladigan ko‘p bosqichli oksidlanish jarayoni
bo‘lib, unda energiya ajraladi va u kichik porsiyalarda sarflanadi. Nafas olish organizmda moddalar
almashinuv jarayoni bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu jarayonsiz hayotni tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |