R - rangli nafas olish pigmenti
,
RH
2
- rangsiz nafas olish xromogeni
. Birinchi reaksiyada
reduktaza
fermenti yordamida substratdan
vodorod atomlari kabul kilinib, nafas olish pigmentiga (R)
o‘tkaziladi va nafas olish xromogeni (RH
2
) hosil bo‘ladi. Hamma SO
2
ham shu anaerob jarayonida ajralib
chikadi. Ikkinchi reaksiyada molekulyar kislorod ishtirok etib, xromogenlarni (RH
2
) nafas olish
pigmentlarigacha oksidlaydi va ular yana vodorodning akseptori vazifasini bajaradi.
Bu reaksiyalarda
kislorod RH
2
dan elektronlar va protonlarni tortib oladi va natijada suv hosil bo‘ladi.
Keyingi izlanishlarda V.Palladin nazariyasi to‘liq isbotlandi.
1912 yilda nemis bioximigi G.Viland ham biologik oksidlanish vodorodning ajratib olinishi bilan
bog‘liq ekanligini ko‘rsatgan edi.
Nafas olishda suvning ishtirok etishi va kislorod vodorodning oxirgi akseptori ekanligini 1955
yilda B.B.Vartapetyan va L.A.Kursanov tajriba asosida isbotladilar.
Anaerob va aerob nafas olish jarayonlari
O‘simliklar hayot faoliyati nafas olish bilan amalga oshadi, kislorod yetishmay qolsa,
anaerob
(kislorodsiz) nafas olishi mumkin. Bunday holatda o‘simliklar kerakli kislorodni organik birikmalardan,
asosan qandlardan oladi. Anaerob sharoitda qandlar quyidagi sxemada parchalanadi.
C
6
N
12
O
6
2C
2
N
5
ON + 2CO
2
+ 48 kkal
Sxemadan ko‘rinib turibdiki qandning bir qismi CO
2
gacha
oksidlanib, qolgan qismi spirtgacha
qaytariladi. Bunda tashqaridan O
2
kirib kelmasa, qandning parchalanishi o‘z molekulasidagi kislorodning
qayta taqsimlanishi hisobiga amalga oshadi. Qandlar to‘liq oksidlanishi natijasida 686 kkal energiya
ajralsa, anaerob nafas olishda 48 kkal energiya ajraladi. Bunday
farqning sababi shundaki, spirt
molekulasida katta miqdorda potensial energiya qolib ketadi, chunki oksidlanish
jarayoni oxirigacha
bormaydi.
Ammo o‘simliklar uzoq vaqt anaerob nafas olib yashay olmaydi. Bunday sharoitda ular nobud
bo‘lishiga sabab hosil bo‘lgan spirtdan zaharlanadi va qurib qoladi. Anaerob nafas olish o‘simliklar uchun
vaqtinchalik holat bo‘ladi. Tuproqda namlik ortib ketganda, o‘simliklar anaerob nafas olishi mumkin.
Ko‘pgina mikroorganizmlar uchun anaerob nafas olish asosiy yo‘l bo‘lib,
bunda hayoti uchun zarur
energiyani oladi, bu jarayon to‘xtovsiz amalga oshadi. Bunday holatni anaerob nafas olishdagi bijg‘ish
jarayoni deyiladi. Mikroorganizmlar bijg‘ish jarayonida o‘zining zahira oziq moddalarini sarflamay, balki
atrofdagi oziq moddalardan foydalanadi.
Anaerob nafas olishda o‘simliklardagi spirtli bijg‘ishdagi kabi jarayon boradi, bunda qator
fermentlar ta’sirida oraliq moddalar hosil bo‘ladi, ya’ni
pirouzum kislota CO
2
va spirtga parchalanadi.
Aerob sharoitda esa pirouzum kislota CO
2
va H
2
O gacha parchalanadi.
Quyidagi sxemada aerob va anaerob nafas olish jarayonlarining /o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: