Meʼmorlik
Meʼmorlik (Arxitektura) — foydalanishdagi maqsad va vazifalar, zamonaviy texnik
imkoniyatlar va jamiyatning estetik qarashlaridan kelib chiqib bino va inshootlarni loyihalash va
qurish
sanʼati
. Meʼmor inson hayoti va faoliyati uchun zarur fazoviy muhitni tafakkur kuchi bilan
avval ijodiy loyihada rejalab, uni amalda yuksak did va mahorat bilan bunyod etadi. Meʼmorlik
asarlari qatoriga turli-tuman
binolar
,
uy-joylar
,
meʼmoriy majmualar
,
maydonlar
,
shaharlar
, ulardagi
monumentlar
, usti ochiq va yopiq
inshootlar
kiradi. Aholi yashaydigan manzillar — qishloq, shahar
va shaharchalarni rejalab tashkil etish bilan meʼmorlikning jamlovchi, eng murakkab sohasi —
shaharsozlik
shugʻullanadi. Tabiat manzaralari bilan bogʻliq muhitni bunyod etish, bogʻlar yaratish
sohasi
bogʻsozlik
(bogʻ-park) sanʼatidir.
Meʼmorlik asari amaliy xizmati, vazifasidan tashqari maʼlum gʻoyaviy-badiiy mazmunni, oʻz davrini
ifodalovchi meʼmoriy qiyofa —
obrazni
mujassam etadi, moddiy madaniyatning eng mahobatli va
eng koʻp harajatli, tarkibiy qismini tashkil qiladi; ayni vaqtda mahobatli sanʼat sifatida namoyon
boʻladi. Meʼmorlik boshqa turli xil sanʼat namunalarini (haykaltaroshlik, oʻymakorlik, ganchkorlik
kabi) oʻzida mujassam etishi bilan sanʼatlar onasiga, fazoviy shakllar oʻzaro mutanosib,
hamohang boʻlishini nazarda tutib meʼmoriy qadimiyat yodgorliklari toshda qotib qolgan
musiqaga oʻxshatiladi. Binoning mustahkam, inson uchun kerak va goʻzal boʻlishi meʼmorlikning
ilk taraqqiyoti davridan hozirgacha asosiy omili hisoblanadi. Qadimgi dunyo tarixida mashhur
boʻlgan yetti moʻʼjizaning hammasi inson dahosi bilan yaratilgan meʼmoriy sanʼat asarlari boʻlgani
bejiz emas.
Oʻtmish davru-davronlar toʻfonida juda koʻp mahobatli binolar nom-nishonsiz toʻzib ketgan.
Lekin asrlar osha yetib kelgan buyuk meʼmoriy meros yodgorliklari zamirida meʼmorlikning
yuksalish samara va marralarini kuzatish mumkin. Ayniqsa, moddiy-texnika imkoniyatlari
kengayishi, badiiy tarixiy tajriba ortishi natijasida meʼmorlikning uslubiy oʻzgarishlari paydo boʻldi.
Qadimgi Sharq
va
Misrda
meʼmorlikning hali tarix bilmagan, odamlarni hayratda qoldiradigan
mahobatli ehrom (piramida),
zikkurat
kabi ilohiy mafkura bilan bogʻliq ulkan inshootlari qadimdan
boʻlardi. Hozir ham
Misr ehromlarini
hayrat bilan ziyorat etadilar.
Yunonistonda
bunyod etilgan
antik
,
klassik davrlar
uslubida (miloddan avvalgi VII asr), oʻrta asrlar
Yevropa meʼmorligidagi
roman
(X—XII asrlar),
gotika
(XII—XV asrlar) uslublarida ulkan binolar, xususan,
ibodatxonalar
bunyod etildi.
Afina Akropoli
tepasidagi mahobatli
Parfenon
, doriy kolonnalari qatori, ajoyib
relyefli haykallari bilan hozirgacha klassik meʼmorlikning mashhur ramziga aylangan
maktab
,
teatr
,
stadion
,
ibodatxona
kabi yangi taqliddagi binolar qurildi. Gotika uslubiga xos choʻziq
ravoqlar, nayzasimon shakllardagi bezaklar
Gʻarbiy Yevropa
shaharlarining muqaddas
ziyoratgohlariga aylangan. Reymsdagi
Notr-Dam sobori
(Fransiya, XIII—XIV asrlar) Uygʻonish
davri —
Renessans
(XV asr oxiri — XVI asr boshlari) uslubi asosini qadimgi davr klassik meʼmorligi
shaklu-shamoyilini yangi davr talab va imkoniyatlari zamini bilan bogʻlab qayta tiklash va
rivojlantirish mahsulidir.
Klassik orderlar
— ustunlar tizimi asosida keng koʻlamda murakkab
meʼmoriy ansambllar
,
majmualar
, katta shaharlar bunyod etildi. Klassik meʼmorlik qonun-qoidalari yangi zamon
sharoitida noyob va nafis kompozitsiyalar yaratish imkoniyatiga keng yoʻl ochib berdi.
Oʻrta asrlar meʼmorligida XVI asr oʻrtalaridan boshlab
barokko
uslubi keng tarqaldi. Binolar har
jihatdan bezakdor boʻlishiga alohida eʼtibor berildi. Keyinroq (XVII—XIX asrlar) hashamatli
bezaklardan qaytib, yangi davr uslubini topish izlanishlari yaxshi natija berdi. Klassik va
Renessans meʼmorligi tamoyillari erishgan yutuqlaridan ijodiy foydalanish natijasida
klassitsizm
uslubi paydo boʻldi. Ayniqsa, Gʻarbiy Yevropa shaharlarida klassitsizm ruhidagi ajoyib meʼmoriy
ansambllar yaratildi. XIX asrning 1-yarmi va XX asrning boshlarida sanoatning rivojlanishi yangi
tipdagi meʼmoriy inshootlar qurilishiga olib keldi. Fabrika, zavod, elektrostansiya, vokzal,
elevator kabi sanoat binolari paydo boʻldi. Ayniqsa, metall, temir-beton konstruksiyalari va
boshqa yangi qurilish materiallari (maxsus oyna, plastmassa va boshqalar) meʼmorlik imkoniyati
ufqlarini baland koʻtardi, uslubiy izlanishlar ajoyib natijalar berdi. Qurilish maydoniga nihoyatda
qudratli texnika va industriya kirib keldi. Bu esa osmonoʻpar baland, koʻp qavatli binolar tiklash
imkonini yaratdi. Binolar standart va takrorlanuvchi (tipovoy) qismlar asosida yigʻilib, nihoyatda
tez fursatda qurila boshladi. Yangi material, texnika, yangi talab va imkoniyatlar meʼmorlikda
yangi oqimlarni tez yuzaga chiqardi. Funksionistlar (AQSh da F. Rayt va boshqalar) binoning
goʻzalligi, uning shakli va funksiyasining uzviyligi, konstruksiyaning nafis, materiallarini tabiiy
boʻlishiga bogʻliq deb taʼkidlasalar, boshqa bir guruh meʼmorlar (Germaniyada V. Gropius va
boshqa, „Bauxauz“ ijodiy markazi) umuman yangi zamon meʼmorligida bezakdorlikka oʻrin yoʻq,
deb eʼlon qilishdi. Qurilish texnikasi yutuq va imkoniyatlariga koʻproq eʼtibor berib, meʼmorlikning
gʻoyaviy-badiiy, hatto goʻzallik sifatlarini inkor etish holatlari natijasida
konstruktivizm
oqimi
paydo boʻldi. Ijodiy oqimning koʻpligi meʼmorlik obʼyektlari koʻrinishida oʻz ifodasini topdi. Keyingi
yarim asr davomida dunyoning har tomonida ham shaharsozlik sanʼati misli koʻrilmagan miqyosda
oʻsib ketdi, ajoyib, goʻzal, zamonaviy shaharlar tarixan qisqa muddatda bunyod topmoqda.
Hozirgi zamon meʼmorlikgida ilgari tarix bilmagan badiiy xususiyatlar sezilmoqda, yaʼni meʼmoriy
sanʼatda chegara bilmas baynalmilal ruh va shaklu-shamoyil aniq sezilib qoldi. Shuning uchun
ham meʼmorlikda milliylik muammosi yana diqqat eʼtiborni tortmoqda. Binobarin meʼmorlik,
shaharsozlik, bogʻsozlik sanʼatlari sohasida i. t. ishlari ham butun dunyo meʼmoriy merosini
oʻrganishga qaratilgan, ilgʻor meʼmorlik tajribalar ijodkor meʼmor, rassom, talabalar saviyasini
oshirish uchun xizmat qilmoqda. Meʼmorlik olamidagi odatga koʻra, tarixiy kitoblar, asosan,
qadimgi dunyo — Misr, Yunoniston, Rim va oʻrta asrlardagi Yevropa davlatlari meʼmorligini
kengroq taxlil etadi. Osiyo davlatlari,
Xitoy
,
Hindiston
,
Arabiston
kabi qadimgi madaniyat
markazlari meʼmorligi nisbatan kam oʻrganilgani uchun, ularning xalqaro taʼsiri bir oz
cheklanganday koʻrinadi. Jumladan,
Markaziy Osiyo meʼmorligi
, xususan,
Oʻzbekiston meʼmorligi
ham mutaxassislar tadqiqotida endigina yuz ochmoqda.
Oʻzbekiston meʼmorligi juda qadimiyligi, turli-tuman meʼmoriy yodgorliklari, yuksak nafosat
mujassami boʻlgan mahobatli osori-atiqalari bilan diqqat-eʼtiborni tortadi. Amudaryo va Sirdaryo
oraligʻidagi eng qadimgi madaniyat markazlari hozirgacha arxeologik yodgorliklar qaʼridan ajoyib
meʼmoriy xazinani namoyish etmoqda (
Sopollitepa
,
Qoʻyqirilgan qalʼa
,
Tuproqqalʼa
,
Afrosiyob
,
Varaxsha
,
Poykend
,
Qanqa
kabi).
Buxoro
,
Samarqand
,
Toshkent
,
Xiva
,
Shahrisabz
,
Termiz
,
Qoʻqon
kabi koʻhna shaharlar oʻzining noyob meʼmoriy obidalari (
Somoniylar maqbarasi
,
Magʻoki
Attori
,
Chashmai Ayyub
,
Poyi Kalon
majmui,
Labi hovuz
majmui,
Samarqand Registoni
, undagi
Ulugʻbek madrasasi
,
Sherdor madrasasi
,
Tillakori
masjid-madrasa va boshqalar) bilan dunyoga
tanilgan. Oʻzbekiston meʼmorligi taraqqiyoti davrlari ichida tarixan eng ajoyibi
Amir Temur
va
Temuriylar
davri bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uni Uygʻonish —
Sharq Renessansi
sifatida taʼriflash
odat boʻlib qolgan, „yer yuzining sayqali“ Samarqand, „bilim va odob gumbazi“ Kesh —
Shahrisabz shaharlari, ayniqsa Amir Temur saʼy-ehtimoli, meʼmoriy vayu-yati (valiylikning koʻpligi)
va karomati tufayli tubdan qayta qurildi.
Oqsaroy
,
Koʻksaroy
koʻshklari,
Dor us-Siyodat
madrasasi
,
Koʻk gumbaz
,
Jomeʼ masjid
kabi mahobatli va hashamatli binolar qad koʻtardi.
Shohizinda
kabi meʼmoriy nekropol bunyod boʻldi. Koʻhna Kesh gullab yashnagan meʼmoriy
bogʻistonga aylangani uchun Shahrisabz nomi bilan ulugʻlandi. Samarqand atrofida paydo
boʻlgan marjon bogʻlar halqasi toʻrida Dilkusho koʻshki —
Ishratxona
,
Chilustun
koʻshki, kichik
Oqsaroy koʻshki kabi xushbichim binolar, bir-biridan goʻzal
Bogʻi Dilkusho
,
Bogʻi Naqshi Jahon
,
Bogʻi Shamol
,
Bogʻi Chinor
kabi bogʻlar umuman meʼmoriy bogʻsozlik sanʼati ravnaqiga asos
soldi. Hindistonga haqiqiy bogʻsozlik sanʼati temuriyzoda
Zahiriddin Bobur
bilan kirib kelganini
hind sanʼatshunoslari eʼtirof etishadi. Hatto oʻrta asrlardagi Yevropa bogʻ-parklariga temuriy
bogʻlari taʼsiri borligi sir emas. Xuddi shu davrda meʼmorlik bilan bogʻliq ilm-fan risolalari
yaratilgani eʼtiborni tortadi. Agar
Muhammad Xorazmiy
,
Abu Nasr Forobiy
,
Birjondiy
kabi
allomalar asarlarida meʼmorlikdagi garmoniyaga oid jihatlar matn orqali asoslangan boʻlsa,
Ulugʻbek
atrofidagi olimlar faqat astronomiyaga doir tadqiqotlar bilan cheklanmay, meʼmorlikka
doir risolalar yozishgan, bogʻsozlik haqida dasturilamal yaratilgan. XVI asrda Buxorodagi xalq
Oʻzbekiston meʼmorligi
meʼmorlari dastxati bilan yaratilgan nodir meʼmoriy chizmalar saqlangan (OʻzFASHI fondida).
Hozirgi zamon meʼmorligida keng qoʻllanilayotgan modul tizimi oʻzbek meʼmorligida miqyos
nomi bilan qadimdan maʼlum.
Oʻzbekiston meʼmorligi tarixini oʻrganish yoʻlida anchagina samarali tadqiqotlar bajarildi. Ayniqsa,
meʼmorlik bunyodkori xalq meʼmorlari ijodini oʻrganish natijasida qadim zamonlardayoq unut
boʻlgan baʼzi meʼmoriy qonun-qoidalar siru-asrori ochildi. Hatto uzoq Misrdagi piramida ehromlar
loyihasi haqidagi keyingi ikki asr davomida olimlar bahs etib kelayotgan muammo oʻzbek xalq
meʼmorlari amalida saqlanib qolgan meʼmoriy alqonun-ulgutarh orqali oson yechimini topdi.
Oʻzbekiston meʼmorligining asrlar davomida avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan anʼanalari,
qonun-qoidalari XIX asr — XX asr boshlaridagi mustamlaka davrida keskin zarbaga uchradi.
Meʼmorlik ijodkorlari maʼmuriyat talabi ostida ishlashga majbur boʻldi. Meʼmorlikda baʼzi
yangiliklar qatori qorishiq (
eklektika
), turli uslublar (rus, yevropa va boshqalar) kirib kelayotgan
kapitalistik talablar bilan hamohang boʻldi.
Xalq meʼmorligi ikkinchi keskin zarbaga
Sovet tuzumi
davrida uchradi. Meʼmorlik davlat
monopoliyasiga uchragani uchun meʼmorlar ijodi va tashabbusi tamoman inkor etilgani natijasida
joylardagi yirik qurilishlar, ayniqsa, shaxsiy binokorlik cheklab qoʻyildi, oqibatda tajribali xalq
meʼmorlari oddiy quruvchi, hatto mardikor darajasiga tushib qoldi. Meʼmorlik ijodi Moskva
normativlari asosida bajarilishi milliy meʼmorlikni soʻndirib qoʻydi. „Shaklan milliy, mazmunan
Do'stlaringiz bilan baham: |