Atmosfera havosi ifloslanishining insonga, o’simlik va hayvonot olamiga ta’siri



Download 19,7 Kb.
Sana07.02.2017
Hajmi19,7 Kb.
#2003

Aim.uz

Atmosfera havosi ifloslanishining insonga, o’simlik va hayvonot olamiga ta’siri

Atrof-muhitga qo’shiladigan kimyoviy modlalar va fizikaviy omillar orasida kanserogen moddalar eng xavfli hisoblanadi. Kanserogen moddalar tirik organizmda juda xavfli moddalarning rivojlanshiga katta ta’sir yetadi. Organizmda paydo bo’lgan kanserogen moddalar (nafas olish yo’llari orqali, oziq-ovkaqlar bilan va hokazo) undan chiqa olmaydi.

Konserogen moddalar guruhiga polisiklik aromatik uglevodorodlar (masalan, benz(a)piren S29N12), epoksidlar, to’rt xlorli uglevodorod (SSN4), xloroform, metall birikmalari (masalan, borilliy oksidi, xrom oksidi, nikel sulfidi, qo’rg’oshin birikmalari) va boshqa moddalar kiradi. Xususan, benz(a)piren eng kuchli kanserogen modda hisoblanadi. U ko’mir, neft mahsulotlari va slaneslarni yondirganda paydo bo’ladi. Avtomagistral yo’llari atrofida, issiqlik elektr stansiyalarida, metallurgiya zavodlari va sexlarida uning eng yuqori konsentrasiyasi paydo bo’ladi.

Biologik qobiq elementlari o’zaro uzviy bog’langanligi tufayli ifloslangan atmosfera havosi tabiatning boshqa komponentlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada suv va tuproqning tabiiy holatida, inson organizmida, o’simlik va hayvonot dunyosida salbiy o’zgarishlar paydo bo’ladi. YUrak-qon tomirlari sistemasi shikastlanib, qon bosimi oshadi, rak, bronxit va o’pka kasalliklarining ko’payishiga sabab bo’ladi.

Bir kishi o’rtacha bir sutkada 25 kg havo bilan nafas oladi. Natijada havo tarkibidagi zararli changlar, qurum va gazlar organizmda to’planaveradi. Bu esa, sekii-asta nnson organizmining zaiflashuviga olib keladi va oqibatda organizm turli infeksiyalarga etarli darajada qarshilik ko’rsatish qobiliyatini yo’qotadi. Bularning barchasini alohida misollarda ko’rib chiqamiz.

1. Oltingugurt oksidi SO2. Rangsiz, o’tkir hidli gaz bo’lib, uning ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiya (RECHK o’r.sut.)si 0,05 mg/ m3 ni tashkil yetadi. Agar uning miqdori 0,13, 0,3 va 0,8 mg/ m2 ni tashkil etsa, aholi o’rtasida surunkali astma kasalligi mos ravishda 13, 18 va 26% ga oshib ketishi mumkin. Agar atmosfera havosi tarkibida SO2 uning RECHK sidan ko’proq to’planib qolsa, bronxit, o’pka yallig’lanishi, jigar-qon bosimining oshishiga va ko’z kasalliklariga sabab bo’ladi. CHunki havo tarkibidagi SO2 suv bilan reaksiyaga kirishib kuchsiz sulfat kislotasi hosil qiladi va u ko’zlardagi shilliq pardalarni qo’ydiradi. Natijada ko’z qizil rangli bo’lib qoladi.

2. Uglerod oksidi SO. Rangsiz va hidsiz gaz bo’lib, uning RECHKsi 3 mg/ m3 ni tashkil yetadi. Uglerod oksidinint havoda ko’payishi natajasida organizmda gemoglobin kamayadi, yurak, qon tomir tizimlari buziladi, skleroz kasalligi ko’payadi, bosh aylanadi, yurakning ishlashi tezlashib, uyqu buziladi, kishi tajang bo’lib qoladi. Uglerod oksidi bilan zaharlanishning birinchi belgisi bosh og’rig’ining paydo bo’lishidir. Agar havo tarkibida SO dan tashqari azot oksidi ham mavjud bo’lsa, unda SO ning zaharliligi yanada oshadi. Bunday holatlarda SO konsentrasiyasini 1,5 marotaba kamaytirish kerak.

3. Azot oksidi NO (NO, NO2, NO5, N2O3, N2O4). Atmosfera havosiga asosan azot dioksidi NO2 chiqariladi. Bu rangsiz va hidsiz zaharli gaz bo’lib, nafas olish yo’llariga kuchli ta’sir yetadi. Uning havodagi RECHKsi 0,04 mg/m3 ni tashkil yetadi.

SHaharlardagi havo tarkibidaga azot oksidi nihoyat xavfli hisoblanadi, chunki u chiqindi gazlar bilan reaksiyaga kirishib, fotokimyoviy tuman, ya’ni smogni vujudga keltiradi. Odatda turli zararli gazlar va changlardan tarkib topgan quyuk tumanlar smog deyiladi. Azot oksidlarining inson organizmiga ko’rsatadigan ta’siri engil yo’talning paydo bo’lishi bilan boshlanadi. Azot oksidlarining yuqori konsentrasiyalari ta’sirida kuchli yo’tal, bosh og’rishi va qo’sish paydo bo’ladi. Azot oksidlari namlik yuzaning shilliq pardalari bilan to’qnashib, azot kislotalari (HNO3 va HNO2)ni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Ular o’pkaga kuchli ta’sir yetadi. Bundan tashqari, ozon qobig’ining yemirilishi ham asosan azot oksidlari ta’sirida ro’y bermoqda:

NO+Oz— NO2+O2

4. Uglevodorodlar (benzin bug’lari, pentan, geksan va boshqalar). Ular inson organizmiga kuchli ta’sir yetadi. Ularning nihoyatda kichik konsentrasiyalari bosh og’rigi, bosh aylanishi kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Agar havoda benzin bug’larining konsentrasiyasi 600 mg/m3 ni tashkil etsa va inson 8 soat vaqt davomida ushbu havodan nafas olsa, unda yo’tal paydo bo’lib, bosh og’rig’iga duchor bo’ladi

5. Vodorodli sulfid H2S. Uning havodagi RECHKsi 0,008 mg/m3 ni tashkil yetadi. Ammo uning atmosfera havosi tarkibida ortib borishi bosh aylanishiga, qo’sish, darmonsizlanish va hidni sezish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.

6. Ftor birikmalari (ftorli vodorod va boshqalar). Ularning havo tarkibidagi RECHKsi 0,02 mg/m2 ni tashkil yetadi. Bu birikmalarning ta’sirida burundan qon keladi, tishlar va umuman, suyak yemirilishi mumkin, buqoq kasalligi paydo bo’ladi, oshqozon-ichak kasalliklari ko’payadi.

7. Qo’rg’oshin birikmalari. Ularning havo tarkibidagi RECHKsi 0,0003 mg/m3 ni tashkil yetadi. Atmosfera havosi tarkibidagi qo’rg’oshin birikmalari konsentrasiyasining ortishi asab kasalliklari, peshob haydash yo’llari, nafas olish yo’llariga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Organizmda gemoglobin miqdorini kamaytiradi. Qo’rg’oshin birikmalari nafas olish yo’llari orqali organizmga kirib borib, unda qariyb 50% uning birikmalari to’planadi. Sanoati rivojlangan shaharlarda uning konsentrasiyasi 5-38 mg/m3 ni tashkil yetadi. Xususan maktab yoshidagi bolalar uchun ular nihoyatda xavflidir.

8. Atmosfera changlari. Atmosfera havosida turli kimyoviy tarkib va xossalarga ega .bo’lgan changlar mavjud. YOqilg’ilarning to’liq yonmaganligi tufayli qorakuya paydo bo’ladi: uning 90-95% ni uglerod zarrachalari tashkil yetadi. Anorganik changlarning atmoefera havosi tarkibidagi RECHKsi 0,05 kg/m3 ni tashkil yetadi. Lekin qorakuya og’ir uglevodorodlarda va benz(a)pirenda adsorbsiya bo’lish qobiltyatiga ega. Bu esa inson uchun nihoyatda xavflidir. Zaharli changlarning o’lchamlari 0,5-10 mkm atrofida bo’ladi. SHuning uchun ular nafas olish yo’llari orqali tez organizm tarkibiga singib, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ulug’ bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino ming yillar bundan oldin “chang va g’ubor bo’lmaganda, inson ming yil yashar edi!” deb bejiz aytmagan.



Atmosfera havosining ifloslanishi o’simliklar va qishloq xo’jalik ekinlarini rivojlanishiga va mahsulot sifatiga katta salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Alyuminiy ishlab chiqarish zavodlaridan atmosfera havosiga me’yoridan ortiq chiqarilayotgan zaharli ftor birikmalari qishloq xo’jaligi mahsulotlariga va ularning sifatiga salbiy ta’sir qilayapti. Sanoati rivojlangan shaharlarda o’simliklarning rivojlanishi susayib, ba’zi daraxtlarning yashash muddati keskin kamayib bormoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, qayrag’och daraxti tabiiy sharoitda 350-400 yil umr ko’rsa, shahar hiyobonlarida 120-220 yil, serqatnov avtomagistral yo’llar atrofida esa, 40-50 yil umr ko’rar ekan.

Atmosfera havosining ifloslanishi hayvonot olamiga ham salbiy ta’sir etib, ularning tez-tez zaharlanishiga, ba’zan umuman nobud bo’lishiga eabab bo’lmoqda. Atmosfera havosining turli zaharli gaz va changlar bilan ifloslanishi oqibatida asalarining qirilib ketish xavfi tug’ilmoqda. Ekolog olimlarning orasida “qaysi mintaqaning ob-havosi toza bo’lsa, laylaklar va asalari o’sha erda bo’ladi!” degan g’oyalar mavjud. Yirtqich qushlar zaharlangan o’ljalar bilan ovkatlanib, bepushtlik dardiga mubtalo bo’lganlari olimlar tomonidan kuzatilgan.
Download 19,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish