3-amaliy mashg‘ulot
MAVZU: YURAK MUSKULLARINING FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA YURAKNING ISHLASHI
1-ish: Elektrokardiografiya
Nazariy tushuncha. EKGni olishning bir kancha usullari taklif kilingan, ulardan ko‘prok uchta, standart deb ataluvchi usullardan foydalaniladi: Sog‘lom kishining standart usullar bilan yozib olingan EKG sida P,Q,R,S va T tishlari ajratiladi. R tishi bo‘lmalarning qo‘zgalganini ifodalaydi, u o‘ng va chap bo‘lmachalar qo‘zg‘alganda hosil bo‘luvchi elektr potentsiallarning algebralik yig‘indisidir. QRST kompleksi korinchalar qo‘zg‘alishi munosabati bilan elektr potentsiallarning o‘zgarishlarini ifodalaydi. Bunda QRS tishlari qorinchalar qo‘zg‘alishining boshlang‘ich qismini, T tishi esa uning oxirgi qismini ta’riflaydi. R-Q oraligi qo‘zg‘alishning bo‘lmadan qorinchaga o‘tishi uchun zarur vaqtni ko‘rsatadi. T tishi repolyarizatsiya jarayoni, ya’ni qorinchalarning turli qismlarida qo‘zg‘alishning turli vaqtda yo‘qolishini va membrana potentsialining qayta tiklanishini aks ettiradi. Bu tish EKG ning eng o‘zgaruvchan qismidir. T tishi bilan undan keyingi R tishi oraligi yurakning umumiy pauzasi va kameralarning qonga nofaol to‘lishini ifodalaydi. Qorinchalar elektr sistolasi, ya’ni EKG dagi QT oraligi mexanik sistola vaqtiga teng. EKG yurakda qo‘zg‘alishni o‘tkazish qay tarzda buzilganligini aniqlash imkonini beradi. Masalan, R-Q oraligi qo‘zg‘alishni bo‘lmalardan qorinchalarga o‘tkazishga sarflanadigan vaqtni belgilaydi va 0,12-0,18 s ga teng bo‘lishi kerak.
Ishning maqsadi: Yurak biopotentsialini qayd qilish.
Ish anjomlari: Elektrokardiograf, osh tuzi eritmasi, elektrodlar, doka. Ish odamda olib boriladi.
Ishning borishi: Tekshiriluvchi kishi kushetkaga yotqizilib, qo‘llari va oyoq-lariga osh tuzining eritmasiga botirib olingan doka qo‘yiladi. Uning o‘rniga maxsus gel‘ ishlatish ham mumkin. Elektrodlar mushaklarga va ko‘krak qafasi old devoriga joylashtirilgandan keyin EKG apparati elektr tokiga ulanida va uning ishga yaroqliligi tekshiriladi. Tegishli tezlik va amplitudaga qo‘yib standart, bir qutbli kuchaytirilgan va ko‘krak tarmoqlarida EKG yozib olinadi. Shundan so‘ng tekshiriluvchiga 15-20 marta o‘tirib turish tavsiya etiladi va qayta EKG tushiriladi. H ar ikkala EKG taxlili baholanadi. (20-rasm)
Topshiriq: Yuklamadan oldingi va keyingi EKGda RR oralig‗ini hisoblang va baholang .
2- ish. Yurak tonlarini eshitish
Ish anjomlari: fonendoskop. Tekshiruv odamda olib boriladi.
Ishning borishi: Tekshiriluvchiga bel qismigacha echinish tavsiya qilinadi. Ko‘krak qafasi old devoridan palpatsiya usuli bilan yurak cho‘qqi turtkisi aniqlanadi. Shundan so‘ng yurakning mitral va aortal klapanlarini eshitish nuqtalari ko‘krak qafasini old devoridan aniqlanadi. Har bir talabani yuraki eshitib ko‘radi.
Topshiriq: 1 va 2 tonlarning farqiga e’tibor bering, yurak tonlarini hosil qiluvchi komponentlarini ayting va savollarga javob bering
1. Kardiogramma deb nimaga aytiladi?
2. Yurak tsikli deb nimaga aytiladi va qanday fazalardan tashkil topgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |