ko‘p jihatdan “katta ettilik” yani eng rivojlangan mamlakatlar yuritilayotgan siyosatigi bog‘liq.
Qolaversa, ayrim rivojlangan davlatlarning kichik davlatlarga madaniy ekspansiyasi oqibatida
chet eldan kirib kelayotgan ommaviy madaniyat tasiri bazi mamlakatlarda asriy madaniyat
asoslari yo‘q bo‘lib ketayotganini ayrim tadqiqotchilar “madaniy CHernobl” deb
baholayotganlari ham bejiz emas. Bu esa har doim ham o‘zini globallashuv jarayoning teng
huquqli hamkor deb emas, balki o‘z qudrati, iqtisodiy imkoniyatlarini yanada oshirish uchun
xom ashyo manbai sifatida qaralayotganligini ham ko‘rsatib qo‘ymoqda.
Internet – inson tafakkuri, aqli va bilimi qudratining mahsuli bo‘lib, bugungi kunda butun
dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. Internet tarmog‘ining tezkorligi, arzon
keng qamrovli aloqa, hamkorlik ishlardagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi
dastur hamda malumotlarning noyob bazasi ekanligi o‘ziga tortmoqda. Global tarmoq
afzalliklarini inkor etmagan holda, uning yoshlar manaviyatiga tasiri, xavf-xatarlarini ham
etiborga olmoq darkor. Jahonning bir necha mamlakatida uyushgan terrorchi guruhlar va
tashkilotlarning saytlari mavjud bo‘lib, ular orqali yoshlarning ongiga, turmush tarziga to‘g‘ri
kelmaydigan yot g‘oyalar targ‘ib qilinmoqda. SHuningdek, pornografik mazmunga ega bo‘lgan
sahifalar yosh avlodning tarbiyasiga, xulq-odobiga zarar etkazmoqda. Bugungi kunda yoshlar
internetga asosan yangiliklarni izlash, yangi do‘stlar orttirish va muloqot qilish, musiqa ko‘chirib
olish, o‘zlariga kerakli malumotni olish uchun kiradilar. YOshlar internetdan umummilliy
manfaatga xizmat qiladigan va uning taraqqiyotiga yordam beradigan axborotlarni tanlab tahlil
qilib foydalansalar, ularning manaviyat va tafakkuri o‘sib, axborot istemoli madaniyatga ega
yoshlar salbiy va noxolis tasirga tushib qolmaydilar.
Globallashuv natijasida migratsiya jarayonlarining faollashayotganligi ham sezilmoqda.
Bu jarayon keltirib chiqarayotgan ayrim salbiy oqibatlar jumladan, transmilliy jinoyatlar (xalqaro
terrorizm, diniy ekstremizm, xalqaro narkobiznes, odam savdosi va boshqalar) ning ko‘payishi
kuzatilmoqda. Xalqaro globallashuv insoniyat, mamlakat hayotining borgan sari yangi-yangi
sohalarni egallab, uning natijasida hozirgi davrga qadar bo‘lgan xalqaro tartibot, madaniyatlar,
qadriyatlar yangi mano va mazmun bilan to‘lib bormoqda. Ayniqsa, inson qadriga ham o‘z
tasirini kuchli o‘tkazmoqda. Noqonuniy migratsiya oqibati sifatida mavjud bo‘layotgan “odam
savdosi”dek holat dunyo jamoatchiligini tashvishga solmoqda.
Jahon amaliyoti ko‘rsatib turganidek, xalqaro globallashuv o‘tish davrida turgan
davlatlardagi demokratiyalashuv jarayonlariga birdek ijobiy tasir ko‘rsatmayapti. Aksincha,
globallashuv ayrim jamiyatlarda demokratiyalashuv jarayonlirini murakkablashtirmoqda.
Bundan tashqari, har bir jamiyat amaliyotidagi demokratiyalashuv jarayonlariga tasir qiluvchi
tashqi omillar soni ham tobora ortayapti. Demokratiyalashuv jarayonlarining milliy mamlakat
doirasidagi barqarorligi ichki omillar bilan bir qatorda tashqi omillarga ham bog‘liq bo‘lib,
ko‘pgina mamlakatlarda kuzatilganidek, jamiyat azolarining masullik hissi pasaymoqda. CHunki
globallashuv tufayli ro‘y beruvchi o‘ta kuchli integratsiya jarayonlari: iqtisodiy hamda axborot
almashish sohlalardagi chuqur integratsiyalashuv malum darajada va obektiv ravishda milliy
davlatlar rolini chegaralab qo‘yadi. Buni integratsiyalashuv natijasida vujudga keluvchi xalqaro
tashkilotlarning bazi hollarda milliy davlatlar taraqqiyotining yo‘nalishlariga tasir o‘tkazishga
harakat qilayotganliklaridan ko‘rish mumkin. Qadriyatlar tizimiga globallashuvning tasir etish
muammosiga nazar soladigan bo‘lsak, bunga asosiy sabab, jadal o‘zgarib borayotgan fan va
texnologiya, sanat, axloq, turmush tarzi ekanligini sezamiz. Bunday o‘zgarishlar kishilarning
qulaylikka, moda va zamonaviylikka intilishida, uning oqibatida esa kundalik turmush tarzining
transformatsiyasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ko‘plab tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra,
globallashuv jarayonlari tufayli kelib chiqayotgan muammolar ko‘pchiligi rivojlangan
mamlakatlardagi manfaatli intilishlar bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: