1) globallashuv bu – doimiy davom etuvchi tarixiy jarayon;
2) globallashuv bu – jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni;
3) globallashuv bu – milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni
21
.
XX asr o‘rtalarida globallashuvning institutsionallashuvi, yani tashkillashuvi
kuchaygandan so‘ng, bu jarayonning o‘zi ham shiddatli tus oldi. Bugungi globallashuv
jarayonida asosiy etibor iqtisodiyot sohasiga qaratiladi. Ammo,
bu jarayonning manaviyatga,
madaniyatga tasiri ijtimoiy fanlarda etarlicha tadqiq etilmagan.
CHetdan o‘tkaziladigan mafkuraviy tasirga qarshi himoya choralari ko‘rishdan avval
qanday tasirlarni maqullash lozimu, qandaylarini rad etish kerakligini aniqlab olish zarur.
Hozirgi kunda birorta ham xalq yo‘qki, u boshqa xalqlar madaniyati va manaviyatidan to‘lik
to‘silgan bo‘lsa. qolaversa tarix boshqa xalqlar manaviyatidan bahramand bo‘lgan xalqlar
manaviyati yuksaklikka erishganidan guvohlik beradi. Ajdodlarimiz tarixi jahon xalqlari
manaviyatiga hurmat bilan qarash, kerakli joylarini o‘rganib, ijodiy
rivojlantirish orqaligina
manaviyat cho‘qqisiga erishish mumkinligidan guvohlik beradi. Bizga tasir o‘tkazayotgan yoki
tasir o‘tkazmoqchi bo‘layotgan g‘oyalarni qay birini qabul qilish va qay birini rad etish
lozimligini aniqlash uchun jiddiy tahlil lozim. Ana shunday tahlilni o‘tkazish uchun bazan
hafsalasizlik, baza XX asr insoniyat taraqqiyotida ko‘plab yirik o‘zgarishlar, tarkibiy siljishlar,
buhronlar (krizislarga) asri sifatida o‘rin oldi. Insoniyat o‘z taraqqiyot yo‘lida hamkorlikda va
hamjihatlikda hal etishi lozim bo‘lgan muammolar ko‘lami, sohalari tobora orta bormoqda.
YAngi ming yillikda bu o‘zgarishlar yanada chuqurlashuvi va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib
borishi tabiiydir.
Globallashuv o‘z mohiyati jihatidan koinotimizdagi har bir inson,
har bir davlat,
qolaversa jahon hamjamiyatini befarq qoldirmaydigan va uni faqatgina xamkorlikdagina hal
etilishi lozim bo‘lgan muammolarni o‘z tarkibiga oladi.
Global jarayon asosiy ziddiyati
shakllanayotgan umuminsoniy turmush tarzi bilan milliy turmush tarzlari o‘rtasidagi farq va
tafovudlarni umumiy maxrajga olib kelishi masalalari bilan bog‘likdir. Ammo umumbashariy
turmush tarzlarining ijobiy, asosli, barcha millatlar va elatlar qabul qilgan
jihat va hislatlarini
umumlashtirish asosida quriladi. SHu nuqtai nazardan olganda, har bir xalqning turmush tarzi
uziga hos ijobiy hislat va xususiyatlarini saqlab qolgan holda, umuminsoniy mazmunga ega
bo‘lib, barcha xalqlarning asosiy talablariga javob berishi kerak.
L.E.Grininning fikricha,
“Globallashuv mintaqalar va umuman jahonning integratsiyasi va yaqinlashuvining natijasidir”.
U globallashuvga jarayon sifatida qaraydi va unga quyidagi tarifni beradi. “Globallashuv bu
jarayon, uning natijasida dunyo o‘zining barcha subektlariga
yanada aloqador va yana ham
bog‘liq bo‘ladi”.
2006 yilda “Globallashuv” tushunchasi va uning turli sohalarga o‘tkazayotgan tasirini
aniqlashga bag‘ishlangan jahonning etakchi olimlari hamkorligida “Globalistika mejdunarodnыy
mejdissiplinarnыy ensiklopedicheskiy slovar” tayyorlanib elon qilindi. Unda globallashuv
tushunchasiga olimlar turlicha tarif berganlar va uning tasir doirasini aniqlashga harakat
qilingan. Lekin ko‘rinib turibdiki, globallashuvning milliy manaviyatga o‘tkazayotgan salbiy
tasiri etibordan chetda qoldirilmoqda. Globallashuvning boshlanish davri bo‘yicha G‘arb
olimlari ham turli fikrlarni ilgari surib kelmoqdalar.
Jumladan, R. Kobden va J. Brayt kabi
olimlar globallashuv to‘lqinlarini mamlakatlar o‘rtasida erkin savdoning amalga oshuvi va uning
natijasida iqtisodiyotdagi o‘sish bilan bog‘laydilar hamda uning boshlanish davrini XIX va XX
asr bilan chegaralaydilar. Ularning fikricha, Britaniya o‘zining dengiz, industriya va moliyaviy
qudrati bilan globallashuv to‘lqinining birinchi bosqichi kafolati bo‘lgan. Ular globallashuvning
ikkinchi bosqichi yoki tiklanishini 1970 yillarning oxirlarida informatika va telekomunikatsiyada
sodir bo‘lgan inqiloblar asosida boshlanganligini takidlaydilar
22
. Aslida globallashuv XX asrning
ikkinchi yarmidan boshlab turli daraja va ko‘rinishlarda mavjud bo‘lgan. Dastlab, u stixiyali
ravishda kechgan bo‘lsa, malum vaqtdan keyin iqtisodiyotni taraqqiy ettiruvchi omilga aylangan.
21
Миллий истиқлол ғояси. Дарслик. Тузув.: И.Эргашев ва бошқ. -Т.: Академия, 2005. –Б.80.
22
Отамуротов С. Глобаллашув ва миллат (сиёсий фалсафий таҳлил) -Т.: Янги аср авлоди, 2008. Б.11.
Uning bu imkoniyatidan hamma manfaatdor bo‘lgan va bu jarayonning
avj olishi XXI asrga
kirib kelish davriga to‘g‘ri kelmoqda.
Hozirgi kunda “globalistika” termini zamonaviy fan tilining ajralmas qismidir, ammo
uning manosi haqida hanuz turlicha fikrlar bildirilmoqda. Bazilar bu yangi fan, u hali shakllanish
jarayonida deb aytsalar, boshqalar ilmiy bilish integratsiyasi natijasi deb bilib, o‘ziga xos
fanlararo tadqiqotlar sohasi, deb tan olmoqda.
23
Globallashuv jarayoni kuchayib borayotgan
hozirgi dunyoda davlatning raqobat shartlariga tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror
rivojlanishining asosiy ustunligi – talim tizimining holati
bilan aniqlanadigan, shaxsni manaviy
rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: