Madaniyat va sivilizatsiya. Sivilizatsiya rivojining asosiy bosqichlari va dinamikasi
Madaniyat insonni boshqa barcha tabiiy-biologik dunyodan ajratib turuvchi murakkab va
serqirra hodisa bo‘lib, ijtimoiy hayotning barcha sohalariga daxldordir.
Madaniyat
atamasi (arab
tilida – shaharga xos, qayta ishlov berilgan)ning hozirgi zamon fanida 600 dan ko‘proq tariflari
mavjud. Eng umumiy ko‘rinishda madaniyat – inson faoliyati jarayoni, uning natijasida
yaratilgan moddiy va manaviy qadriyatlar, ularni yaratish usullari va texnologiyalari, shu
faoliyat tasirida inson tafakkurida, manaviy dunyosida yuz beradigan rivojlanishni aks ettiradi.
Madaniyat – murakkab tizim sifatida ijtimoiy hayotda quyidagi asosiy vazifalarni
bajaradi:
Yaratuvchilik vazifasi
. Bu madaniyatning bosh vazifasi bo‘lib, inson faoliyati davomida
moddiy va manaviy qadriyatlar yaratiladi.
Marifaiy (gnoseologik) vazifa
. Uning mohiyati shundan iboratki, madaniy qadriyatlar
dunyoni bilish orqali yaratiladi. Madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lgan fan, aynan shu vazifani
bajaradi. Bunda bilishning obekti tabiat, jamiyat va insonning o‘zi hamdir.
Informasion (axborot etkazuvchi) vazifa
. Uning vazifasi doirasiga ijtimoiy tajribani
to‘plash (jamg‘arish), uni bir avloddan avlodga etkazish, yani tarixiy vorislikni taminlash kiradi.
Axborot etkazish gorizontal (makoniy) xususiyatga ega bo‘lishi mumkin, yani bunda axborot bir
vaqtning o‘zida bir xalq yoki jamoadan boshqasiga etkaziladi. Shuningdek u vertikal (davriy)
xususiyatga ega bo‘lishi mumkin, yani bunda axborot bir avloddan boshqasiga manaviy meros
shaklida etkaziladi va vorisiylikda namoyon bo‘ladi.
Kommunikativ (aloqa o‘rnatish) vazifasi. Bunda axborot
nutq (til), ramziy shakl va
belgilar (sanat), ilmiy bilimlar (fan) vositasida amalga oshiriladi. Jamiyatning taraqqiyot darajasi
qancha yuqori bo‘lsa, bevosita aloqa shunchalik ko‘p darajada bilvosita, yani texnik vositalar
yordamida (telefon, telegraf, internet va hokazolar bilan) amalga oshiriladi.
Meyoriy (boshqaruvchilik) vazifasi
. U o‘z ifodasini ijtimoiy boshqaruvchilik (avvalo,
huquqiy va axloqiy meyorlar) tizimini shakllantirishda topadi. Bunda norasmiy boshqaruv
vositalari bo‘lgan urf-odatlar, marosimlar, ananalar ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Sotsializatsiya (ijtimoiylashuv) va adaptatsiya vazifasi
.
Bu
insonning maksimal darajada
jamiyatning manaviy qadriyatlarini qabul qilishi va muayyan ijtimoiy muhitga moslashishida o‘z
ifodasini topadi.
Qadriyatlilik (baholash) vazifasi
. Zamonaviy falsafiy adabiyotlarda madaniyat moddiy
va manaviy qadriyatlarni, yani shaxs va jamiyat uchun foydali ahamiyatga ega bo‘lgan narsa va
hodisalar, aloqalarni
yaratish (generatsiya),
mustahkamlash (assimilyatsiya), uzatish
(translyatsiya), ko‘paytirish (multiplikatsiya)ning ko‘pbosqichli mexanizmi sifatida qarash ham
mavjud.
12
Bunda madaniyat yangilikni yaratish bilan bog‘liq jarayon sifatida inson ijodiy
(kreativ) faoliyatining mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi.
Inson o‘z faoliyati davomida qadriyatlarni tanlaydi, ularga baho beradi. Baholash –
subektning o‘z hayoti va faoliyati uchun hodisalarning ijtimoiy ahamiyatini aniqlashidir. U sezgi,
idrok, tasavvur va tafakkur darajasida, emotsiyalar va tuyg‘ular, mulohazalar, mayllar, istaklar,
intilishlar va, albatta, faoliyat ko‘rinishida ro‘yobga chiqadi. Baholash insonga hodisalar
dunyosida mo‘ljal olish imkonini beradi, uning faoliyatini yo‘lga soladi.
12
Философия. Учебник. Под ред.С.А.Лебедева. – М.:ЭКСМО. 2011. – С.411-412.
Inson narsa va hodisalarga ularning foydali ahamiyati nuqtai nazaridan ajratib oladi.
Bunday holatda nimalardir barham topadi, qandaydir narsalar paydo bo‘ladi, qayta shakllanadi.
Bu obektiv jarayon bo‘lib, shaxs va jamiyatning ehtiyojlaridan kelib chiqadi.
Har bir avlod madaniy rivojlanishni bo‘sh joydan emas, balki o‘zidan oldingi avlodlar
yaratgan qadriyatlarni o‘zlashtirishdan boshlaydi. Bu o‘zlashtirish madaniyat rivojini yuqoriroq
bosqichga ko‘tarish yo‘lidagi tayanch vazifasini o‘taydi. Mana shu ikki jarayon - eskilik bilan
yangilik o‘rtasidagi obektiv zaruriy bog‘lanish vorislikning mohiyatini tashkil etadi. Lekin
o‘tmish madaniy merosini millat manaviy dunyosining tarkibiy qismiga aylantirish uchun uni
ijodiy o‘zlashtirish, unga yangi mazmun va mano berish zarur. SHu o‘rinda chinakam o‘zbek
falsafasining metodologik asoslarini yaratishga salmoqli hissa qo‘shgan faylasuf,
akademik
Xaydar Po‘latov aytganidek, ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun, avvalo «inkorni emas,
ko‘proq idrok qilishni» o‘rganishimiz kerak.
13
Busiz madaniyat rivojlanishini taminlab
bo‘lmaydi. SHu manoda oqilona yangilanish – madaniyat rivojlanishining zaruriy sharti
hisoblanadi.
Shunday qilib, madaniyat ijtimoiy fenomen sifatida muayyan qonuniyatlar asosida
rivojlanadi. Vorisiylik va doimiy yangilanish – madaniyat rivojlanishining eng muhim
qonuniyatlaridir.
Madaniyatni nisbiy ravishda manaviy va moddiy madaniyatga bo‘lish mumkin. Moddiylik
va manaviylik bir-biriga muqobil bo‘lmasdan, ular bir-birga o‘zaro tasir qiluvchi va o‘zaro bir-
birini to‘ldiruvchi ijtimoiy rivojlanish omillaridir. Moddiy madaniyat tushunchasi sivilizasiya
tushunchasi bilan uzviy bog‘liq.
«Sivilizatsiya» (lot. civilis – fuqarolarga, davlatga xos), tamaddaun – 1)keng manoda –
ongli mavjudotlar mavjudligining har qanday shakli; 2) madaniyat so‘zining sinonimi;
3)madaniyatning zamon va makondan chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi va boshq.);
4)yovvoyilik va vahshiylikdan keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi
14
sifatida shuningdek,
geografik jihatdan farqlanuvchi birliklar (Sharq va G‘arb sivilizatsiyasi) ni; diniy mansubligiga
ko‘ra (islom sivilizatsiyasi va boshqalarga) bo‘linishi sifatida tushunilishi mumkin.
Sivilizatsiya tushunchasi XVIII asrda shakllangan bo‘lib, ko‘p yillar davomida aksariyat
hollarda madaniyat bilan bir xil manoli tushunchalar sifatida talqin etib kelingan. Ilk bor ularning
o‘rtasida yaqinlik va tafovut mavjudligiga buyuk nemis faylasufi I.Kant etibor qaratgan. XX asr
boshlariga kelib, nemis faylasufi Osvald Shpengler «Evropa Quyoshining so‘nishi» asarida
madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘ydi. U sivilizatsiya
deganda texnik-mexanik jarayonlar majmuini nazarda tutdi. O.Shpengler fikricha, sivilizatsiya
madaniyatning eng yuqori bosqichi bo‘lib, undan keyin esa madaniyat asta-sekin inqirozga yuz
o‘giradi.
SHu davrdan boshlab, madaniyat va sivilizatsiya faylasuflarning diqqat markazida turgan
asosiy masalalar qatoriga qo‘shildi. Zamonaviy falsafada madaniyat va sivilizatsiyaning o‘zaro
aloqadorlikda rivojlanishi zarurligiga alohida etibor qaratilmoqda. Bunda sivilizatsiya jamiyat
hayotining moddiy tanasi deb qaralsa, madaniyat – uning joni, ruhi sifatida talqin etilmoqda.
15
YAni bunda – sivilizatsiya moddiy madaniyatni, madaniyat tushunchasi esa – manaviy
qadriyatlarni anglatmoqda. Ushbu manoda sivilizatsiya tushunchasi inson tomonidan yaratilgan
moddiy boyliklar, xususan ishlab chiqarish, transport vositalari, texnika va texnologiyalar,
insonlarning turmush tarzi va hokazolarni qamrab oladi. Fan taraqqiyoti, uning amaliyotga
tatbiq etilishi, talim-tarbiya tizimi va uni amalga oshirish usullaridagi innovasion
o‘zgarishlar ham sivilizatsiya yutuqlari hisoblanadi. Hozirgi davrda sivilizatsiyalashganlik
ko‘proq qulaylik tushunchasi bilan ayniylashtirilmoqda. Uning mohiyatini sanoat iste mol
13
Qarang: Pulatov X. Inkorni emas, ko‘proq idrokni o‘rgansak-chi...//Sizni yaxshi ko‘rar
edim,odamlar. –T.:Fan.1994. –B.68.
14
Qarang: Falsafa. Ensiklopedik lug‘at. –T.:O‘zbekiston milliy endiklopediyasi.Davlat ilmiy nashriyoti.
2010. –B.298.
15
Философия. Учебник. Под ред.С.А.Лебедева.– С.433.
vositalarini yaratish tashkil et moqda, ayni vaqda u jamiyat rivojlanishining mezoni
hisoblanmoqda.
Xalqlar, davlatlar, mintaqalar rivojlanishidagi o‘ziga xos farqlar sivilizatsiyalararo
tafovutlarni tashkil etadi. Shu bilan birga,
Do'stlaringiz bilan baham: |