2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

 
siyosiy sohasiga
 
hokimiyat masalasi atrofida mujassam bo‘lgan tashkilot va 
muassasalar, xususan, davlat, ijtimoiy tashkilotlar va partiyalar; munosabatlar, siyosiy ong va 
siyosiy madaniyat
 
kiradi. (Ilova 7.10). Uning asosini jamiyatning siyosiy tizimi tashkil etadi. 
Siyosiy tizim iqtisodiy, mafkuraviy, huquqiy, manaviy va boshqa tizimlar bilan o‘zaro 
aloqadorlikda rivojlanadi. Siyosiy tizim siyosiy institutlar, ijtimoiy tuzilmalar, meyorlar va 
qadriyatlarning majmuasidan iborat bo‘lib, siyosiy hukumat orqali amalga oshiriladi. Siyosiy 
tizim sotsiumning maqsadga erishish resurslarini safarbar ettiruvchi va qarorlarni ishlab 
chiquvchi mexanizmdir. 
Jamiyat siyosiy tizimining asosi, yadrosi
davlatdir
. Davlat – mamlakat miqyosida 
jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari 
bo‘lgan hukmron tuzilma hisoblanadi.
11
Davlatning asosiy vazifasi siyosiy hokimiyat va siyosiy 
boshqarishni taminlashdir. Davlatning asosiy belgilariga: oshkora hokimiyat, aholining hududga 
10
Сорокин П.А. Социальная и культурная динамика. М.:Астрель, 2006. 
11
Qarang: Falsafa. Ensiklopedik lug‘at. –T.:O‘zbekiston milliy endiklopediyasi.Davlat ilmiy nashriyoti. 
2010. –B.88. 


qarab bo‘linishi va hukmronlik vakolatlari amal qiladigan hududning o‘zi (mamlakat), huquqiy 
hujjatlarni chop etish va ularning bajarilishini talab qilishga bo‘lgan mutlaq huquq; soliqlar va 
yig‘imlar undirish, suverenitet – malum hududlarda to‘liq mustaqillik kiradi. (Ilova 7.10). 
Davlatning funksiyalari ikkiga bo‘linadi: ichki va tashqi. Ichki funksiyalariga xo‘jalik va 
manaviy hayotning barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratish, ichki tahdidlarni bartaraf etish 
va boshq. kiradi. Tashqi funksiyalariga tashqi tahdidlardan o‘z mustaqilligini himoya qilish; 
davlatlar bilan hamkorlik qilish, iqtisodiy, madaniy va h.k. aloqalarini o‘rnatish kiradi (Ilova 
7.10). 
Ayni vaqtda aynan bir davlat turli tarixiy davrlarda turlicha siyosiy tizimga ega bo‘lishi 
mumkin. Insoniyat tarixida asosan 2 tipdagi siyosiy tizim va davlatlar shakllangan. Bular: 
demokratik siyosiy tizim va demokratik davlat hamda totalitar (yoki avtoritar) siyosiy tizim va 
totalitar davlat. 
Demokratiya yunoncha so‘z bo‘lib, “xalq hokimiyati” manosini ifodalaydi. Demokratik 
davlat deganda, barcha fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklariga kafolat beradigan, 
hokimiyat tizimining bo‘linishi asosiga qurilgan, barchaning qonun oldidagi tengligini 
taminlaydigan, jamiyatdagi barcha kuchlarni birlashtirib, mamlakat taraqqiyotiga safarbar 
qiladigan davlat nazarda tutiladi. Demokratiya insoniyat sivilizasiyasi mahsuli, davlatchilik 
taraqqiyoti, ijtimoiy muammolarni hal etishning eng oqilona yo‘li, oqilona siyosiy tizim sifatida 
etirof etilgan. Demokratik davlatda xalq irodasi jamiyatni boshqarishning bosh omili 
hisoblanadi; aholining huquq, erkinliklari hamda manfaatlari, himoyasi, ijtimoiy hayotning 
barcha sohalarida qonun ustivorligi taminlanadi. 
Totalitar siyosiy tizimda davlat ijtimoiy hayotning barcha sohalarini yakkahokimlik 
asosida boshqaradi va nazorat qiladi; aholi, kishilarning har qanday erkinligini, xususiy 
tashabbusni bo‘g‘adi, tazyiq ostiga oladi. Bunday davlat yakkapartiyaviylik tizimiga asoslanadi 
va unda mafkura yakkahokimligi hukm suradi; kishilarning kundalik hayotiga o‘z 
yakkahokimlik g‘oyasini singdirishning xilma-xil (masalan, zo‘ravonlik-terror) usullaridan keng 
foydalaniladi; fuqarolardan davlat siyosatiga so‘zsiz va to‘la (total) itoat qilishni talab etiladi. 
Boshqaruv shakllari, tuzilishi va undagi siyosiy rejimga ko‘ra davlatlar turlicha bo‘ladi. 
Davlatning boshqaruv shakllariga ko‘ra monarxiya va respublika ko‘rinishlari mavjud: 
– Monarxiya hokimiyatning bir kishi (podsho, imperator,monarx) tomonidan 
boshqarilishiga asoslanadi. Respublika hokimiyat saylash orqali shakllantiriladi. 
– Tuzilishiga ko‘ra davlatlarning unitar, federativ va konfederativ turlari mavjud. 
Mustaqil O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo 
etishni o‘z taraqqiyot yo‘lining maqsadi qilib qo‘ygan. Jamiyatimiz siyosiy hayotini 
takomillashtirish xususiyatlari Respublikamiz ijtimoiy taraqqiyotning “o‘zbek modeli”da o‘z 
ifodasini topgan bo‘lib, u iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi; davlatning – bosh islohotchi 
ekanligi; qonunning ustivorligi; ijtimoiy himoyani kuchaytirish va bozor munosabatariga 
bosqichma-bosqich o‘tish tamoyillariga asoslanadi . 
Hozirgi vaqtda ko‘p zamonaviy davlatlar, shuningdek O‘zbekiston ham 
hokiyamiyatni 
bo‘lish
prinsipi asosiga qurilgan. Hokimiyatning uch tarmog‘i – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi 
va sud hokimiyati bir-birlaridan mustaqil ravishda o‘z vazifalarini bajaradilar. Siyosiy partiya, 
jamoat tashkilotlari va ijtimoiy harakatlar demokratik jamiyat siyosiy hayotining tarkibiy qismlari 
hisoblanadi.
Demokratik taraqqiyot sharoitida
fuqarolik jamiyati
, yani sotsiumning davlat tomonidan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita boshqarilmaydigan qismi: kasaba va ijodiy uyushmalar, nosiyosiy 
jamoat tashkilotlari (yoshlar, ayollar, faxriylar tashkilotlari, ekologik va xayriya tashkilotlari va 
boshqalar), turli qiziqishlar bo‘yicha tuzilgan jamiyatlar va klublar, xalq harakati va hokazolar, 
shu bilan birga, o‘z-o‘zini boshqarishning milliy modeli – mahalla jamiyat hayotida muhim rol 
o‘ynaydi. Demokratiya sharoitida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati rivojlanib borgan sari 
"Kuchli davlatdan – kuchli jamiyatga o‘tish tamoyili" amal qilib boradi. 
Jamiyatning 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish