Global jarayonlarning shakllanish tarixi.
Global miqyosdagi muammolar ilmiy
munozaralar predmeti sifatida XX asrning 60-70 yillarda jahon hamjamiyatida jiddiy qiziqish
uyg‘otgan. Dastlab 1930 yillarda E.Lerua, Teyyar de SHarden va V.I.Vernadskiylar insoniyat
hamjamiyatining global mohiyatini va uning Erdagi yashash tarixi uchun masuldir deganlar.
Keyin bu masala malum vaqtga unutildi va bir necha yildan keyingina 1970-80 yillarda yana
esga olindi. Bugungi kunda globallashuv jaryonining jadallashuvi o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro
tasir dialektikasi qonunlari asosida ilm-fan, madaniyat taraqqiyotiga, tasir o‘tkazmoqdaki, bu o‘z
navbatida yoshlardagi ijtimoiy masullik jarayoni zamonaviy ilm-fan yutuqlari, texnika-
texnologiya, xalqaro axborot almashinuvining jadal rivoji bilan o‘zaro aloqadorlikda yuzaga
keladi.
Globallashuvning asosiy ko‘rinishlari, tendensiyalari va oqibatlari tevaragidagi
munozaralar so‘ngi yillarda nafaqat jonlandi, balki qizg‘in tus olmoqda. Bugun nafaqat bir
davlatda, balki butun dunyoda bir-biriga qarshi kurash olib borayotgan "globalistlar" va "anti
globalistlar"ga ajraldi. Ayrim olimlar globalizatsiyani farovon turmush, tanlash huquqi va
yanada ko‘prok erkinlik, yani ko‘chib yurish, to‘liq axborot olish, ko‘proq xaq to‘lanadigan
joyda ishlash, eng yaxshi universitetlarda talim olish erkinligi bilan bog‘lasalar, boshqalar uchun
esa globallashuv insoniyatga tahdid soluvchi, global isish, atrof muhitning ifloslanishi, nazoratsiz
migratsiya omillarining vujudga kelishi, ishsizlarning ko‘payishi, ananaviy qadriyatlarga putur
etishi kabi muammolarni tug‘diruvchi jarayon sifatida baholamoqdalar. Bizning nazarimizda,
g
loballashuv, eng avvalo, taraqqiyot suratlarining tezlashuvi orqali butun insoniyat yalpi Yer
shari taqdirini birlashtirayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, manaviy-axloqiy, madaniy-ruhiy
hodisa sifatida o‘zini namoyon etayotgan bir paytda, uning yaxlit mohiyatining ijtimoiy-falsafiy
jihatdan tadqiq etishni taqozo etmoqda. Ayni shu nuqtai-nazardan qaraganda, globallashuv
odamlar orasida malum bir universal va umumhajmli aloqani o‘rnatishni nazarda tutadi.
Globallashuv jarayonining yani bir o‘ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u
mafkuraviy tasir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va
markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganligini har qanday odam ham sezishi qiyin
albbatta. Ana shunday sharoitda milliy manaviy qadriyatlarimizni tiklash yoshlar tarbiyasida
katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |