2-mavzu: demokratik jamiyat toʻGʻrisida qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari


XVI-XIX asrlar Oʻrta Osiyo hayotidagi murakkab davrlardagi parchalanishlarning salbiy oqibatlari



Download 31,29 Kb.
bet5/8
Sana31.12.2021
Hajmi31,29 Kb.
#204892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 mavzu

XVI-XIX asrlar Oʻrta Osiyo hayotidagi murakkab davrlardagi parchalanishlarning salbiy oqibatlari

XVI-XIX asrlar Oʻrta Osiyo hayotida murakkab va keskin burilish davri boʻldi. Uning murakkabligi avvalo, Amir Temur imperiyasining parchalanishi hamda vorislar oʻrtasidagi nizolar bilan bogʻliqdir. Doimiy ixtiloflar maydoniga aylanib qolgan Movarounnahr Shayboniyxon lashkarlari tomonidan bosib olinadi. Yurtda egasizlik, boshboshdoqlik hukm suradi. Mana shunday sharoitda haqiqiy ilm oʻrnini diniy aqidaviy qarashlar egallaydi. Natijada aniq va tabiiy fanlar quvgʻunga uchraydi, ayniqsa matematika va astronomiya orqada qoladi. Buning oqibatida ilm-fan rivojining darajasi keskin pasayib ketadi. Ayni paytda bu davr oldingi mutafakkirlar ilgʻor gʻoyalarining Oʻzaro faol ta’siri zaiflashuvi bilan harakterlanadi. Din bevosita davlat siyosatining asosiga, hokimiyat uning rahnamolari manfaatlarini niqoblovchi mafkuraga aylanadi. Natijada jamiyatda diniy tazyiq kuchayadi. Har qanday ijodiy hur fikr ta’qibga olinadi. Shunga qaramay, Oʻrta Osiyoda ijtimoiy fikr, falsafa, adabiyot, tarix, musiqa fanlari, me’morchilik, tasviriy san’at rivojlandi, qator madrasa va machitlar qurildi. Jumladan, Ibn Muhammad Yusuf Al-Qorabogʻiy, Muhammad Sharif, Mashrab va Soʻfi Olloyor, Nodira, Uvaysiy, Dilshod, Komil Xorazmiy, Avaz Oʻtar, Bedil, Fuzuliy, Ahmad Donish, Muqimiy, Ogahiy,Furqat, Mulla Olim Mahdum Hoji ijodiyotida ilgʻor ijtimoiy gʻoyalar yaratiladi.

E’tirofli jihati shundaki, shu davr ijodkorlari qaysi sohada ijod qilmasin, shaxs va ziyolilikka xos qudratda ularning asosiy diqqati halq va uning turmush dardi bilan bevosita bogʻliq boʻlganligiga amin boʻlamiz. Mullo Olim Mahdum Hoji «Tarixi Turkiston» asarida shunday deydi. «Turkiston xonlari vaqtidagi musulmoniyalar nihoyat darajada ahvoli olamidin xabarsiz boʻldilar. Zolim hakamlarga rost va toʻgʻri soʻzni aytadurgʻonlar qolmay, zolimlar uchun besh-oʻn tillo badaliga ertadan kechgacha xushomad soʻzlar aytib, alar qanday soʻz aytsa, ma’qul deydurgʻonlar boʻlgʻon edilar. Ilmu maorifda boʻlsa Turkistonda oʻtgan Ibn Sino, Forobiy, Ulugʻbek, Aliqushchi oʻrniga oʻlturgʻon olim, faylasufi zamon deganlarimiz izzatu nafs va riyokorlikga tabdil boʻlub, jahl balosigʻa mubtalo boʻlgʻon edilar. Hakam va ulugʻlarimiz fuqarolardin oʻz joyigʻa va masrafigʻa sarf qilmay, oʻz xohishlari va yusha’larigʻa harj va sarf qilar edi. Hukumat ishida mutlaqo muntazam qoida va qonun yoʻq edi. Fuqarolar olarning oʻz molidek hisob qilinur edi».

Mavjud manbalar milliy davlatchiligimizni tanazzulga tortgan siyosiy kurashlar va oʻzaro ixtiloflarning sabablarini oʻrganish, undan saboqlar chiqarish imkoniyatlarini beradi. ma’lumki, movarounnahr davlatchilik tarixi va uning taraqqiyotini islom falsafasidan ayri holda koʻra olmaymiz. ajdodlarimiz dunyoviy va diniy ilmlarni bevosita uygʻun tarzda olib borishgan. u xoh diniy, xoh dunyoviy yoʻnalishda boʻlmasin, uning asosida inson - jamiyat - davlat muammosi yotadi. faqat biryoqlama diniy mafkuraga asoslangan munosabat, soʻngra mustamlakachilik siyosati adolatli jamiyat qurishga qaratilgan ilgʻor, milliy madaniy merosni ta’qib ostiga oladi. natijada fan va ta’limot oʻz zaminidan ayrilgan aqidalar va mavhum gʻoyalar ta’siriga tushib qoladi, ammo tarixning ana shunday murakkab davrida ham vatanimiz hududida hurriyat bilan yoʻgʻrilgan ijtimoiy - siyosiy qarashlar toʻxtagan emas. aksincha, bunday istak har bir vatandoshimiz qalbida umummilliy istiqlol gʻoyasining vujudga kelishiga turtki boʻldi. ana shunday gʻoyalarni shakllanishida XX asrning boshlaridagi jadidchilik harakatini alohida oʻrganish lozim.




Download 31,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish