2-mavzu: demokratik jamiyat toʻGʻrisida qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari


Amir Temur va Temuriylar davri milliy davlatchilik toʻgʻrisidagi qarashlarida demokratik tamoyillar



Download 31,29 Kb.
bet3/8
Sana31.12.2021
Hajmi31,29 Kb.
#204892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 mavzu

2.2. Amir Temur va Temuriylar davri milliy davlatchilik toʻgʻrisidagi qarashlarida demokratik tamoyillar

XIII-XIV asrlarda Oʻrta Osiyoni moʻgʻullar tomonidan istilo qilinishi iqtisodiy va ma’naviy hayotga katta salbiy ta’sir koʻrsatadi. Mamlakatda jabr-zulm va zoʻravonlik kuchayadi, mehnatkash halq qattiq eziladi. Juda koʻp madaniy boyliklar, ilm maskanlari, madrasa va kutubxonalar yoʻq qilinadi, san’at va ilm-fan vakillari: olimlar, shoir va yozuvchilar, munajjimlar, me’morlar va musavvirlar oʻldiriladi, omon qolganlari Shimoliy Hindistonga, Gʻarbiy Eron va Xuroson viloyatlariga qochib jon saqlab qoladilar. Aynan mana shunday murakkab davrda Amir Temurning (1370 yil) siyosiy sahnaga kelishi hamda mustaqil davlat barpo etishi Oʻrta Osiyo halqlarining moʻgʻul istilosidan, ichki oʻzaro nizolardan qutulishiga olib keladi. Mamlakatda oʻrnatilgan barqarorlik markaziy davlatning tez orada mustahkamlanishiga, siyosiy kuchlar tarqoqligini bartaraf etishga, ayni paytda, turli islohotlarning amalga oshirilishiga, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishiga turtki boʻldi.

Bu davrda milliy davlatchilik toʻgʻrisidagi qarashlarning rivojlanishida Amir Temurning xizmatlari katta boʻldi. Uning tuzuklarida davlat tizimi, uni idora qilish uslublari va vositalari, undagi turli lavozim-vazifalar darajasi, tabaqalarning toifalanishi, harbiy qoʻshinlarning tashqil etilishi, jang olib borish mahoratlari, davlat xizmatchilari ragʻbatini tashqil etish omillari, adolatli soliq turlarining joriy etilishi, mamlakatni obodonlashtirish tadbirlari milliy davlatchilikning yuksak madaniy va huquqiy darajada shakllantirishga erishganligidan dalolat beradi. Bunday siyosatning asos-mohiyati adolatli davlat, insonparvar jamiyat negizlarini qaror toptirishga qaratiladi.

Amir Temur davlat boshqaruvining demokratik asoslarini yaratishda mamlakat ishlarini doimo kengash, mashvarad, maslahat, hushyorligu, mulohazakorlik, ehtiyotkorlik bilan amalga oshirishga qaratadi. Saltanat ishlarini Kengash asosida olib borish - bu aslida ayonlarning rizoligi va ixtiyori demak. Bundan chiqdi bunday yondashuv bevosita davlat boshqaruvi taqsimotining ilk koʻrinishlari toʻgʻrisidagi qarashlarning rivojlanishiga zamin yaratgan.

Sohibqiron har bir ishda siyosatni adolat bilan amalga oshirishga va bunda turli vositalar asosida uning izchilligini ta’minlashga erishadi. Ya’ni adolatga qaratilgan maqsadlarni adolatli vositalar bilan uygʻunlashtirish asosida davlat boshqaruvining nazariy ta’limotlarini amaliy jihatdan boyitadi-ki, saltanatda adolatni ta’minlovchi siyosat murvatlari yuzaga keladi. Masalan, u nafaqat davlat xizmatchilarining qanday sifatga ega boʻlishini, balki shunday sifatlilarni qanday qilib davlat boshqaruviga kelishini ta’minlashning yoʻnalishini ishlab chiqadi. Bu borada u shunday deydi: «Agar har narsani va har kimni oʻz martabasida saqlay olmasang, saltanatingga bundan koʻp halal va ziyon yetgay. Demak, har kimning qadr-qimmatini, tutgan mavqeini va har narsaning oʻlchovini belgilab olishing va shunga muvofiq ish yuritishing kerak» deb, u davlat xizmatida salohiyatli shaxslarning ishtirokini amaliy tatbigʻiga aylantiradi. Jumladan: «Kimning aqli va shijoatini sinov tarozusida tortib koʻrib, boshqalarnikidan ortiqroqligini bilsam, uni tarbiyatimga olib, amirlik darajasiga koʻtarar edim. Soʻngra koʻrsatgan xizmatlariga yarasha martabasini oshirib borardim» deydi.

Amir Temur oʻz davridagi xizmatlarining eng asosiysi va eng buyugi-bu uning davlat arbobi sifatida adolat gʻoyalariga asoslangan milliy davlatchilik ta’limotlarining huquqiy negizlarini yaratganligi hamda uni tatbiq etib berganligidadir. Shu tariqa u oʻz siyosiy faoliyatini shunday ifoda etadi: “Har mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuqlar va axloqsiz odamlarni mamlakatimdan quvib chiqardim. Pastkash va razil odamlarga oʻzlariga loyiq ishlar topshirdim, hamda hadlaridan oshishlariga yoʻl qoʻymadim. Ulugʻlarini va sharaf-e’tiborli kishilarni hurmatlab, martabalarini oshirdim. Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yoʻlini toʻsdim».




Download 31,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish