2-mavzu: demokratik jamiyat toʻGʻrisida qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari



Download 31,29 Kb.
bet4/8
Sana31.12.2021
Hajmi31,29 Kb.
#204892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 mavzu

Alisher Navoiy (1441-1501) Shu davrning yirik klassik namoyondalardan biri Alisher Navoiydir. U nazariyotchi va amaliyotchi sifatida davlat siyosatining adolatli asoslari va uning ma’naviy mezonlarini rivojlantirishga katta hissa qoʻshadi. Ayniqsa, adolatsizlik va zulm davlatni tanazzulga, jamiyatni jaholatga olib kelishi toʻgʻrisidagi qarashlari oʻz ifodasini topadi: «...davlat ishi bilan mashgʻul boʻlgan amaldorlik chogʻlarimda koʻngil mulkini turli odamlarning hujumi bulgʻaladi. Goh amirlik oʻrnida oʻtirdim va hukumat mahkamasida halqning arz-dodini soʻrdim va goh podshoh yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga muruvvat koʻrsatdim» deydi.

Oʻzbek tili va mumtoz adabiyotining asoschisi, mutafakkiri, davlat arbobi. Oʻz «Hamsa»si bilan butun olamga koʻrsatgan buyuk soʻz sa’natkori «Badoyi ul-bidoya», «Navodir ul-nihoya», «Zubdat ut-tavorix», «Chor kitob», «Majolis un-nafois», «Mahbub ul-qulub» kabi asarlarni ham bizga meros qilib qoldirgan.

A. Navoiy adolat toʻgʻrisidagi qarashlarida inson ruhiyati bilan bogʻliq ijtimoiy illatlarning mohiyatini izlaydi. Jamiyatda yovuzlikning kelib chiqish sabablarini tahlil etadi. Adolatli jamiyatga erishishda nafaqat podshohning odilligi, balki fuqarolar oʻrtasidagi munosabatlarning adolatli, ma’nan sogʻlom boʻlishi lozimligiga e’tiborni qaratadi: «Olamda boʻlmish har nav’ odam bilan koʻrishdim; katta- kichikning fe’lu atvorini oʻrgandim; yaxshi-yomonning xislatlarini tajribadan oʻtkazdim; yaxshilik va yomonliklarning sharbatini ichib, zahrini totib koʻrdim. Baxil va pastkashlarning zaxmini, saxovatli kishilarning malhamini koʻnglim darhol sezadigan boʻlib qoldi» deydi. Ayni paytda, u inson ruhiyati bilan bogʻliq illatlar mohiyatiga shunday nisbat beradi: «Yaxshilikka mukofot - qoʻpollik; odob bilan qilingan xushmuomala evaziga kekkayish, takabburligʻdan Oʻzgacha munosabat koʻrmaysiz. Birovga bir xizmat qilsang, undan oʻn zarb yeyishga tayyor turmoq kerak; kimgaki bir tavoze’ koʻrsatsang, ming qoʻpollik va dilsiyohlikka hozir boʻlib turmogʻing lozim». Shu tariqa, u «Mahbub ul-qulub» asarida har xil odamlarning fe’l-atvori va ahvoli, yaxshi fe’l xosiyati va yomon xislat kasofati haqidagi qarashlari asosida jamiyat ijtimoiy munosabatlarining yaxlit nazariy tizimi, fuqaro-jamiyat-davlat oʻrtasidagi axloqiy majburiyatlarni umumlashtirishga erishadi.

Ularda jamiyatni boshqarish asoslari, ijtimoiy tabaqalarning oʻzaro munosabatlari, adolatli va adolatsiz podshoh fazilatlari, fuqarolarga odil munosabati, axloq va ta’lim-tarbiya masalarini tahlil etgan. shu tariqa davlat boshqaruviga oid ijtimoiy qarashlarni oʻz navbatida oʻtmish davlatchilik madaniy merosimiz bilan bogʻliq boʻlgan qadriyatlarimizni yanada boyitishga xizmat qilgan.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, XIV-XV asrdagi ijtimoiy va madaniy yuksalish oʻz mazmun - mohiyati bilan IX-XII asrlardagi Oʻrta Osiyodagi uygʻonish davrining uzviy davomi edi. Xulosa shundaki, bunday madaniy meroslarning monandlikka intilishi, uning davriy uygʻunlashuvi halqlar hayotida taraqqiyot hamda yuksalishiga poydevor boʻlgan nazariy ta’limotlarning rivojlanish bosqichlarini kuzatamiz. Ammo Oʻzbekiston halqlari davlatchilik tarixi oʻz taraqqiyotida bir xilda rivojlangan emas.


Download 31,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish