2. Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining xususiy masalalari


III. SAVOD O`RGATISH METODIKASINING PSIXOLOGIK VA LINGVISTIK ASOSLARI



Download 40,18 Kb.
bet4/11
Sana22.01.2022
Hajmi40,18 Kb.
#399202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-maruza-3

III. SAVOD O`RGATISH METODIKASINING PSIXOLOGIK VA LINGVISTIK ASOSLARI.

1. Maktabda o`qish va yozish «AIifbo» ga asoslangan holda 2- sentabrdan 30- yanvargacha davom etadi (Boshlang`ich sinflar dasturi t., 1996). Bu davrda o`qish va yozuv o`rgatiladi. So`ngra o`qish va yozish ko`nikmasi takomillashtiriladi. O`qish va yozishni avtomatlashtirish uchun ko`p o`qish, ko’p yozishga to`g`ri keladi. O`qishni ko`nikmadan malakaga ko`chirish uchun o`qish va yozish matnlari bir xil bo`lmay turlicha bo`lishi, zerikarli bo`lmasligi zarur.

O`qishda grafik belgilar-harflarni tovushga aylantirish bosqichi, yozuvda esa tovushni harfga aylantirish bosqichi bo`lib, bu o`quv rejasi haftasiga 4 soat o`qish, 4 soat yozuv darslari o`tkaziladi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 6- 7- mayda o`tgan majlisida «Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosi» hamda uni hayotga joriy qilish to`g`risidagi qonun va qarorga o`zgarishlar kiritildi. Qarorni bajarish haqida 1995 yil 24- avgustda 339-son bilan Vazirlar Mahkamasining Raisi tomonidan tasdiqlandi. Bu esa savod chiqarishni, o`qib yozishni ancha qulayliklarga olib keldi. Chunki kirilldagi 35 harf o`rniga 26 harf, 3 nutq tovushi (ng, ch, sh) harf birikmasi hammasi bo`lib 29 harf tutq belgisi qabul qilindi. Shu harflarning 6 tasi unli tovushni,23 tasi undosh tovushlarni ko`rsatadi. Kirilldagi 10 ta unli harf 6 taga keltirildi.

2. O`zbek yozuvi tovushli, aniqrog`i fonemali yozuvdir. Har bir fonemaning harfli belgisi - grafikasi bor.

Maktabda savod tahlil-tarkib tovush metodi asosida o`rgatiladi. So`zni qanday tovushlardan iborat ekanligini o`quvchi tahlil qilish orqali aniqlaydi, ajratadi, tarkiblaydi, yig`adi.

3. Savod chiqarishda «E» harfini o`rgatishda davomli qiyinchiliklar bor edi. «E» so`z boshida kelsa Ye, undoshdan keyin kelsa E deb o`qishni o`quvchiga majbur qilinardi. Lotin yozuviga o`tish bu qiyinchilikni olib tashladi. Endilikda so`z boshida ham, undoshdan keyin ham «e» belgisi bir xil tovush - E deb o`qiladi. Bu so`z talaffuzi osonlashdi yoki meyorlashdi.

«NG» tovushiga harf qabul qilinib to`g`ri qilindi. Tong, ong singari so`zlarni yozilishi, o`qilishi osonlashdi. O`zbek tili milliyligi saqlab qolindi. O`zbek millati nutq apparatiga mos bo`lmagan «TS» harfi «‘» (yumshatish) belgisi harflar sirasidan chiqarildi. Uning o`rniga so`z boshida S unlidan so`ng TS, undoshdan so`ng S baynalminal so`zlar oxirida S yozish qoidalashtirildi (shprits) o`zbek milliy talaffuziga moslashtirildi. Bu omillar birinchi sinfga savod o`rgatishni, o`qish ko`nikmasini tezlashtirishga katta yordam beradi.

«Alifbo» yaratilishida harflar berilishini tartiblashda ilmiylikka yondashish zarur. Birinchi navbatda sonor tovushlarni berish lozim. Chunki sonorlar yarim unlidir.. Savod o`rgatishning boshlang`ich kunlarida birinchi bo`g`in birinchi so`z o`qilishida o`quvchidan bo`g`inlab o`qish talab qilinadi. Dastlabki bo`g`in hosil qilinishda ochiq bo`g`in hosil qilinganda undoshni cho`zib talaffuz qilishga to`g`ri keladi: nnno, mmmo, nina-mana (shuning uchun dastlab portlovchini berib bo`lmaydi)

Ikkinchi navbatda sirg`aluvchilarni, uchinchi navbatda portlovchilarni, oxirida affikatlarni berish ma`quldir.

Amaldagi «Alifbo» (Shodlik) da 9-betida 2-harf berilishidayoq portlovchi T tovushi va harfi berilgan.

4. Bola o`qish jarayonida bir harfnigina ko`radi, uni bilish uchun boshqa harflarga qiyoslaydi, yoki «Rasmli Alifbo» dagi rasmning birinchi tovushini eslash orqali harfni taniydi, bo`g`inlar o`qish talab qilinganda o`quvchi: 1) oldingi harfni yodda tutadi; 2) kamida yana bir harfni o`qishga intiladi; 3) bo`g`in hosil qilib o`qiydi, so`z hosil qiladi.

Birinchi sinf o`quvchisi alifbo davrida ham o`qishga o`tganda ham ko`pincha qatorni kuzatib ulgurmaydi va qatorni yo`qotib qo`yadi, chunki sinfdagi o`quvchilarning o`qish tezligi bir xil emas.

Savod o`rgatish davrida bamma o`quvchilar o`qiganini tushunib so`zlab bera olmaydi. Hali u bo`g`inlab so`zni o`qish bilan band bo`ladi. Asosiy diqqati ovoz chiqarib o`qishga qaratiladi. Ovoz chiqarib o`qish sinovdan o`tgan usuldir. Bo`g`ini ko`p bo`lgan so`zlar, o`qilishi qiyin so`zlar o`quvchini shoshiltirmasdan, bo`g`inlatib o`qitiladi, targ`ib qildiriladi.

Bo`g`inlab o`qishda murakkab jarayon bor. Bo`g`inni o`qish uchun birinchi harfni tovushga aylantirmay turib ikkinchi harfini tovushga aylantirish uchun nutq o`rganish tayyorgarlik ko`rishi va bir vaqtda ikkala harfni tovushga aylantirib, ovoz chiqarib o`qishga to`g`ri keladi. Bolalarda aqliy muhim asliy jarayonlarni: idrokni, xotirani, tafakkuri va nutqni o`stirish o`qitishda muvaffaqiyatga erishishning kaliti hisoblanadi. O`qitishda diqqatga barqarorlik, uzoq esda saqlash, xotiraning tayyorligi, tafakkurning puxtaligi, mantiqiyligi va nutqning boyligi, rang-barangligi, to`g`riligi har bir o`quvchining faolligi ma`lum darajada mustaqil bilim olishga xizmat qiladi.

Savod o`rgatish darslarning kundalik doimiy mashg`ulotining katta qismini so`zdan bo`g`inni, bo`g`indan tovushni ajrata olish va yig`ish ko`nikmalarini rivojlantirish, mashq turlarini bajarish zarur.

Yozuv. Savod o`rgatish jarayonida yozuv darslarida o`quvchi bir necha mustaqil ishlarni bajarishga to`g`ri keladi. Daftarning qiyaligini saqlash, ruchkani to`g`ri ushlash, chamalab kichkina chiziqqa harfni joylashtirish, so`zning sig`may qolgan qismini bo`g`inlab ko`chirish, to`g`ri o`tirish, daftar bilan ko`z oralig`ini bir meyorda saqlash singari ishlarni mustaqil bajarishga to`g`ri keladi. U shuning uchun jismoniy charchaydi. Bunday paytda fizminut o`tkazilishi lozim. Ko`pgina psixologik holatni o`taydi. Bu harakatlarning barchasi ongli faoliyatdir.


Download 40,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish