2. Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining xususiy masalalari


SAVOD O’RGATISH JARAYONIDA TOVUSH METODI



Download 40,18 Kb.
bet7/11
Sana22.01.2022
Hajmi40,18 Kb.
#399202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-maruza-3

5.SAVOD O’RGATISH JARAYONIDA TOVUSH METODI.

Ma’lumki, tovush metodni bilan xat-savod o‘rgatishga Rossiyada K.D-Ushinskiy asos solib, u sintetik tovush metodini qat’iy himoya qilgan edi

Tovush metodi bilan savod o‘rgatilganda, so‘zning eng kichik bo‘lagi, ya’ni nutq tovushlari asos qilib olinadi. So‘zning ma ‘nosini o‘zgartira oluvchi har bir tovush yozuvda harf orqali ifodalanishi: so‘zda tovushlar almashishi, ortishi eki kamayish natijasida boshqa bir yangi so‘z xosil bo‘lishi mumkinligi bolalar ongiga yetkaziladi. Keyingi yillarda ham xat-savod tovush metodida o‘rgatilmoqda. Atoqli metodistlar (S.P.Redazudov, A-I.Voskresenskaya, K. Qosimova, Y.Abdullaev, O.SHarafiddinov) tovush metodida xat-savod o‘rgatishni takomillashtirdilar.

Arab alfavitida yozuvni o‘rgatish qiyin edi. Arab alfavitidagi harflar so‘zda qo‘llash o‘rniga qarab, har xil shaklda yozilgan, bu yozishni o‘rganishniqiynlashtirgan. Shuning uchun ko‘p maktablarda bolalarga o‘qish o‘rgatilib yozuv o‘rgatilmagan, chunki domla va otinoyilarning ko‘pchilagi o‘qishni bilgan-u yozishni bilamagan.

Eski maktabda yozish chiziqsiz tekis oq qog’ozga dastlab yo’g’onroq savag’ich qalamda o‘rgatilgan: bolalar yozishni ozroq o‘rganganlaridan keyin qamish qalamda ham yozishgan, ularga ruchkada yozishga ruxsat etilmagan.

Yozishni o‘rgatish alfavit tartibda harflarning alohida-alohida shaklni yozdirishdan boshlangan. Avval alifni yozish o‘rgatilgan, keyin o‘xshash shaklli harflar bandlarga bo‘linib, o‘xshash unsurni bo‘lmaganlari esa ayrim-ayrim yozdirilgan. Ayrim domlalar ba’zi harflarni elementlarini yozish bir – ikki yilga cho‘zilgan .

Shundan keyin harflarni nusxaga qarab alfavit tartibida katta-katta qilib yozish, mufrodot ( sarhad ) deyilgan: bunday yozish bir – ikki yilga cho‘zilgan .

Shundan keyin harflarni bir-biriga qo‘shib yozish mashqi boshlangan. Bu mashqni murakkabot deyilgan. Harflarni bir-biriga qo‘shib yozish mashqi bir necha bosqichga bo‘linib, harf birikmalarining ma’no anglatish – anglatmasligi umuman e’tiborga olinmagan. Qanday qo‘shilish mashq qilinavergan. Ko‘pgina eski maktablarda bunday mashq “abjad yozish ” bilan tugallangan .

Murakkabotdan keyin bayt, qit’a va ruboyilarni ko‘chirib yozish mashqi boshlangan. Bu mashqni muqaddimot deyilgan .

Bu mashqqa ham juda ko‘p vaqt sarflangan-u ma’noli so‘zlarni yozish bilan boshlanib, duoyi salom (insho )yozish bilan tugallangan .

Yozuvni o‘rgatish va husnixat mashq qildirishda (Mufradot) kitobidan foydalanilgan. Bu kitobchada har uchala mashq turi ba’zi nashrlarda esa insho namunalari berilgan.

Eski maktabda yozuvga o‘rgatishning birdan-bir yo’li ko‘chirib yozuv – nusxa ko‘chirish bo‘lgan, natijada bolada yozma nutq ko‘nikmasi hosil qilinmagan. Bu mashq bolani juda zeriktirgan, hech o‘ylanmasdan yozishga odatlantirilgan. Maktabxonada ijodiy ko‘chirib yozuv mashqlarining, shuningdek, boshqa usullarning qo‘llanmaganligi orqasida bola chiroyli ko‘chirib yozish ko’nikmasini hosil qilgan bo‘lsa ham, ammo o‘z fikrini yozma ifoda qila olmagan, eng oddiy jumlalarni ham juda ko‘p xato qilib zo‘r - bazo‘r yozgan .

Eski maktablarda, madrasalarda o‘zbek tili o‘qitilmagan, natijada eski maktab bolalargina emas hatto madrasda bir necha yil umr o‘tkazgan ba’zi bolalar ham o‘z ismini to‘g’ri yozishni bilamaganlar .

Arabchada to‘g’ri, chiroyli yozuvga o‘rgatish uchun Xivalik shoir Shermuhammad Avazbey o‘g’li Munisning ( 1778-1829) “ Savodi ta’lim ” kitobidan foydalaniladi.

Rus – tuzem maktablarida o‘qish va yozishga o‘rgatish, odatda, bir vaqtda boshlanib, bir- biriga bog’lab olib borilgan, har kuni avval o‘qish, keyin yozuv darsi bo‘lgan; o‘qish va yozish onglilik tamoyili asosida o‘rgatilgan; bolalar qaysi tovush, bo‘g’in, so‘z yoki gapni o‘qiyotgan yoki yozayotganini aniq tasavvur qilgan, ma’nosiga tushungan, arabcha harfning yolg’iz shaklini, yohud biror harfning elementini yozayotganligini ongli ravishda bilgan.

Rus-tuzem maktablarining o‘zbekcha sinfida ko‘chirib yozishga va diktantga ko‘p vaqt sarf etilgan. 4- bo‘limda, ulardan tashqari, insho ( turli tilxat, duoi salom va savdo ishiga oid har xil xatlar ) yozishga ham o‘rgatilgan





Download 40,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish