Korrektsiyalovchi qurilmalar ishlash qonuniyatiga ko`ra xilma xil guruhlarni tashkil etadi. Ularga har xil elektrik va mexanik qurilmalar (signallar ustidan differentsiallash va integrallash amalini bajarish uchun) hamda yordamchi mexanizmlar (teskari bog`lanishini tahminlash uchun) kiradi.
Korrektsion qurilmalar Passiv tipli va faol tipli bo`lishi mumkin. Passiv tipdagi korrektsiya qurilmalari energiya manbasiga ega bo`lmay, ularning chiqishidagi signallar quvvati kirishdagi signal quvvatiga qaraganda kamdir. Faol tipdagi qurilmalar kuchaytirgichlarga ega bo`lib, qo`shimcha energiya manbalari bilan tahminlangandirlar.
Elektr signalining ko`rinishiga qarab korrektsiyalovchi qurilmalar o`zgaruvchan va o`zgarmas tokda ishlaydiganlar sinfiga bo`linadi.
Korrektsiyalovchi qurilmalarni avtomatik boshqarish tizimsi tarkibiga kiritilayotganda ularni ulangan usulini tekshirib ko`rish, hamda tebranishni Pasaytiruvchi qurilmalar —dempferlardan foydalanish kerak bo`ladi.
Ayrim hollarda havo to`ldirilgan yoki yog`li dempferlardan foyda-laniladi. Agar bo`g`inning dinamik ish jarayoni
(1)
tenglama bilan yoziladigan bo`lsa, u holda uning erkin harakati so`nmaydigan tebranishlarni tashkil etadi.
Tebranishni Pasaytiruvchi dempfer yordamida
(2) ko`rinishdagi tenglamaga ega bo`lishimiz mumkin va bu harakat Paytida qarshilik ko`rsatib, tebranishni so`nishga olib kelishini ko`rsatadi.
Mexanik tizimlar uchun esa suyuqlikni (magnitli, havo va yog`li dempferlar bilan bir qatorda) boshqa Pasaytirgichlardan ham foydala-niladi. Stakanning ichida harakatlanuvchi, torgina teshikka ega bo`lgan Porshenli dempfertar, mo`ynasimon, yelpig`ich shaklidagi va boshqacha ko`rinishdagi dempferlar mavjuddir. Magnitli dempferlarga qurilmaning harakatlanuvchi qismiga uzviy bog`langan, o`zgarmas tok magnit maydonida aylanadigan alyumin lappakni ham olish mumkin. Lappak uyurma toklar tahsirida aylanganda tezlikka Proportsional ravishda aylanishga qarshilik ko`rsatuvchi moment Paydo bo`ladi.