2-ma’ruza: xalq og‘zaki ijodi va bolalar kitobxonligi



Download 30,6 Kb.
bet5/5
Sana20.03.2022
Hajmi30,6 Kb.
#501690
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma'ruza-1

Tez aytishlar og‘zaki nutq mashqi bo‘lib, kichik yoshdagi bolalarda ma’lum tovushlarni to‘g‘ri va ohangdor talaffuz qilish ko‘nikmalarini orttiradi. Bu janrga mansub asarlar bolalarni biyron o‘zlashga o‘rgatish bilan birga, ularga estetik zavq beradi, fikrlash qobiliyatlarini o‘stiradi, xotiralarini mustahkamlaydi.
Olti juft oq chinni choynakka to‘rt juft ko‘k qopqoq, to‘rt juft ko‘k chinni choynakka olti juft oq qopqoq yopsa bo‘ladimi?
X X X
O‘ktam ko‘m-ko‘k, ko‘rkam ko‘klam rasmini ko‘p ko‘k qalamda chizmoqchi.
X X X
Zanjir, sarjin, anjir.
X X X
Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turibdimi, turp tutni turtib turipdimi?
X X X
SHotursunning shotutini shitirlatgan shamol SHarifning shaftolisini shitirlatdi.
X X X
Qurulishga terak kerak,
Demak, ekmoq kerak terak.
Tolib turpni tarozida tortib topshirdi.
Oq choynakka oy qapqoq, ko‘k choynakka ko‘k qapqoq.
Oltin o‘tloq – oq o‘tloq.
Ertaklar xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy turlaridan biri bo‘lib ota-bobolarimizning turmush tarzi, vatanga muhabbati, jasorat va adolatlilik haqidagi ideal orzulari xayoliy va hayotiy uydirmalar dostonida hikoya qilinadi. Xalq tomonidan yaratilgan ko‘plab ertaklarda bolalarning o‘ziga xos hayoti chetlab o‘tilmagan. Hatto turli yoshdagi bolalar uchun juda ko‘p maxsus ertaklar yaratilgan.
Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan chambarchas bog‘lanishi, insonlarga axloqiy va ma’naviy yo‘ldosh bo‘lib kelishidadir. Ertaklar sodda va tushunarli bo‘lgani uchun har qanday kitobxonga tez etib boradi. Ular orqali ham insonning ijtimoiy axloq normalari shakllanadi. Bu hol, ayniqsa, hayvonlar haqidagi ertaklarda aks etgan.
Ertak termini qadimiy tarixga ega bo‘lib, turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlar orasida turli xil shaklga ega bo‘lgan.
M.Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asarida ertak etuk hikoya, deb berilgan. Ertak esa biror maqsadni shaxsga bildirish, hikoya qilish ma’nosida qo‘llangan. Abushqada-ertak, Namanganning janubida «ertangi», Xorazmning ba’zi joylarida «vorsoqi», Ozarbayjonda «naql», Tojikistonda «afsona», Toshkent shevasida «cho‘pchak» deb yuritiladi. Ertaklar haqida, V.YA.Propp shunday deydi: «U yoki bu janrni aniqlashda asosiy uch belgiga uning poetikasiga, hayotdagi o‘rniga va ijro formasiga e’tibor berish lozim».
Fantastika-grekcha so‘z bo‘lib, keng ma’noni bildiradi. U o‘zbek tilida hayot degan ma’noni anglatadi. Tilsim-arabcha so‘z bo‘lib, sehr-jodu bilan turli ajoyib narsalar (sirli olma, sirli suv, oynai jahon, bir gaz yozsa, qirq gaz bo‘lar) ning namoyon bo‘lishidir. Xayol umumiylikni, tilsim xususiylikni bildiradi.
Xalq ertaklari o‘z xususiyatlariga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi: hayotiy ertaklar, hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli-afsonaviy ertaklar, ijtimoiy-maishiy ertaklar.
6.O‘zbek xalq ertaklari badiiy prozaning yorqin namunasi bo‘lib, unda mehnatkash xalqning hayoti, ularning orzu- istaklari o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. O‘zbek xalq ertaklari tarixida Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi o‘g‘li, Xusanboy Rasul o‘g‘li, Nurali Nurmat o‘g‘li, Ravshan bobolarning alohida xizmatlari borligini ta’kidlash kerak.
Ertaklar janr xususiyatlarga ko‘ra yuqoridagi nomlari aytilgan turlaridan tashqari hajviy va tarixiy ertaklarga bo‘linishi har jihatdan xarakterlidir.
Hayotiy-maishiy ertaklarda inson hayotining turli jabhalari qahramonlik, do‘stlik, vafodorlik va mehnatsevarlik fazilatlari ulug‘lanadi.
Odatda, mashq raqamlar marosim va azalar ma’lum «tayyorgarlik» bosqichidan o‘tgach, fol’klor matniga o‘tadi. 3,7,40 raqamlar ko‘proq dafn marosimlariga bog‘liq bo‘ladi. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagigada uch raqami uch oqshom, uch hodisa, podshohning uch qizi, uch aka-uka, dasturxondagi taomlardan uchtasiga ta’rif berish singari epizodlar ko‘zga tashlanadi.
Biz o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodidagi qadimgi e’tiqodlarning turli formalarida alohida ahamiyatga molik bo‘lgan raqamlarning genetik asosiga, poetik funksiyalari va qo‘llanish qo‘llamiga ko‘ra ikkiga ajratdik. 1) mashq raqamlari. 2) an’anaviy raqamlar. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining eng qadimga turlaridan bo‘lgan ertaklarda qo‘llanuvchi 3,4,5,7,9,40 raqamlari mashq raqamlar xisoblanadi. «Uch og‘ayni botirlar» ertagida ham shu raqamlarning hikoya mazmunida tez-tez takrorlanishi ko‘zga tashlanadi: Uch aka-uka, uch kecha, podshoning bo‘yi etgan uchta qizi, uch hodisaning sodir bo‘lishi, uchta nasihat, podsho ziyofatida uch xil ibratli va adolatli gap uchraganing guvohi bo‘lamiz.
Hayotiy-maishiy ertaklardan «Malikai Husnobod» kishi diqqatini o‘ziga alohida tortadi. Zolim podsho «qarg‘aning qag‘ degani nimani bildiradi. Sizlarga 40 kun muhlat, agar javobini topa olmasangiz hammangizning boshingizni tanalaringdan judo qilaman,-deb dag‘dag‘a qiladi. Sarosimaga tushib qolgan vazir hamma olimu fuzalolarni to‘playdi. SHunda ularning birortasidan sado chiqmaydi. Bu savolga podshoning go‘zallikda tengi yo‘q qizi Husnobod javob qiladi.
Podsho kenja xotini kambag‘al bo‘lgani uchun uni doimo kamsitar edi. Bu uning go‘zal qizi malikai Husnobodning qalbida o‘chmas iz qoldirgan edi. SHuning uchun u payt poylab zolim otasiga javob qilishini kutib yurgan edi: «Qarg‘aning qag‘ degani-erni bor qiladigan ham xotin, uni yo‘q qiladigan ham xotin»,-deydi. Husnobod o‘zining to‘g‘ri so‘zligi uchun jazolanadi, lekin ertak xulosasida o‘z tengiga turmushga chiqib, barcha kambag‘al uchun hamma shart–sharoitlarni yaratib murodu-maqsadiga etadi. Ertakda voqea va hodisalarning mantiqiy bog‘lanishi asosida ideal qahramon xarakterini yaratadi. Mazkur tugunlar keyin sodir bo‘ladigan butun voqea-hodisalarni tashkil etadi. Birida asar qahramoni uchun kurashib mushtipar onasini himoya qilsa, keyinroq esa sostial-maishiy hamda sinfiy qarama-qarshiliklar baxtiyor hayot haqida ezgu-umidlar aks etadi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Alla, erkalatma, ovutmachoq, «CHittigul» tukumiga kiradigan qo‘shiqlar, aytishuv qo‘shiqlari, ramazon qo‘shiqlari, maqol, matal, masal, aforistik so‘zlar, maqollarning ko‘p qirraligi, ovutmachoq, zarbulmasal, hikmat, otalar so‘zi,topishmoq, jumboq, chiston, boshqotirma, murakkab syujetli topishmoqlar, qadimiy topimshmoqlar, syujetli topishmoqlar, Ertak, etuk, vorsaqi, naql, cho‘pchak, sehrli ertaklar, hikoya ertaklar, masal, afsona, tilsim, xayoliy uydirma.
Mavzuga oid savollar:
1. O‘zbek, qirg‘iz, rus ayoli aytgan allalar orasidagi o‘xshashlik sababi nimada deb o‘ylaysiz?
2. Maqollar ko‘chma ma’noda ham ishlatilishi mumkinmi? Misollar keltiring.
3. Ibratli so‘zlar qachon maqolga aylanishi mumkin?
4. Bola ta’lim-tarbiyasida maqollarning o‘rni qanday?
5. Maqollar ko‘proq qanday mavzularni o‘zida mujassamlashtiradi?
6. Maqol inson tafakkurining gultoji ekanligini isbotlab bering.
7. Abdulla Qahhorning qaysi hikoyalarida «Osmon yiroq- er qattiq», «Otning o‘limi itning bayrami» maqollari ishlatilgan. Maqollarning mazmuniga izoh bering.
8. Topishmoqlar adabiy janr sifatida qanday muammolarni ko‘taradi?
9. Topishmoqlar haqida ilmiy ish qilgan olimlardan kimlarni bilasiz?
10.Nega topishmoqlar faqat qish paytida aytilgan?
11.Qadimiy topishmoqlarning asosiy xususiyatlari nimadan iborat?
12. Mubolag‘a yo‘li bilan yaratilgan topishmoqlar haqida tushuncha bering?
13.Ertaklar orqali insonning ijtimoiy axloq normalarining shakllanishi, ertaklar orqali kichkintoylarni qanday tarbiyalash mumkin?
14. Siz xayoliy-uydirma terminini qanday tushunasiz?
15. Ertaklarning muhim xususiyatlari haqida fikringiz qanday?
16. Ertaklarning insonlarga axloqiy-ma’naviy yo‘ldosh bo‘lib kelishi haqida tushunchalaringiz qanday?
17. Mashq raqamlar (3,4,5,7,9,40) haqidagi mulohazalaringizni so‘zlang. Bu raqamlar qanday raqamlar deyiladi?
18. Ona–Vatan, tabiat, axloq - odob, mehnatsevarlik haqida qanday ertaklarni bilasiz?


Adabiyotlar:
Karimov I. O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat. T., 1992.
1. Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. T.: 1994.
2. Jumaboev M. Bolalar adabiyoti va folklor. T.: 2006


internet manbalari:
1. www.pedagog.uz
2. www.ZiyoNET.uz
3.www.edu.uz
Download 30,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish