Qiziqarli boshqotirma



Download 216,35 Kb.
bet1/4
Sana17.07.2022
Hajmi216,35 Kb.
#811545
  1   2   3   4
Bog'liq
diplom xfx


Mavzu: 6-sinf o’quvchilariga “Qiziqarli boshqotirma” o’yinlarini o’rgatuvchi electron resurs ishlab chiqish.
Reja:

  1. Favqulotda vaziyatlar soxasida davlat boshqaruvi.

  2. Elektr xavfsizligi.

  3. Ekologik ekspertiza.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular sodir bo‘lganida harakat qilish bo‘yicha yaxlit davlat tizimi va uning muvofiqlashtiruvchi organi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi, sohaning zarur me’yoriy-huquqiy bazasi shakllantirildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarning favqulodda vaziyatlar profilaktikasi, ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha imkoniyatlarini mustahkamlash borasida ko‘lami va mazmuniga ko‘ra salmoqli ishlar amalga oshirildi.



Shu bilan birga, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar tizimi faoliyati samaradorligining tahlili shuni ko‘rsatadiki, respublika aholisi va hududlarini muhofaza qilish sohasida bir qator muammoli masalalar mavjud: 
birinchidan – tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlashni prognozlash, xavfni baholash, kuzatish va nazoratini amalga oshirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi bir qator ixtisoslashtirilgan muassasalar faoliyat yuritayotgan bo‘lishiga qaramasdan, favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlashning ta’sirchan tizimi yaratilmagan, buning oqibatida zilzilalar, xavfli gidrometeorologik hodisalar, ekzogen geologik jarayonlar, texnogen xususiyatli avariya va halokatlarning tahdidini har tomonlama tahlil qilish, ularning yuz berish xavfini aniqlash to‘liq amalga oshirilmayapti; 
ikkinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining amaldagi tashkiliy-shtat birligi va shaxsiy tarkibining kamligi favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni keng ko‘lamli va samarali amalga oshirishni ta’minlamayapti; 
uchinchidan – ayrim shahar va tumanlarda quyi bo‘g‘in mavjud emasligi va rivojlanmagani favqulodda vaziyatlar bo‘limlari tomonidan profilaktik chora-tadbirlarni mamlakatimizda tizimli ravishda amalga oshirishga imkon bermayapti, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda yuzaga keladigan muammolarni hal etish borasida aholi bilan keng qamrovli muloqot olib borish hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan samarali hamkorlik qilishni ta’minlamayapti;

to‘rtinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining professional qutqaruv otryadlari ma’muriy markazlarda joylashgani olis tumanlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda qutqaruv otryadlarining jalb etilishida muayyan qiyinchiliklar tug‘dirib, ularni faqat favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarigagina jalb etish bilan cheklaniladi; 


beshinchidan – hududlarda favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish, prognozlash, oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalariga jalb etilishi lozim bo‘lgan boshqaruv organlari, kuch va vositalarni muvofiqlashtiruvchi ta’sirchan mexanizmlar mavjud emas; 
oltinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarini zamonaviy avariya-qutqaruv texnikalari, asbob-uskunalari, anjomlari va aloqa vositalari bilan ta’minlash darajasi qoniqarsizligicha qolmoqda;
yettinchidan – aholi va hududlarni tabiiy ofatlar va texnogen avariyalar xavfidan muhofaza qilish bo‘yicha muammolarni hal qilishda respublikaning ilmiy-tadqiqot salohiyatidan amalda to‘liq foydalanilmayapti; 
sakkizinchidan – favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash, ularning xavfi to‘g‘risida aholini xabardor qilish va ogohlantirish, shuningdek, qutqaruv ishlarini olib borishga jalb etilishi lozim bo‘lgan kuch va vositalarni muvofiqlashtirish va boshqarish ishlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish ishlari sust olib borilmoqda; 
to‘qqizinchidan – aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi, kelgusida ushbu sohada ishlovchi professional kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi mavjud emas. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida qator islohotlar olib borilmoqda.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish va samarali bartaraf etish aholining tinch va xavfsiz hayot kechirishini ta’minlash, mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlariga erishishda muhim ahamiyatga ega. 
Iqtisodiyot tarmoqlari jadal rivojlanayotgani, ishlab chiqarish texnologiyalarining murakkablashib borayotgani, ishlab chiqarish obyektlarining aholi punktlariga yaqin joylashtirilayotgani, aholi soni ko‘payib, urbanizatsiya jarayoni tezlashayotgani, xavfli tabiiy jarayonlarning tez-tez sodir bo‘layotgani va ko‘lami kengayib borayotgani, shuningdek, transchegaraviy xavflarning mavjudligi tabiiy hamda texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lish xavfini yanada oshirmoqda. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholi va hududlarni tabiiy ofatlar, texnogen avariya va falokatlardan himoya qilish bo‘yicha yaxlit davlat tizimi, zarur me’yoriy-huquqiy baza shakllantirildi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, aholini falokatlar paytida harakat qilishga tayyorlash borasida ko‘lami va mazmuni jihatidan ulkan ishlar amalga oshirildi. 
Shu bilan birga, amaldagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi faoliyatining tahlili mamlakat aholisi va hududlarini tabiiy ofatlar, texnogen avariya va halokatlardan muhofaza qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir qator muammoli masalalar mavjudligini ko‘rsatmoqda. 
Xususan, favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash tizimini yanada modernizatsiya qilish talab etiladi. Ushbu tizim bugungi kunda xavfli gidrometeorologik holatlarning mavjud xavf-xatarlarini hamda ular yuz berganda harakat qilish mexanizmlarini manzilli aniqlash imkonini bermaydi. 
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qilish sohasidagi muammolarni hal qilish uchun mamlakatimizning mavjud ilmiy salohiyatidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti. Qutqaruv tuzilmalarining moddiy-texnik ta’minoti, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash, fuqarolarni bunday vaziyatlar ro‘y berganda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish, xavfli tabiiy jarayonlar kuchayishi bilan bog‘liq mavjud xatarlar, shuningdek, texnogen avariya va halokatlar xavfi to‘g‘risida o‘z vaqtida va aniq xabardor qilish tizimi bugungi kun talablariga to‘liq javob bermaydi. 
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 
Hujjatda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi faoliyatini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining vazifalari belgilandi. 
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi, shuningdek, Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining Tezkor xabarlar xizmati O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga o‘tkazildi. 
Yuqorida qayd etilgan tashkilotlarning vazirlik tizimiga o‘tkazilishi munosabati bilan tinchlik va harbiy davrda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, gidrotexnik inshootlarning barqaror ishlashi, gidrometeorologik va seysmologik kuzatuvlar, kichik hajmdagi kemalardan bexatar foydalanish, suv havzalarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi va omillarini oldindan aniqlash, ular vujudga kelishini barvaqt profilaktika qilish va oldini olishni ta’minlash hamda boshqa vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yangi asosiy vazifalari etib belgilandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu farmoni favqulodda vaziyatlar rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan tumanlarda (shaharlarda) favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘shimcha bo‘limlar va qutqaruv otryadlari tashkil etish orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimining salohiyatini mustahkamlash va quyi bo‘g‘inlarini kengaytirishga qaratilgan. 
Mazkur farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari rahbarligida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman shahar hokimliklari huzurida ham shunday hududiy komissiyalar tashkil etilganini ta’kidlash zarur. Ularning tarkibiga aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishni ta’minlashda ishtirok etadigan barcha darajadagi mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari kiritildi. 
Quyidagilar Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilandi: 
favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash; 
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar shaharlar hokimliklarining vazifalarini belgilash va qaror qabul qilishi bo‘yicha takliflar tayyorlash; 
har yili favqulodda vaziyatlarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan fuqaro muhofazasi (bahor mavsumida), aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish (kuz mavsumida) oyligini tashkil etish va o‘tkazish; 
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining avariya, halokat, tabiiy va boshqa ofatlar oqibatida jabrlangan fuqarolar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy muhofaza qilish, tibbiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish. 
Hujjatda aholi bilan muloqotni mustahkamlash va kengaytirish, “O‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish” shiori ostida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish vazifalarini bajarishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. 
Mazkur farmonda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ilm-fan va texnika yutuqlarini joriy etish, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ko‘zda tutilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 
Farmonni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari imzolandi. 
Mazkur hujjatlarda ko‘zda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi amaldagi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini tubdan oshirish, shuningdek: 
birinchidan – xalq bilan muloqotni mustahkamlash va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlik orqali favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni o‘z vaqtida tizimli asosda qabul qilish; 
ikkinchidan – favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash borasidagi ishlarni sezilarli darajada yaxshilash va sifatini oshirish, gidrometeorologik va seysmik kuzatuvlar bo‘yicha ishlarni tizimlashtirish, yirik gidrotexnik inshootlar va suv obyektlarida favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lish xavf-xatarlarini barvaqt aniqlash; 
uchinchidan – favqulodda vaziyatlarda kompleks harakat qilish tezkorligini oshirish va ularning zararini kamaytirish; 
to‘rtinchidan – mahalliy korxonalar negizida asosiy turdagi avariya-qutqaruv texnikasi, mulk va uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ishlarini tashkil qilish imkonini beradi.

2. Buzmaydigan nazorat vositalarining aksariyati (defektoskoplar, qurilmalar, asboblar, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalari) ish jarayonida to‘liq yoki qisman kuchlanish ostida bo‘ladi. Shu sababli ularni ishlatish vaqtida amaldagi «Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari», «Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan fondalanishdagi xavfsizlik texnikasi qoidalari»ga qat’iy amal qilinmog'i lozim.


1000 V dan ortiq kuchlanishda ishlaydigan uskunalar bilan bajariladigan ishlar eng xatarli ishlar guruhiga kiradi. Eng avvalo, bu rentgen (trubkasiga) 10-400 kW va bundan katta kuchlanish uzatiladigan renten apparatlariga xizmat ko4rsatish ishlaridir. Ana shu qurilmalarga xizmat ko‘rsatish uchun jalb qilinadigan xodim- lar ulami belgilangan tartibda ishlatish yuzasidan ishlab chiqarish ta’limini o`tashlari va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlaridan keyin tegishli guvohnoma olishlari kerak. Guvohnomada ularga xodimlarning malaka guruhiga muvofiq xavfsizlik texnikasidan berilgan malakasi ko‘rsatilmog‘i lozim.
Ishlab chiqariladigan barcha defektoskopik qurilmalar va asboblardagi izolatsiyalanmagan tok o‘tkazuvchi qismlar har qanday kuchlanishda ham tasodifan tegib ketishdan himoyalangan bo‘lishi zarur. Izolatsiyalanmagan simlar va elektr sxemalari korpuslar bilan ixotalanmog‘i darkor. Qurilma va asboblar korpuslari majburiy ravishda yerga ulanishi kerak. Rentgen apparatlarida 1000 V dan katta kuchlanishli zanjirlar mavjud bo'lib, bu kuchlanish rentgen trubkalariga uzatiladi.
Ularni almashtirishda, shuningdek, elektr sig‘imlari bo`lgan apparatlarni ko`zdan kechirish va oldini olish maqsadida ta’mirlashda tok uzib qo'yilib, sig‘imlardagi qoldiq zaryad ulami yerga ulagichga zaryadsizlagan holda yo‘qotilmog‘i lozim. Rentgen apparatlarini boshqarish pultlari oldiga izolatsiyalovchi rezina poyandozlar to`shalishi zarur.
Elektr qurilmalarining nosozligi va tok o‘tkazuvchi qismlarning izolatsiyasi shikastlanishi tufayli o'tkazgichlar qizishi hamda uchqunlanish yuzaga kelishi mumkin, bu esa yonib ketishga sabab bo‘ladi. Elektr qurilmalaridagi yong4inni o‘chirishdan oldin ular tarmoqdan uzib qo‘yilmog‘i darkor. Uncha katta boimagan alanga karbonat kislotali o‘t o‘chirgichlar bilan o'chirilishi mumkin. Bunday o‘t o'chirgichlar bilan yonayotgan, kuchlanish ostida bo‘lgan elektr qurilmalarini ham o‘chirsa bo‘ladi, chunki karbonat angidrid elektr tokini o‘tkazmaydi. lshlami bajarish chog‘ida amaldagi «Sanoat korxonalari uchun yong'in xavfsizligining namunaviy qoidalari» ga, shuningdek, tarmoq yong’in xavfsizligi qoidalariga muvofiq yong'in xavfsizligi ta’minlanishi kerak.
Elektr tokni insonga ta’sirini XVII asrni oxirgi choragida aniqlangan. Baland voltli elektrkimyo kuchlanishlarini manbaini xatarliligini birinchi bo’lib V.V.Petrov aniqlagan. Ishlab chiqarishdagi elektr jarohatlarini ancha keyin: 1863 yilda o’zgarmas va 1883 yilda o’zgaruvchan tokni ta’siri yozilgan.



Download 216,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish