2-ma’ruza: xalq og‘zaki ijodi va bolalar kitobxonligi



Download 30,6 Kb.
bet4/5
Sana20.03.2022
Hajmi30,6 Kb.
#501690
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma'ruza-1

Topishmoqlar tabiat, jamiyat va inson tafakkurining mahsuli bo‘lib, u narsa va hodisalar haqida malumotlar beradi. Topishmoqlarning paydo bo‘lishida inson o‘z hayotida ko‘rgan, o‘zi yaratgan, etishtirgan mahsulotlar, o‘zi sezgan, eshitgan hodisalarni poetik shaklda ifodalashning bir turidir. Topishmoq sodda, aniq, darak gap shaklida ifodalashning predmetlarga xarakaterli belgilari vositasi bilan anglatib, javob talab qiluvchi gapdan iborat bo‘ladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, topishmoq «so‘z obrazining kalitidir».
Topishmoqning tarixi kishilik jamiyatining tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. SHu sababli dehqonchilik, chorvachilik, qurol-yaroqlar, tabiatdagi narsalar, o‘simliklar, hayvonlar, hashorotlarni bilish kerak bo‘ladi. Topishmoqning jumboq xususiyati uni topishga kishini qiziqtirib qo‘yadi.
Hozirgi paytda ham topishmoqlar o‘zining tarbiyaviy xususiyatini yo‘qotgani yo‘q. U yoshlarning fikrlash qobilyatini o‘stirishga xizmat qiladi. Ularni ziyraklikka, sinchkovlikka, kuzatuvchanlikka, malum bir poetik fikrni izlab topishga o‘rgatadi.
1875 yilda «Turkiston viloyati gazeti»ning birinchi sonida topishmoqlar, ikkinchi sonida esa qozoqcha tarjimasi beriladi. 20-yillar o‘tgandan keyin N.P.Ostroumov tomonidan 150 ta topishmoq nashr etiladi. Turon kutubxonasi xodimi Abdulla Nosirov tomonidan 600 topishmoqdan iborat to‘plam tuzildi, ammo nashr etilmay qolib ketadi.
1929 yilda Ismoil Orifiy 115 o‘zbek xalq topishmog‘ini nashr ettiradi, lekin bu topishmoqda sheva xususiyatlariga ahamiyat berilmaydi.
Topishmoqlarni to‘plashda hamma talablarga javob beradigan qilib yig‘ishda folklorshunos olim Buyuk Karimovning xizmatlari katta. O‘zbek topishmoqlarini to‘plab ularning o‘ziga xos xususiyatlarini mujassamlashtirgan holda kitob qilib chiqarishda Zubayda Husainovaning xizmati katta.
Topishmoqlarning paydo bo‘lishida inson o‘z hayotida ko‘rgan, o‘zi yaratgan, etishtirgan mahsulotlar, o‘zi sezgan, eshitgan hodisalarni poetik shaklda ifodalashning bir turidir. Topishmoq sodda, aniq, darak gap shaklida ifodalashning predmetlarga xarakaterli belgilari vositasi bilan anglatib, javob talab kiluvchi gapdan iborat bo‘ladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, topishmoq «so‘z obrazining kalitidir».
Topishmoqning tarixi kishilik jamiyatining tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. SHu sababli dehqonchilik, chorvachilik, qurol-yaroqlar, tabiatdagi narsalar, o‘simliklar, hayvonlar, hasharotlarni bilish kerak buladi. Topishmoqning yashirinish xususiyati uni topishga kishini qiziqtirib qo‘yadi.
Hozirgi paytda ham topishmoqlar o‘zining tarbiyaviy xususiyatini yo‘qotgani yo‘q. U yoshlarning fikrlash qobilyatini o‘stirishga xizmat qiladi. Ularni ziyraklikka, sinchkovlikka, kuzatuvchanlikka, malum bir poetik fikrni izlab topishga o‘rgatadi.
Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining qadimiy janrlaridan bo‘lib, uning kelib chiqish tarixi haqida aniq fikr bildirish qiyin. SHunday bo‘lsa–da, ba’zi xalqlarda, jumladan, turkmanlarda topishmoqlarni navro‘z oqshomi aytish odatini G. Gurbonov tasdiqlaydi. Uyg‘urlarda, ko‘pincha, kuz va qish fasllarida kova (oshqovoq) pishirish paytida topishmoq aytish marosimi bo‘lgan. Topishmoqni qish faslida kechalari aytishish faqat o‘zbeklarda bo‘lmay boshqa ko‘pgina turkiy xalqlarda ham uchraydi. Topishmoqni erkagu ayol, katta –yu kichik baravar aytishgan. Topishmoq aytishish jarayonida kichiklar ulardan hozirjavoblikni o‘rgangan. Topishmoqning javobini topish uchun aytilgan matnni yaxshi o‘ylab, nimaga ishora qilayotganini anglab olish, topishmoqning asosiy xususiyati va belgilari qaysi predmetga qaratilganligini aniqlab olish kerak bo‘ladi. Topishmoqning javobi tug‘ri topilsa, o‘sha paytdayoq boshqa jumboq o‘rtaga tashlanadi. Mobodo, javobini topishda qiynaladigan bo‘lsa, u holda aytuvchiga «jonlimi», «jonsiz »deb so‘raladi. Unda ham javob topishga qiynalsa, «qaerda bo‘ladi», «qattiqmi», «yumshoq» deb so‘raydi. SHundan ham topa olmasa u holda topuvchi «shahar berdi».
Topishmoqlar o‘zining mazmuni, kompozitsion qurilishi, tuzilishi jihatidan xilma-xil bo‘ladi. Topishmoqda aniq bir narsa – hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, ish qurollari, tabiat va tabiat hodisalari haqida so‘z boradi. Uylab topishi mumkin bo‘lgan narsa yoki hodisa ikkinchi bir narsaga taqqoslanadi.
Qadimiy topishmoqlarning xususiyati shundaki, unda eshitilgan narsa yoki predmet boshqa bir narsa yoki predmetga taqqoslash yo‘li bilan aytiladi. Masalan: «Dunyoda to‘rta narsa yo‘q» kabi. Bu erda to‘rtta narsani topish kerak bo‘ladi.
Osmonning ustuni yo‘q,
Xovuzning qopqog‘i yo‘q,
Ko‘rpaning engi yo‘q,
Oshpichoqning qini yo‘q,
Bazan xalq orasida garchi kam uchrasa-da, murakkab syujetli topishmoqlar ham uchraydi.

Download 30,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish