Bolalarning o‘quv va mexnat faoliyatini tashkil etishda o‘quv va mexnat sharoitlarining
gigienaga to‘g‘ri kelmasligi, sinf jixozlarining maqsadga muvofiq bo‘lmasligi, portfelini doim bir
qo‘lda olib yurishi, uydagi turmushni uyushtirishda ish o‘rnining gigienik jixatdan to‘g‘ri kelmasligi,
o‘rin – qo‘rpaning haddan tashqari yumshoq va notekis bo‘lishi umurtqa pog‘onasining rivojlanish
xususiyatlariga etarlicha baxo bermaslik tayanch – harakat apparatining noto‘g‘ri o‘sib –
rivojlanishiga olib keladi. Tayanch – harakat apparatining gigienik qonunlarga rioya qilmasliq
umurtqa pog‘onasining rivojlanishiga, ya’ni qad – qomatning buzilishiga olib keladi. Bularga
Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, elkalari oldinga osilgan,
Kifotik qad-qomatli bolalarda kuraklar qanotga o‘xshash ko‘tarilib turadi. Bukir holat yuzaga
Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasining orqa qismi tekis, ko‘krak qafasi yassi, qorni
oldinga chiqqan bo‘ladi, umurtqa pog‘onasining bel qismi normadan ko‘proq oldinga buqilishi
Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli bolalarda tik turganda elkalarining biri past, biri baland,
ko‘kraklari ham past, baland bo‘lib, ko‘krak qafasining bir tomoni bo‘rtganroq, ikkinchi tomoni
botiqroq holatda bo‘ladi. Qad-qomatning buzilishi faqat tashqi ko‘rinishni emas, balki ichki organlar
(o‘pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy
Bolalarda umurtqa pog‘onasining normal shakllanishi uchun quyidagi gigienik qoidalarga
amal qilish kerak; bolani yoshlikdan tekis va bir oz qattiqroq to‘shakda uxlashga o‘rgatish, yostiq
pastroq bo‘lishi kerak; bolani 6 oylik bo‘lguncha o‘tkazmaslik, 10 oylik bo‘lguncha oyog’‘ida uzoq
vaqt tik turg‘azmaslik kerak; kichik yoshdagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uzoq vaqt bir
joyda o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og‘ir yuk ko‘tarmasligi, doim bir qo‘lda
ish bajarmasligi kerak; O‘quvchilar bo‘ylariga mos parta, stol-stullarda o‘tirishi kerak, parta, stol-
stulda o‘tirganda gavdasi tik, elkalari bir tekisda, beli stul yoki parta suyanchig‘iga suyanib turishi,
oyoqlari tizza bug‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib, bukilgan, ko‘krak bilan parta qirrasi orasida 3-5
sm. ga yaqin masofa bo‘lishi kerak.
Yassioyoqlik. Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat tizimisining ressori
vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og‘ir yuk ko‘targanda, tor poyafzal kiyganda
oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib chiqadi. Yassioyoqlik natijasida
oyog’‘ining tovon- panja va boldir muskullarida og‘riq bo‘ladi. Yassioyoqlik tug‘ma va hayotda
orttirilgan bo‘ladi. Yassioyoqlikning tug‘ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari kuyidagilardan
iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg‘izish, uzoq vaqt tik turg‘izish, yosh
bolaga poshnasi yumshok poyabzal kiygizish, o‘quvchilarning kun bo‘yi poshnasiz sport poyabzalida
yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og‘ir yuk kutarish.
Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e’tibor berish kerak. Shu bilan bir
qatorda davlatimiz tomonidan maxsus ortopedik poyafzallarni ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir.
Sog’liq tizimidagi ijtimoiy-iqtisodiy gradientlar shu faktni ko’rsatadiki, sogliq tizimidagi
tengsizlik muammosi nafaqat ushbu muammodan aziyat chekib jabr ko’rganlar, balki jamiyatga
tegishli bo’lgan har bir shahsning vazifasidir. Sogliqni saqlash borasidagi ijtimoiy-iqtisodiy
gradientning tizimli xarakteri yana shuni ko’rsatadiki, sog’liq borasidagi tengsizlik adolatsizlikning
nishonasidir. Bu esa, ayniqsa hayot davomida ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatning rivojiga hissa qoshuvchi
yoshlar va bolalarga nisbatan sog’liq borasidagi tengsizlik haqida gap ketganda yaqqol tog’ridir.
Shu boisdan, bolalar va yoshlar borasida sogliqqa qaratilgan etiborni hisobga olgan holda yuqori
qatlamlar va davlat hukumati ushbu sohada adolatsizlikning oldini olish uchun bir qancha muhim
chora tadbirlarni amalga oshirishlari zarur. Hukumat shuni hisobga olishi kerakki, bolalar va
yoshlarga nisbatan yomon holdagi salomatlik chora tadbirlariga ajratilgan investitsiyalar ijtimoiy va
iqtisodiy taminlashi mumkin. Bolalar va yoshlarga qaratilgan e’tiborsizlik, hususan ota-onalarning
bolalar salomatligini takomillashtitish uchun emas, aksincha bu borasida loqaydliklarga yo’l qoyishi
aksincha natijani olib keladi va uzoq ko’zlangan rejadagi ijtimoiy - iqtisodiy muammo va
chekinishlarga olib kelishi mumkin.
1
Since levelling-up the socio-economic gradient in health among children and young people has
been suggested as the best strategy for addressing health inequities in general, this book has
investigated how this can be achieved. Chapter 1 provided a general overview of the social gradient
in health among children, young people and their parents in the EU. Chapter 2 and 3 looked at the
impact of different welfare state regimes on good health outcomes across the social gradient, and in
addition looked at the kinds of policies and interventions that are effective in levelling-up health
gradients. Chapter 4 investigated the role of community social capital as a "health asset", and its
effect on mediating the impact of socio-economic status on health inequalities among children and
young people - a previously understudied topic. The GRADIENT Evaluation Framework introduced
in Chapter 5 can help to boost the evidence based on levelling-up social gradients in health. It can be
applied to facilitate and stimulate more evaluations of policies and interventions on their
distributional impacts and effects on health. Finally, Chapter 6 presented what is being done at the
EU level to ensure that
all
children and young people in the EU get the right start to a healthy life.
This final chapter summarises the findings and provides recommendations for the EU, national,
regional and local level. Takrorlash uchun savollar:
1.
Suyakning funksiyalari qanday?
2.
Suyak to‘qimasi qanday rivojlangan?
3.
Suyak to‘qimasining tuzilishi va xossalari qanday?
1
The Rignt Start to a Healthy Life.Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu, c.costongs @eurohealtnet.eu
EuroHealthNet, Rue de la Loi 67 , 1040 Brussels, Belgium, 200 page
4.
Kalla suyagi qanday qismlarga bo‘linadi va qaysi suyaklardan tuzilgan?
5.
Kalla suyagi qanday rivojlanadi?
6.
Qaysi suyaklar ko‘krak qafasi suyaklarini tashkil qiladi?
7.
Ko‘krak qafasi qanday tuzilgan?
8.
Umurtqa pog‘onasining qanda yegriliklari bor?
9.
Bola umurtqa pogonasi qanday rivojlanadi?
10.
Suyak ust pardasi nima?
11.
Uzun naysimon suyaklar qanday tuzilgan?
12.
Toskamar suyaklari qanday rivojlanadi?
13.
Oyoq suyaklarining tuzilishini aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: