2-ma'ruza pedagogik dasturiy vositalar yaratuvchi dasturlar tasnifi reja



Download 496,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana31.03.2022
Hajmi496,59 Kb.
#520734
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-маъруза матни



2-MA'RUZA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YARATUVCHI DASTURLAR 
TASNIFI 
REJA: 
1.
 
Pedagogik dasturiy vositalar yaratuvchi dasturlar tasnifi.
2.
 
PDV ga mualliflik dasturlari.
3.
 
Matn muharrirlari. Grafik muharrirlar. Animator dasturlar. Web 
muharrirlar.
4.
 
Kompyuterli ta‘lim vositalari.
Tayanch so’z va iboralar: 
vositalar, pedagogik dasturilar, o’rgatuvchi dasturlar, test 
dasturlari, mashq qildirgichlar, grafika, ovoz, integratsiyalash, animatsiyali, rastr grafika, vektr 
grafika
 
PDVning asosiy tushunshalari
Dasturiy ta‘minotning «amaliy dasturlar paketi (ADP)», «uskunaviy pedagogik vosita 
(UPV)», «o’quv pedagogik dasturi (O’PD)», «avtomatlashtirilgan o’qitish tizimi (AO’T)», 
«o’qitishning yangi axborot texnologiyasi (O’YaAT)» kabi atamalar bilan qayd etish, bir ob‘ektga 
turlicha nom berish tadqiqotchilarning o’zaro fikr almashinuviga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Biz 
bundan keyin ta‘lim jarayonida qo’llanadigan dastur vositalarini «pedagogik dastur vositalari 
(PDV)» atamasi bilan qayd etamiz. Zero, dars jarayoni yaxlit bir tizim bo’lib, u ham ma‘lumotlarni 
bayon qilish, ham namoyish qilish, ham mashq qildirish, ham nazorat qilish jarayonlarini o’z 
ichiga oladi. Shu bois dars jarayonida foydalanish mumkin bo’lgan dastur vositalarining barcha 
turlarini yaxlit bir tizim sifatida qarab umumiy nom bilan PDV deb aytish maqsadga muvofiq 
hisobalanadi.
PDVlar o’z ma‘lumot omboriga, shuningdek, modellashtiruvchi, boshqaruvchi, o’rgatuvchi, 
nazorat qiluvchi sifatlarga ega bo’lib, ta‘limning ko’rgazmaliligini ta‘minlaydi, ta‘lim sub‘ektlari 
faoliyatini tezkor tahlil etish, nazorat qilishga mo’ljallanadi.
Hozirga qadar yaratilgan PDVlarning qator xususiyatlarini ajratib ko’rsatish mumkin. 
Dastlabki PDVlar algoritmik tillarni o’rganishga mo’ljallangan bo’lib, ular bilimlarni 
formallashtirishda ishlatilgan. Keyinchalik PDVlarni yaratishga matematik mantiq nuqtai 
nazaridan yondashilgan. Ularda dasturlashtirilgan ta‘lim prinsiplariga rioya qilib, o’quv 
materialini mantiqan bog’liq qismlarga ajaratish, o’quvchilar o’zlashtirishini individuallashtirish, 
o’quvchilar o’zlashtirishini tezkor baholash kabi talablar hisobga olingan. Hozir ta‘limda 
kompyuterdan foydalanish texnologiyasi ancha taraqqiy qildi. Endi yaratilayotgan PDVlar 
kompyuterning multimedia imkoniyatlaridan to’liq foydalangan holda ta‘lim sifatini yaxshilash va 
samaradorligini oshirishga yo’nalgan, zamonaviy ta‘lim jarayoni mohiyatini o’zida kompleks 
gavdalantiradigan dastur vositasi bo’lmog’i lozim.
Yuqori sifatli PDVlar o’quvchilarda ijodkorlikni tarbiyalash, axborotlarni qabul qilish, 
ularga ishlov berish, o’quvchilar o’zlashtirishini muntazam nazorat qilish, ta‘limning borishiga 
o’zgartishlar, qo’shimchalar kiritish, ta‘lim natijasini uzluksiz tekshirib turish, o’quvchilar 
faoliyatini tashxiz qilish va kelgusi darslarni tashkil qilish bo’yicha tegishli tavsiyalarni ishlab 
chiqish, u yoki bu axborotning o’quvchilar faoliyatida optimal takrorlash chegaralarini belgilash 
imkoniyatlarini oshiradi.
2. Ta‘limni kompyuterlashtirish ikki yo’nalishda davom etmoqda: kompyuter 
savodxonligini ta‘minlash va kompyuterdan o’quv fanlarini o’qitishda foydalanish. Birinchi 
yo’nalish bo’yicha ma‘lum natijalarga erishilganligini qayd etgan holda, ikkinchi yo’nalish 
bo’yicha amalga oshirilgan ishlarning qoniqarsiz ekanligini aytib o’tish joiz: amaliyotda 
o’rgatuvchi dasturlar deyarli yo’q; PDVlarni yaratishga mutaxassis olimlar keng jalb qilinmagan
dastur vositalari va ulardan foydalanish texnologiyasidan maktab o’qituvchilari deyarli xabardor 
emas; PDVni yaratish texnologiyasining o’zi haligacha psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy 
jihatdan mukammal tadqiq qilinmagan, ilmiy asoslanmagan, o’quvchilarning real bilish 
imkoniyatlariga moslashtirilmagan.
Shunday ekan, ikkinchi yo’nalishga e‘tiborni sezilarli darajada kuchaytirish — zamon 
talabiga javob bera oladigan PDVlarni yaratish vaqti yetib keldi. Ta‘limni kompyuterlashtirish 
jarayonini endi to’xtatish yoki orqaga qaytarish mumkin emas. Ta‘limni «… 
kompyuterlashtirishni to’xtatib bo’lmaydi, ta‘limda kompyuterni qo’llash, — deb yozgan edi 


Ye.I.Mashbits, - orqaga qaytmaydigan jarayon. Bu o’z-o’zidan amalga oshadi degani emas. Uning 
harakati maorif tizimi bilan bevosita yoki bilvosita bog’liq bo’lgan olimlar, o’qituvchilar, yangi 
hisoblash texnikasi va dastur ta‘minotini yaratuvchilarga ko’proq bog’liq». Shu bilan birga 
«Kompyuter mavjud ta‘limga oddiy «qo’shimcha» - o’qitishning texnik vositalari qatoriga 
kiradigan navbatdagi yangilikgina emas. U ta‘lim tizimining barcha komponentlariga, jumladan, 
uning uslublari va mazmuniga ham ta‘sir ko’rsatadi. Bizning davlatda (sobiq Ittifoq nazarda 
tutilyapti - A.H.) kompyuterli ta‘limni samarali tashkil etish uchun yaxshi nazariy poydevor 
mavjud. Biroq bu nazariyalarning asosiy ko’rsatmalari o’qitish tizimi va dasturlarini ishlab 
chiquvchilar qo’lida foydali qurilma bo’la olishi uchun ular to’ldirilishi lozim».
Darhaqiqat, kompyuterli ta‘limni ta‘minlash uchun pedagoglar bu ishning hamma uchun, 
barcha o’quv fanlarini o’qitishni samarali tashkil etish uchun muhimligini anglashlari lozim. 
Maktablarda kompyuterdan foydalanish samaradorligi faqat texnika vositalarining mavjudligi 
bilan belgilanmasdan, ularga mos PDVlarning mavjudligiga bog’liqligini hamma tushunishi va 
tan olishi zarur.
Hozirga qadar kompyuter vositasida bilim berishni amalga oshirish uchun maktabni texnika 
bilan ta‘minlash va o’qitish predmeti mazmunini yoritadigan dastur tuzish (yoki biror joydan olish) 
kifoya degan fikrlar ham uchrab turadi. Bu yerda bilim berish jarayonida uslubiy ta‘minotning 
asosiy roli e‘tibordan chetda qoladi. Darsni o’tishda mukammal ishlangan PDV va chuqur 
o’ylangan uslubiyatning yo’qligi kompyuter yordamida tashkil etiladigan mashg’ulotlar 
samaradorligining pasayishiga sabab bo’lmoqda.

Download 496,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish