2-ma'ruza pedagogik dasturiy vositalar yaratuvchi dasturlar tasnifi reja


Kompyuterlashtirish yo’li bilan ta‘limni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning



Download 496,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana31.03.2022
Hajmi496,59 Kb.
#520734
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-маъруза матни

Kompyuterlashtirish yo’li bilan ta‘limni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning 
yangi — sifat bosqichiga o’tiladi. Unda o’qituvchi va o’quvchi munosabatidagi bog’lanish, 
aloqalar tubdan o’zgaradi, ta‘lim mazmuniga pedagogik ishlov berish uslubiyati yangilanadi, 
o’quv materialini to’liq o’zlashtirish davri boshlanadi, ta‘lim modul xarakteriga ega bo’ladi, 
teskari aloqa mohiyati jihatidan yangilanadi, ta‘limga qo’shimcha va o’zgartish kiritish, zarur 
o’rinlarida uni takrorlash imkoniyatlari oshadi. 
Bundan 30 yil ilgari kompyuterli ta‘lim, ta‘limni kompyuterlashtirish, maktab ta‘limida 
kompyuterdan foydalanish haqida tasavvurga ham ega emas edik. Endi davr o’zgardi. Ulkan, 
qimmatbaho va foydalanish murakkab bo’lgan EHMlar endi ko’zimizga ma‘lumotlarni qayta 
ishlash uchun ishonchli va qulay bo’lgan vositaga o’xshab ko’rinmoqda. Uning maorif sohasida 
ham keng qo’llanilayotganligining guvohi bo’layapmiz. Kompyuterlarni ta‘limda qo’llash ufqlari 
oydinlashib, ularni ta‘lim jarayonida qo’llash usullari, vositalari, prinsiplarini asoslashga 
urinishlar paydo bo’lmoqda.
Kompyuterli ta‘lim boshqa pedagogik qarashlarni inkor qilmaydi. Kompyuterning katta 
imkoniyatlari borligini unutmaslik kerak. Agar ilmiy asoslangan PDVlarni tayyorlash yo’llari 
atroflicha tadqiq qilinsa, ta‘lim sub‘ektlari kompyuter bilan muloqot qilish madaniyatini to’liq 
o’rgansa, yoshlarning ta‘lim-tarbiyasida ulkan yutuqlarga erishiladi.
Qiyin kechayotgan bo’lsa-da, kompyuterli ta‘lim amaliyoti shakllanib bormoqda.
Informatika, matematika, fizika, kimyo, geografiya, chet tili kabi o’quv fanlaridan PDV 
yaratish yo’llari keng o’rganilmoqda. Shunga qaramasdan, ta‘limni kompyuterlashtirish sohasida 
qator qiyinchiliklar ham mavjud. Kompyuterli darslarni tashkil qilish uchun kompyuterlarning 
miqdor jihatidan yetishmasligi, maktablardagi kompyuter rusumlarining har xilligi, kompyuter 
asosida darslarni tashkil etish uslubiyatining ishlab chiqilmaganligi, mavjud PDVlarning 
mukammal emasligi, ilmiy asoslangan PDVlarning yo’qligi kabilar shunday qiyinchiliklarga 
sabab bo’lmoqda.
Xullas, respublikamizda ta‘lim muassasalarini, jumladan, umumiy o’rta ta‘limda IHTAni 
o’qitishni kompyuterlashtirish amaliyoti sohasida qator muammolar mavjud.
Birinchi muammo — kompyuterlarning tanqisligi, ayniqsa, chekka tumanlarda ularning 
yetishmasligi. Bu muammoning yechimi ko’pgina omillarga bog’liq. Zero, kompyuterning o’zi 
ancha qimmat turadi. Respublikamiz miqyosida ta‘limni kompyuterlashtirish, barcha o’quv 
fanlarini kompyuter asosida o’qitishga o’tish, shu yo’l bilan ta‘limning samaradorligiga erishish 
uchun bir necha o’n minglab kompyuter talab qilinadi. Shuningdek, yaroqsiz bo’lgan, eskirgan 
kompyuterlarni yangisi bilan almashtirishga to’g’ri keladi. Shu tufayli ta‘limni 
kompyuterlashtirishning eng qulay yo’lini izlashga ehtiyoj tug’iladi. Fikrimizcha, mazkur 


muammoni hal qilish bo’yicha izlanishlarni IHTAdan boshlagan ma‘qul. Bunday yo’l tutishni 
ma‘qullab A.A.Kuznetsov shunday yozadi: «Informatika kursini boshqa o’quv fanlari bilan 
qiyoslaganda, hozirgi kundagi o’qitishning metodologik tizimida o’ziga xos xususiyatli 
komponent - o’qitishning yangi vositasi bo’lgan kompyuter mavjud. Albatta, bu xususiyat 
vaqtinchalik xarakter kasb etadi va maktablarning hisoblash texnikasi bilan jihozlanishi hamda 
boshqa fanlarni o’qitishda kompyuterdan foydalanish uslubiyatining ishlab chiqilishi bilan 
yo’qotiladi. Bugun esa IHTA o’quv jarayonida kompyuterdan foydalanish uslubiyati tekshirib 
ko’rilayotgan yagona predmet hisoblanadi. IHTA uslubiyatida erishilgan natijalar vaqt o’tishi 
bilan boshqa fanlarning ham yutuqlariga aylanib boradi». Kompyuter texnikasi taqsimotini 
oqilona tashkil etish, o’tgan asrning 90-yillarida ishlab chiqib maktablarga tarqatilgan «Pravets», 
«Agat», «Korvet», «Yamaxa» rusumli kompyuterlarni yangilariga almashtirish, o’qituvchi va 
o’quvchilarning kompyuter savodxonligini oshirish yo’li bilan bu muammoni hal qilish mumkin.
Ikkinchi muammo — ilmiy asoslangan dastur vositalarini yaratish, maktablarni ular bilan 
ta‘minlash. Maktablarga kompyuter o’rnatish bilan ta‘limni kompyuterlashtirish muammosi hal 
bo’lib qolmaydi. Bu sohadagi bosh masala kompyuterlarning sifatli dastur vositalari bilan 
ta‘minlanishidir. Bu sohada ahvol qanday?
Maktablarda ma‘lum miqdorda dastur vositalari mavjud. Ammo ularda zamonaviy 
kompyuterlarning imkoniyatlari yetarlicha inobatga olinmagan bo’lib, «ha-yo’q» sxemasi asosida 
ishlashga moslashgan va, asosan, nazorat qilishga mo’ljallangan. O’quvchilarda ijodiy izlanish, 
mustaqil fikrlash, evristik layoqatni tarbiyalashga yo’nalgan dasturlar deyarli yo’q.
O’quv materialini batafsil bayon qilish, tasavvur qilish qiyin bo’lgan jarayon va hodisalarni 
namoyish qilish, mashqlar bajartirish, o’quvchining dars jarayonidagi faoliyatiga ko’ra 
tabaqalashgan holda uyga vazifa tayinlash, o’quvchilarning darsdagi faoliyatini qaydnoma 
ko’rinishida tahlil qiladigan dasturlar mavjud emas.
Kompyuterlarni ta‘lim jarayoniga tezroq olib kirish maqsadida yuzaki PDVlar ishlab 
chiqilmoqda. Ularda darslik mazmuni ekran kadrlarida tasvirlanmoqda, xolos. Bunda kitob 
sahifasini varaqlash kompyuter tugmachasini bosishga, qog’ozdagi matn ekrandagi tasvirga 
almashtiriladi. Bunday dasturlarda topshiriqlar ham mavjud bo’lib, undagi topshiriq sharti ekranda 
tasvirlanadi, o’quvchi masalani daftarda hal qilib, javobini kompyuterga kiritadi.
Natijani tekshirgan mashina uning to’g’ri yoki noto’g’riligini aytadi (Kompyuterning 
bunday «imkoniyati»dan lol qoladiganlar ham oz emas!). Biroq bu holatda kompyuter arzon va 
foydalanish uchun qulay bo’lgan oddiy darslik yoki mashqlar to’plamini qimmatbaho, 
shuningdek, 
bu 
maqsadda 
foydalanish 
uchun 
noqulay bo’lgan kompyuter bilan 
almashtirilayotganligini ta‘kidlash lozim. Qolaversa, bu xildagi dasturlar hech qanday pedagogik 
va uslubiy qimmatga ega emas.
An‘anaviy o’qitishdagi muvaffaqiyatlarning muhim omili o’quvchilar tomonidan bo’ladigan 
hissiy kechinmalarni anglash va uni inobatga olgan holda jarayonga yondashishdir. Biroq hozirgi 
PDVlar ham, intellektual o’qitish tizimlari ham o’quvchining bilish faoliyatini tashkil qilishga 
qaratilgan bo’lib, uning hissiy kechinmalari, holatini inobatga olish imkoniyatiga ega emas edi. 
Bugungi kunda o’quvchi yuz qiyofasini avtomatik tahlil qilgan holda unga ruhiy madad bera 
oladigan tizimlar yaratilmoqda. Ular PDVning yangi avlodi bo’lib, hissiy o’qitish tizimi deb 
ataladi. Bunday yo’nalishdagi ishlar Yangi Zelandiyaning Messey universitetida keng yo’lga 
qo’yilgan.
Darhaqiqat, 
intellektual 
o’qitish 
tizimlarining 
yangi 
avlodida 
buyruqlarni 
individuallashtirish imkoniyatiga e‘tibor berilmoqda. Bu tizimlardagi individuallashtirish 
o’quvchining faqat bilim darajasini emas, balki uning hissiy holatlarini ham inobatga oladi. Tan 
olish kerakki, hozirgi o’qitish tizimlari moslashish xususiyatiga ega emas va «yakkama-yakka 
muloqot»da kam samarali hisoblanadi. O’quvchining hissiy holatini hisobga olish xususiyati esa 
tizimning samaradorligini oshiradi. O’quvchining hissiy holati yurak urishi, terining qarshiligi, 
tovush intonatsiyasi va yuz mimikasining o’zgarishi bilan aniqlanadiki, ular turli biosignallarni 
tahlil qilish asosida ajratiladi. Bunday o’qitish tizimlari hissiy o’qitish tizimlari deb atalmoqda.
Pedagogik amaliyotda kompyuter o’yinlari alohida diqqat bilan o’rganiladigan hodisa. 
Endilikda kompyuter o’yinidan qachon va darsning qaysi bosqichlarida foydalanish 
samaradorligini pedagogik va uslubiy jihatdan o’rganish vaqti yetib keldi. Mutaxassislarning 


ushbu fikri kishini hushyorlikka da‘vat etadi: «Birinchidan, ular (kompyuter o’yinlari — A.H.) 
o’quvchilarni bo’shashtiruvchi va asosiy vaqtini olgani uchun kam foydali va hatto zararli 
mashg’ulot bo’lib tuyuladi. Ikkinchidan, o’yinlar teskari samara berishi, ya‘ni o’quvchilar 
irodasini susaytirishi mumkin» [91;66]. Ta‘limda kompyuter o’yinlaridan foydalanish tajribasini 
davom ettirish zarur. Ulardan yangi o’quv materialini o’rganishga tayyorlovchi vosita sifatida, 
shuningdek, nazorat va baholash vositasi maqsadida foydalanish maqsadga muvofiq. O’yin 
dasturlarini ishlab chiqish amaliyotini atroflicha tadqiq qilish, ularni pedagogik jihatdan o’rganish 
kompyuter o’yinlarining ta‘limiy ahamiyatini oshiradi.
So’nggi yillarda yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi va tarmoq aloqasidan 
foydalanishning ko’payishi bilan bilimlarni tarqatishda internet tizimi fundamental rol kasb 
etmoqda. Tarmoq orqali o’qitishga mo’ljallangan masofali o’qitish kurslari bugungi kunda keng 
tarqalmoqda, ular hozir oddiy o’quvchini o’qitishdan diplomli mutaxassisni tayyorlash 
darajasigacha qo’llanilmoqda. Zero, internet tizimi ta‘lim jarayoniga juda katta ta‘sir ko’rsata 
oladigan omil hisoblanmoqda. U o’rganish va tadqiqotlar olib borish uchun ulkan ma‘lumotlar 
omboriga ega bo’lib, ta‘lim oluvchi uchun turli mazmundagi ma‘lumotlarni yetkazib berishi 
mumkin. Uning yordamida o’quvchilar bir-biri va o’qituvchilar bilan muloqot qilishlari hamda 
ma‘lumotlardan hamkorlikda faydalanishlari mumkin.
Internet orqali o’qitish barcha ta‘lim muassasalarini qiziqtirmoqda. O’quv muassasalari 
internetni an‘anaviy o’qitishni to’ldiruvchi ta‘lim shakli sifatida tan olmoqda. Shuningdek, 
ta‘limning bu turini uzoq masofada ma‘lum shakl va mazmunda joylashgan o’quv materialiga va 
o’qituvchilarga mustaqil o’rganish uchun murojaat qilish imkonini beradigan manba sifatida ham 
qayd qilish mumkin.
Uyda yoki ish joyida o’qish imkonining paydo bo’lishi sinf xonasida o’qitish bilan bog’liq 
xarajatlarni kamaytirish hamda o’quvchilarga yangi bilimlarni yetkazishning an‘anaviy va yangi 
shakllarini uyg’unlashtirish vazifalarini qo’ymoqda.
Darhaqiqat, kompyuterli ta‘lim amaliyotining eng yetakchi sohasi masofadan o’qitish 
yo’nalishi bo’lib hisoblanmoqda. Kompyuterli ta‘limning bu ko’rinishi geografik jihatdan uzoqda 
joylashgan maktablarga mo’ljallangan edi. Ammo zamonaviy axborot texnologiyalarining 
rivojlanishi ta‘lim jarayonini masofadan turib tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish 
imkoniyatlarini oshirdi. Natijada, masofali ta‘lim kompyuterli ta‘limning eng yetakchi maqomini 
ola boshladi. Hozirgi kunda jahonda millionlab talaba shu uslub asosida ta‘lim olmoqda. AQShda 
shu uslub asosida o’qitish maqsadida yangi o’quv markazlari barpo etilmoqda. Masofali ta‘limda 
o’quvchining o’zi ma‘lumotlar omboridan zarur axborotlarni izlab topadi, o’z tajribalarini tarmoq 
vositasida boshqalar bilan o’rtoqlashadi.
Bu sohada respublikamizda ham ishlar yo’lga qo’yildi. O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi «Iste‘dod» jamg’armasi qoshida «Masofali o’qitish markazi» tashkil 
qilindi. Markaz masofali ta‘limni respublika miqyosida keng joriy qilish uchun izlanishlar olib 
bormoqda.
Kompyuterli ta‘lim vositalaridan biri «elektron darslik»lardir. Elektron darslik deganda, 
Davlat ta‘lim standarti va o’quv dasturiga mos keladigan o’quv predmeti yoki uning biror bo’limi, 
qismining mazmunini tizimli bayon qiladigan va shu shakldagi nashr sifatida maxsus tasdiqdan 
o’tgan elektron o’quv kursi tushuniladi. Uning vositasida o’quvchi kompyuter bilan muloqot qilib, 
o’quv materialini o’ziga mos sur‘atda, o’zini qiziqtirgan muammolarni keraklicha takrorlash 
asosida o’rganish imkoniyatiga ega. Shuningdek, elektron o’quv qo’llanmalar ham keng 
tarqalmoqda. Elektron o’quv qo’llanma — darslik o’rnini qisman yoki to’liq bosadigan yoki 
almashtiradigan va shu shakldagi nashr sifatida maxsus tasdiqdan o’tgan elektron o’quv kursidan 
iborat. Elektron o’quv kursi deganda o’quv kursi yoki uning biror qismini mustaqil o’zlashtirishga 
imkon beradigan dasturli uslubiy majmua tushuniladi. Elektron o’quv kursi o’zida odatdagi 
darslik, ma‘lumotnoma, mashqlar to’plami va laboratoriya ishi xususiyatlarini birlashtiradi. 
Asosiy vazifasi esa individual holatda yoki o’qituvchining qisman uslubiy yordami asosida 
ma‘lum o’quv predmeti sohasidagi va ma‘lum hajmdagi yangi nazariy bilim, amaliy ko’nikma va 
malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlashdan iborat. Bunday kurslarning asosini elektron 
o’quv materiali tashkil etadi. Elektron o’quv materiali ma‘lum o’quv kursi yoki uning bo’lagini 


o’rganish uchun mo’ljallangan matnli, ko’rgazmali, tovushli, videolavhali, shuningdek, ularning 
barchasini mujassamlashtirgan fayl shaklidagi o’quv materialidan iborat.
Elektron o’quv materialini tayyorlash uchun multimediali vositalardan foydalaniladi. 
Multimediali vositalar deganda esa, bir vaqtning o’zida harakatlanadigan tasvir, videofilm, 
animatsiyali grafik obrazlar, matn va tovushlar ustida amal bajarishga imkon beradigan interfaol 
vositalar tushuniladi. Multimediali o’quv materiali bosma material, tovushli, videoli va animatsion 
elementlarni o’zida mujassamlashtirgan o’quv materialidan iborat bo’lib, tabiiyki, bu atama 
kompyuter xotirasidagi yoki disklardagi ma‘lumotlarga nisbatan ishlatiladi.
Shuningdek, avtomatlashtirilgan ta‘lim tizimi tushunchasi ham ishlatilmoqdiki, bu atama o’z 
ichiga o’qituvchi, o’quvchi, o’quv-uslubiy va didaktik materiallarni, ma‘lumotlarni avtomatik 
qayta ishlaydigan tizimni mujassamlashtirgan avtomatlashtirilgan axborotli muhitga nisbatan 
qo’llaniladi. O’quv materialining yangi avlodini yaratish bilan bog’liq fikrlar bilan 
http://www.rnmc.ru/ideas/osin/sozdmater.php
 saytida kengroq tanishish mumkin.
Kompyuterli ta‘lim amaliyotidagi eng dolzarb masalalardan yana biri o’qituvchi kadrlar 
tayyorlash va qayta tayyorlash muammosidir. Bu muammoni ijobiy hal qilish tomon dalil qadam 
qo’yildi: oliy ta‘lim muassasalarida informatika va hisoblash texnikasi o’qituvchilari tayyorlash 
yo’lga qo’yildi; hozirgi kunda oliy ta‘lim muassasalarining barcha mutaxassisliklarida informatika 
va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitish joriy qilingan; mazkur o’quv predmeti bo’yicha 
darslik, o’quv qo’llanmalari va ma‘lum mukammallikdagi PDVlar, elektron darsliklar yaratilgan. 
Yutuqlar bilan birga kamchiliklar ham yetarli. Bunday kamchiliklarga maktabdagi o’quv fanlarini 
o’qitishda kompyuterdan foydalanish nuqtai nazaridan o’qituvchilarning kompyuter savodxonligi 
nihoyatda past ekanligi; haligacha mukammal PDVlar yaratilib, o’quv fanlarini kompyuter 
vositasida o’qitishni tashkil etishning umumiy asoslari o’rganilmaganligi; ta‘limni 
kompyuterlashtirish jamiyatni axborotlashtirish jarayonining tarkibiy qismi ekanligini barcha 
mutasaddi tashkilot vakillari anglab yetmaganligi kabilarni ko’rsatish kifoya. Bu kamchiliklar 
bartaraf qilinsa, davlatimizning jamiyatni axborotlashtirish sohasidagi siyosatini to’lig’icha 
amalga oshirish imkoniyatlari yanada oshadi.
Biz respublikamizda uzluksiz ta‘lim tizimini kompyuterlashtirish muammosi bilan 
shug’ullanadigan markaz tashkil qilinishini, uning huzurida o’qituvchilarni tayyorlash va qayta 
tayyorlash ishlari bilan birga muhim tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yishni taklif etamiz. Shundagina 
tadqiqot natijalari, ilmiy bilimlar o’quv fanlari mazmunida o’z aksini topadi va amaliyotda 
uzluksiz qo’llanadi.
Bu muammoni hal etishda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zMU, Nizomiy nomidagi TDPU, 
Beruniy nomidagi TDTU, A.Avloniy nomidagi O’MOMI, Buxoro, Samarqand, Farg’ona davlat 
universitetlaridagi ilmiy potensial va moddiy-texnik bazadan foydalanish lozim. Mazkur ta‘lim 
muassasalarining aksariyatida zamonaviy axborot texnologiyalari bilan bog’liq laboratoriyalar 
faoliyat ko’rsatmoqdaki, ularda olib borilayotgan ishlar va erishilgan natijalar jarayonning 
jadallashishiga sezilarli ta‘sir ko’rsata oladi.
Maktabda o’qitish amaliyoti talablariga to’liq javob bera oladigan darajada o’qituvchilarni 
tayyorlash yoki malakasini oshirish tuzulishi va mazmunini aniqlab olish lozim. O’rta maktabni 
bitiruvchilar o’quv fanlari bo’yicha rejada belgilangan o’quv materialini o’zlashtirishdan tashqari 
tashkil qilingan turli tizimlar yordamida axborot manbalariga kira olishlari, ularda axborotlarning 
izlanishi, qayta ishlanishi mohiyatini tushunishlari hamda ulardan o’quv va ijodiy ishlarida 
foydalana olishlari shart. Bunday ishlar faqat maktabda o’tkaziladigan darslar orqaligina emas, 
turli kompyuter klublari va o’quvchilarning dam olish vaqtlari hisobidan ham amalga oshirilsa 
bo’ladi. O’qituvchilar malakasini oshirishda rejalashtiriladigan mazmun mazkur yo’nalishlarni 
ham qamrab olishi kerak.
Bunday yondashuv barcha o’quv fanlari o’qituvchilari egallashi lozim bo’lgan bilimlarning 
minimal miqdorini belgilashni taqozo etadi. Bunday darajani belgilashda o’qituvchilarni 
tayyorlash yoki qayta tayyorlashdan ko’zlangan maqsad aniq o’quv fanlari sohasida kompyuter 
yordamida bilimlarni o’zlashtirishning qanday qulaylik, imkoniyatlari borligini ochib berish, 
kompyuter vositasida mashg’ulotlarni tashkil qilib o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma 
va malakalarni mustaqil o’zlashtirishga o’rgatish ekanligidan kelib chiqishi kerak.


Xulosa qilib aytganda, o’qituvchilar malakasini oshirish yoki qayta tayyorlashda 
o’rgatiladigan material mazmunini tanlashda ikki jihat nazarda tutilishi kerak. Birinchidan, kurs 
mazmuni faqat IHTA kursi mazmunidagi bilimlar bilan cheklanilmasligi zarur; ikkinchidan, 
barcha fan mutaxassislari uchun umumiy bo’lgan invariant qism hamda alohida o’quv fanlaridagi 
imkoniyat va ehtiyojlardan kelib chiqadigan variantli qismdan iborat bo’lishi lozim.
Shuni ham ta‘kidlash lozimki, hozirgi kunda umumta‘lim maktablarida IHTA o’quv 
predmetini o’qitayotgan aksariyat o’qituvchilar matematika va fizika fani o’qituvchilari. Ta‘lim 
jarayonini kompyuterlashtirishni amalga oshirish ular uchun oson emas, albatta. Shu bois 
o’qituvchilarni mazkur yo’nalish bo’yicha qayta tayyorlash vazifalariga ham e‘tiborni qaratish 
kerak. Hozirgi kunda turli mutaxassisliklar bo’yicha malakasini oshiradigan o’qituvchilarga 8 soat 
(2 soat ma‘ruza, 6 soat seminar) hajmida «Yangi axborot texnologiyalari va ulardan ta‘limda 
foydalanish» kursi o’tilmoqda. Kursda 2 soat axborot texnologiyalari haqida, 2 soat kompyuter 
qurilmalari haqida, 2 soat muharrirlar haqida ma‘lumot berilsa, 2 soat PDVlardan foydalanish 
mavzusiga bag’ishlanadi, xolos. Bu yetarli emas, albatta. Bevosita IHTA o’quv predmetidan dars 
beradigan o’qituvchilar uchun mo’ljallangan kurs haqida ham shunday fikrni bildirish mumkin. 
Vaholanki, Morokko davlatida matematika va fizika o’qituvchilaridan informatika o’qituvchilarini 
qayta tayyorlash uchun 2 yil ajratilayotganligini inobatga olib, bizdagi ahvolning qoniqarli 
emasligini qayd etish mumkin.
3. Fan-texnika rivojlanishi hozirgi kundagi ta‘lim tizimini — uni tashkil etish prinsiplari, 
mazmuni, ta‘lim-tarbiya jarayonining shakl va usullarini yangi ta‘lim texnologiyalari talablari 
darajasida tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda. Bunday muammolardan biri ta‘limni 
kompyuterlashtirish.
Ta‘limni kompyuterlashtirish «inson-mashina» tizimini jamiyat hayotining barcha 
sohalariga jadal olib kirish shakllaridan biri hisoblanadi. Bunday tizimlar nazariyasiga ko’ra inson 
faoliyati yetakchi komponent hisoblanib, mashina uni samarali amalga oshirish vositasi sifatida 
namoyon bo’ladi. Inson faoliyatining ko’pgina ko’rinish va shakllari mavjud bo’lib, ularning 
genetik jihatdan boshlang’ich asosini mehnat faoliyati tashkil etadi. Uning tarixiy rivojlanishi 
natijasida boshqa faoliyat turlari, masalan, o’yin, o’quv, ilmiy izlanish kabilar kelib chiqqan. 
O’quvchilarning o’quv faoliyatini kompyuter yordamida tashkil qilish bu faoliyatning samarali 
natija berishiga imkon yaratadi. Shuningdek, ta‘limni kompyuterlashtirish uzluksiz ta‘lim tizimini, 
qolaversa, jamiyatni axborotlashtirishning negizini tashkil etadi.
Jamiyatni axborotlashtirish - inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faoliyat turlari 
va rolini oshirish bilan bog’liq ob‘ektiv jarayon.
Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishi, ijtimoiy 
ehtiyojlarining qondirilishi, iqtisodning o’sishi, fan-texnika taraqqiyotining jadallashishi uchun 
xizmat qiladi. Shu bois, u yoki bu mamlakat XXI asrda davlatlar orasida munosib o’rin egallashi 
va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy musobaqalarda teng qatnasha olishi uchun o’z iqtisodiy 
tuzilmalari va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi kerak. Respublikamizda 
mustaqillik sharofati bilan axborotlashgan jamiyat sari ildam borilmoqda. Bu masala davlatimiz 
va hukumatimiz diqqat markazidagi masalalar qatorida turibdiki, buni mazkur yo’nalish bo’yicha 
qabul qilinayotgan farmon va qarorlar tasdiqlaydi.
A.Shatrov va Yu.Sevenkov jamiyatni axborotlashtirish jarayonidagi 5 asosiy yo’nalishni 
ajratib ko’rsatgan: a) mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini majmuali 
avtomatlashtirish; b) ilmiy tadqiqot, loyihalash ishlari va ishlab chiqarishni axborotlashtirish; v) 
tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish; g) aholiga xizmat ko’rsatish sohasini 
axborotlashtirish; d) ta‘lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish .
Bizning tadqiqot beshinchi yo’nalishga mos keladi. Bu yo’nalish boshqa yo’nalishlarning 
amalga oshishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirishdagi eng muhim yo’nalishlardan biri uzluksiz ta‘lim tizimini 
axborotlashtirish. Uzluksiz ta‘lim tizimini axborotlashtirish jamiyatni axborotlashtirish jarayoni 
muvaffaqiyatli amalga oshishining muhim shartidir. Bu jarayon o’ziga ta‘limni samarali amalga 
oshirish maqsadida yangi axborot texnologiyalarini qo’llashni, uning uslub va vositalaridan 
foydalanishni, ta‘lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarini jadallashtirishni, uning sifat va 


samaradorligini oshirishni, yoshlarni axborotlashgan jamiyat sharoitida yashashga tayyorlash 
masalalarini qamrab oladi.
IHTA o’quv predmetining xalq ta‘limi tizimiga kiritish maqsadlaridan biri yuqoridagi 
muammolarni hal etish maqsadida o’quv jarayoni uchun mo’ljallangan namoyish qiluvchi, 
o’rgatuvchi, nazorat qiluvchi va boshqa PDVlarni ishlab chiqish va qo’llash bilan ta‘lim 
samaradorligini oshirishdan iborat. Bu yo’nalish ta‘lim jarayonini kompyuterlashtirish deb nom 
oldi.
Ta‘lim jarayonini kompyuterlashtirish zarurati o’quvchilarni jamiyatning har tomonlama 
yetuk fuqarolari qilib tarbiyalash vazifasidan kelib chiqadi. Jamiyatda inson faoliyatining barcha 
sohalari kompyuterlashtirilayotgan hozirgi sharoitda yosh avlodni kompyuter bilan erkin moluqot 
qilishga o’rgatish ham muhim hisoblanadi. Yoshlarning kompyuterdan keng foydalana olishi 
jamiyatda fan-texnika taraqqiyotining jadallashishi va shu asosda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga 
erishish uchun xizmat qiladi.
Ta‘limni kompyuterlashtirish insonning aql-zakovati rivojlanishiga ulkan hissa qo’shadi. 
Negaki, kompyuter yordamida o’qitish jarayonida inson fikrlashining uslublari qatoridan 
induksiya va deduksiya, umumlashtirish va konkretlashtirish, tahlil va sintez, tasniflash va 
tizimlashtirish, abstraklashtirish va o’xshatish kabilar tabiiy ravishda o’rin oladi. Bular esa 
mantiqiy xulosalar chiqarish, fikrlarni ifodalash, asoslash va isbotlashga, shu asosda mantiqiy 
fikrlashning o’sishiga xizmat qiladi.
Kompyuter shunday keng imkoniyatli qurilmaki, mukammal ishlangan dasturlardan 
foydalanganda juda yuqori pedagogik samaradorlikka erishish mumkin. AQSh mutaxassislari 
bergan ma‘lumotlarga qaraganda, kompyuterni ta‘limda qo’llash o’qitish muddatini uchdan bir 
qismigacha qisqartirish imkonini berar ekan. Shuningdek, sayoz ishlab chiqilgan dastur 
vositalaridan foydalanishning zarari ham juda katta bo’lishi mumkin.
O’tkazilgan psixologik-pedagogik tadqiqotlar va kompyuterli ta‘lim tajribasining 
ko’rsatishicha, uzluksiz ta‘lim tizimida kompyuterlarni formal qo’llash kutilgan natijani bermaydi. 
Bu jarayonda samaradorlikka erishish uchun didaktik va psixologik konsepsiyalarning 
istiqbollarini, o’quv fanlari mazmuni va ularni o’zlashtirish mantiqini, o’qitish uslubiyatining 
xususiyatlarini, ta‘lim muassasasining maqsad, vazifalari aniq hisobga olingan PDVlarni 
loyihalashning 
nazariyasi 
va 
texnologiyasini 
ishlab 
chiqish 
kerak. 
«O’qitishni 
kompyuterlashtirishning o’zi maqsad emas. U didaktik ta‘lim tizimining bilimlarni o’zlashtirish 
jarayonini boshqarishning maqsad, prinsip, mazmun, uslubiyat, shakl va tavsiflarining barchasini 
o’z ichiga olgan komponentlariga ta‘sir ko’rsata oladigan darajada o’quv jarayonini 
takomillashtirishga qaratilgan».
Ta‘lim o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining o’zaro kirishuvi asosida shakllanadigan 
tashkiliy jarayon. Uning markazida o’qitish va o’qish faoliyatining bir-biriga ta‘siri yotadi.
O’qitish va o’qish faoliyatini atroflicha tahlil qilish yo’li bilan ta‘lim jarayonining 
mohiyatini tushunish mumkin. Kompyuterli ta‘limda ham o’qitish va o’qish faoliyatini ajratish, 
ularni to’g’ri tashkil qilish, faoliyatni amalga oshirish jarayonida kompyuter imkoniyatlaridan 
keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlarga bilim berib, ularni ijtimoiy tajriba va ma‘naviy boyliklar bilan qurollantirayotgan 
o’qituvchilarning barchasi o’qitish faoliyati bilan mashg’ul. Kompyuterli ta‘limda bunday faoliyat 
kompyuter zimmasiga yuklanadi.
Kompyuterli ta‘lim jarayonida ta‘lim o’quvchi va kompyuter orasidagi munosabatlarga 
ko’ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi.
Kompyuterli ta‘limni tashkil etish – o’quvchi bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog’lanishni 
kompyuter vositasida yo’lga qo’yish. O’quvchi bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog’lanishni 
tashkil etish uchun ta‘lim loyihalanadi. O’quvchilarning o’quv ishlarini tashkil etish, ular 
faoliyatini rag’batlantirish tegishli vositalar asosida modellashtiriladi.
Kompyuterli ta‘limni boshqarish – PDV asosida o’quvchining bir faoliyat turidan 
ikkinchisiga o’tishiga va shu asosda o’quv materialini o’zlashtirishning quyi darajasidan yuqori 
darajasiga ko’tarilishiga erishish tushuniladi. PDV ta‘limni boshqarish talablariga ko’ra 
o’quvchilarning javoblarini tahlil etadi, dastur beradigan ko’rsatmalarga ko’ra kompyuter ishini 
boshqarishni ta‘minlaydi.


Kompyuterli ta‘limni nazorat qilish – kompyuter yordamida o’qitish bilan o’qish faoliyati 
orasidagi teskari aloqani yuzaga chiqarish. Teskari aloqaga ko’ra ta‘lim jarayoni natijasi tahlil 
etiladi, o’quvchilar faoliyatidagi kamchiliklar aniqlanadi, to’ldiriladi.
Kompyuterning o’qitish faoliyati tarkiban o’ta murakkab bo’lib, o’ziga PDVda 
mujassamlashgan didaktik vazifalar, o’quv topshiriqlari, o’quv materiali, o’qitish uslublarini 
qamrab oladi. Didaktik vazifa - ta‘lim jarayonida kompyuter amalga oshiradigan ishlar. Ta‘lim 
jarayonida kompyuter quyidagi didaktik vazifalarni bajaradi: o’quvchilarni o’quv materialini 
o’rganishga tayyorlaydi; bilim, ko’nikma, malakalarini mustahkamlaydi, tizimga soladi, zaif 
o’rinlarini aniqlaydi va to’ldiradi.
Kompyuterning didaktik vazifalari PDVni yaratishdan oldin uslubchi o’qituvchi ongida 
ideal shaklda loyihalanadi. O’qituvchi ta‘lim jarayonini loyihalashda yangi o’quv materialini 
o’qitish mohiyatidan kelib chiqib, o’quv materiali, o’quv topshirig’i, ta‘lim uslubi, vositalarini 
tahlil etadi va kompyuter imkoniyatlari bilan uyg’unlashtirgan holda ulardan moslarini tanlaydi.
O’qituvchi ongidagi loyihani amalga oshirish maqsadida PDVlarni yaratishda eng ilg’or 
yo’nalishlardan foydalaniladi.
«O’qitishdagi dasturiy ta‘minotni rivojlantirish yo’nalishlaridan biri mohiyatiga ko’ra biror 
fan sohasidagi juda yuqori darajali ekspert modelini ifodalovchi ekspert tizimlar hisoblanadi.
Ekspert tizimlarning ko’plab yo’nalishlari mavjud, jumladan, bashorat qilish, tashxis 
qo’yish, boshqarish, rejalashtirish, o’qitish va boshqalar». O’quv maqsadida ishlatiladigan ekspert 
tizimlar ham qator xususiyatlarga ega. O’qituvchining dars jarayonidagi vazifalarini shartli 
ravishda o’quv materialini bayon qilish, topshiriqlarni bajartirish, bilimlarni nazorat qilish va 
maslahatlar berishdan iborat deb sanab ko’rsatish mumkin. Bu vazifalar ancha murakkab bo’lib, 
o’qituvchining boy tajribasi, pedagogik mahorati asosida hal qilinadi. Bunday mahoratga ega 
bo’lmagan o’qituvchi uchun esa ekspert tizimlar foydali maslahatchi bo’la oladi. Ekspert 
tizimlarda sun‘iy intellektdan foydalaniladi.
Sun‘iy intellekt metodi asosida yaratilayotgan o’rgatuvchi kompyuter dasturlar (ISS –
Intelligent Computer Systems va ICAL – Intelligent Computer Assisted Instructions)dan 
foydalanish ham yuqori samara beradi. Sun‘iy intellekt metodlari asosida yaratilgan PDVlar 
odatda to’rtta asosdan tashkil topadi: bilimlar ombori, o’quvchining modeli, o’qituvchining modeli 
va foydalaniladigan interfeys.
Bilimlar ombori o’quv predmetining faqat tuzilishini emas, balki tavsiya qilinganlarni 
tushuncha asosida, ularning o’ziga xos xususiyatlari va ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aks 
ettiradi.
O’quvchining modeli turli savollarga ta‘lim oluvchining ta‘sirlanish vaziyatlari, uning 
o’ziga xos tavsifi va bu tizimda o’qitish tarxini qamrab oladi.
O’qituvchining modeli o’rgatuvchining harakati bilan qo’yilgan muammoni hal qilishga oid 
ekspertning harakatlarini taqqoslashni amalga oshiradi va ta‘limdagi izchillik mohiyatini 
belgilaydi.
Foydalaniladigan interfeys o’quvchiga o’quv materialini uzatishning turli usullari, 
shuningdek, tizimda o’quvchi savollarining yuzaga kelishiga zamin hozirlaydi. Bunday 
yo’nalishlar kompyuterli ta‘limda inobatga olinishi lozim.
Kompyuterdan foydalanib ta‘lim berish konsepsiyasining asosiy g’oyasi zamonaviy ta‘lim 
nazariyasi yutuqlariga asoslanishi kerak. O’quvchilarni har tomonlama yetuk, komil inson qilib 
shakllantirish g’oyasi kompyuterli ta‘lim tizimida ham asos bo’lib qoladi. Shu ma‘noda yangi 
pedagogik va axborot texnologiyalarini, ular asosida kompyuterli ta‘limni loyihalash 
metodologiyasida o’quvchilar ijodiy faolligini o’stirish, ta‘lim-tarbiya jarayoniga uslubiyat 
sohasidagi yangiliklarni joriy qilish asosiy yo’nalish bo’lib hisoblanadi.
Kompyuterlarni o’quv jarayonida qo’llash quyidagilarga imkon beradi:
-
o’quvchilarda bilish ehtiyojini shakllantiradi;
-
o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi;
-
o’quvchilarda fanni o’rganishga qiziqishni oshiradi;
-
kompyuter bilan ishlashni o’rganishga bo’lgan ishtiyojni oshiradi;
kompyuterlardan foydalanish bilan bog’liq dunyoni ilmiy bilishning hozirgi zamon 
metodlari bilan tanishtiradi;


-
ta‘limda o’quvchining individuallik darajasini oshiradi;
-
o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi;
-
materiallar mazmunining xilma-xilligini ta‘minlaydi;
-
ta‘limda foydalaniladigan o’quv materiallari doirasini kengaytiradi;
-
ta‘limda ko’rgazmalilikni kuchaytiradi;
o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat qilishi, ya‘ni baholash jarayonining omillarini 
kengaytiradi va h.k.
O’quv fanlarini kompyuter yordamida o’qitishda bunday imkoniyatlarga erishish katta 
hajmdagi ilmiy, uslubiy tayyorgarlikni talab qiladi va jiddiy qiyinchiliklar asosida kechadi.
Kompyuterlarning yetishmasligi bu asosiy qiyinchilik emas, albatta. Binobarin, texnik 
ta‘minot masalasini tez va oson hal qilish mumkin. Eng muhim muammo - bu dastur ta‘minotini 
yaratish va undan foydalanish jarayonida ilg’or g’oyalardan foydalanishda. Bunday g’oyalar 
sifatida PDVlarga sinf-dars tizimi nuqtai nazaridan yondashish; PDVlar tarkibidagi o’quv 
materiali mazmunini o’zgartirishga imkoniyat berish; «o’qituvchi—kompyuter», «o’quvchi—
kompyuter», «o’quvchi—kompyuter—o’qituvchi» munosabatlarini tahlil qilish; ta‘limda virtual 
laboratoriyalarni joriy qilish; PDVlarni masofaviy ta‘limda qo’llashga moslashtirish; PDVlarni 
yaratishda sun‘iy intellekt, ekspert tizimlaridan foydalanish, ularda hissiy moslashuvchanlik 
xususiyatlarini shakllantirish kabilarni ko’rsatish mumkin.
Bu g’oyalarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim:
Ta‘limni kompyuterlashtirishda dastlab kompyuterlashtirish jarayoni tarkibini tahlil qilish 
lozim.
Kompyuterlashtirish jarayoni tarkibini 3 element tashkil etadi: maqsadga muvofiq faoliyat; 
kompyuterlashtirish vositasi; kompyuterlashtirish predmeti. Ularning uchalasiga asosan natijaga
— kompyuterli ta‘limga erishiladi. Bu xususdagi fikrlar dissertatsiya II bobining 1-
paragrafida yoritiladi.
Ta‘limni kompyuterlashtirish predmeti — o’quv materiali turli shakllarda ifodalanadi.
Ularni o’quvchilarga yetkazishda kompyuter imkoniyatlarini o’rganish ta‘limni 
kompyuterlashtirishning asosini tashkil etadi.
Ta‘lim mazmunining shakllari ta‘rif, qoida, misol, mashq va hokazo ko’rinishida bo’ladi, 
uning tarkibi esa o’quv elementlaridan tashkil topadi. Ularning xususiyatlari dissertatsiya II 
bobining 2-paragrafida tavsiflanadi.
Kompyuterli ta‘lim tizimga solingan ma‘lum prinsiplarga asoslanishi lozim. Bunday 
prinsiplar mazmuni dissertatsiyaning II bobidagi 3-paragrafda bayon qilinadi.
Kompyuterli ta‘lim qator vositalar asosida amalga oshadi, ularni aniqlash va tizimlashtirish 
muhim ahamiyatga ega.
Kompyuterli ta‘lim vositalarini shartli ravishda 4 guruhga ajratamiz: texnik, didaktik, 
faoliyat va dasturiy vositalar. Ularning mazmuni II bobning 4-paragrafida bayon qilinadi.
Ta‘limda o’qituvchi faoliyati muhim o’rin tutadi. Bu esa kompyuterli ta‘limni tashkil qilish, 
boshqarish va nazorat qilishda o’qituvchi faoliyatini modellashtirishni taqozo etadi.
Ta‘limni kompyuterlashtirish jarayonida ikki toifa o’qituvchi faoliyatini o’rganish lozim. 
Birinchisi, kompyuterli ta‘limni tashkil qilguncha — PDVni loyihalash va yaratish jarayonidagi 
o’qituvchining faoliyati. Ikkinchisi, tayyor PDVga ega bo’lgan va uning vositasida ta‘lim 
jarayonini tashkil etadigan o’qituvchi faoliyati. Bu ikki faoliyat bir-biridan farq qiladiki, ularning 
mazmuni 3-bobning 1-paragrafida batafsil tavsiflanadi.
Kompyuter yordamida tashkil etiladigan darslar, avvalo, ongda loyihalanadi. Bu jarayonda 
o’quvchi bajarishi mumkin bo’lgan barcha ishlar inobatga olinishi shart.
O’quvchi kompyuterli ta‘lim jarayonida o’quv materialini kompyuter ekranidan o’qib 
o’rganadi, mashqlar bajaradi, savollarga javob beradi va h.k. Bularning har birini bajarishda 
o’quvchi turlicha faoliyat ko’rsatadi.
Har qanday dars ma‘lum ta‘lim modeliga asosan tashkil etiladi. Ta‘lim modellarini 
kompyuterlashtirish imkoniyatlarini o’rganish va ulardan maqsadga muvofiqlarini tanlash 
kompyuterli ta‘lim samaradorligini oshiradi.
Ta‘limning izohli-ko’rgazmali, muammoli, topshiriqli, differensial, dasturlashtirilgan, 
algoritmlashtirilgan va h.k. turlari mavjud bo’lib, ularni kompyuterlashtirish xususiyatlari va 


PDVlar asosida tashkil etish maqsadga muvofiq bo’lgan dars tiplarini aniqlash xususidagi fikrlar 
III bobning 3-paragrafida bayon qilinadi.
Kompyuterli ta‘limda PDVlar asosiy rol o’ynaydi. Shu bois bunday vositalarni yaratishga 
qo’yiladigan talablarni tizimlashtirish joiz. PDVlarga qo’yiladigan talablarni didaktik, 
psixofiziologik va texnik talablarga ajratish mumkin. Ularning har biri qator talablarni o’z ichiga 
oladi. 9. Dasturli uslubiy ta‘minotni yaratish ma‘lum bosqichlar asosida amalga oshadi. Bu 
bosqichlar ketma-ketligini aniqlash va har bir bosqichda bajariladigan ishlar mazmunini 
oydinlashtirish ta‘limni kompyuterlashtirish jarayonini jadallashtirish va sifatini ta‘minlashga 
imkon beradi. Dasturli uslubiy ta‘minot PDV va undan foydalanish uslubiyatidan iborat. Bunday 
ta‘minotni yaratish bosqichlari IV bobning 2-paragrafida ko’rib chiqiladi.
10. PDVni yaratish murakkab va uzoq davom etadigan dasturlash ishlarini talab qiladi. Bu 
ishni yengillashtirish uchun PDVni yaratish mexanizmini ishlab chiqish kerak. Hozirgi kunda juda 
ko’p yuqori imkoniyatli dasturlash tillari mavjud. Shuningdek, kompyuterning dastur ta‘minotida 
amaliy dastur paketlari ham mavjudki, ulardagi ilovalardan dasturlashda keng foydalanish 
mumkin.
Yuqorida bayon qilingan konsepsiyaga muvofiq umumiy o’rta ta‘limni kompyuterlashtirish 
muammosini tadqiq qilishda uch asosiy yo’nalishni ajratamiz: birinchi yo’nalish — ta‘lim 
sub‘ektlari — o’qituvchi va o’quvchilarning «kompyuter savodxonligi»ni oshirishga oid ishlarni 
qamrab oladi. O’qituvchi va o’quvchilarning kompyuter savodxonligini oshirmasdan, ularda 
kompyuterda ishlash madaniyatini tarbiyalamasdan kompyuterli ta‘limning samaradorligini 
ta‘minlab bo’lmaydi. Ikkinchi yo’nalish ta‘lim mazmuniga, ayni holatda IHTA o’quv predmeti 
mazmuniga pedagogik ishlov berish va PDVlarni yaratish jarayoni bilan daxldor. Bu yo’nalishga 
ko’ra kompyuter vositasida ta‘limni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish prinsip, vosita, 
uslublarini o’rganishni qayd etamiz. Uchinchi yo’nalish «kompyuterli ta‘limning eng samarali 
vositasi» deb qarash bilan bog’liq tasavvurlardir. Shu tasavvur bo’yicha ta‘limda kompyuterdan 
foydalanish uslubiyatini isloh qilish, o’quv ishlarining sifatini yaxshilab, samaradorligini oshirish 
shart-sharoitlarini o’rganishni tushunamiz.
4. «Ta‘lim vositalari — o’quv materialini o’rgatishda o’qituvchi o’zi bilan bolalar o’rtasiga 
qo’yadigan moddiy va moddiylashtirilgan predmetlar» [124;142]. Xuddi shunday kompyuterli 
ta‘lim vositalari ham mavjud bo’lib, ular o’qituvchi va kompyuter hamda kompyuter va o’quvchi 
muloqotini tashkil qilish, amalga oshirish uchun foydalaniladigan real va abstrakt predmetlar.
Kompyuterli ta‘lim vositalarini quyidagi to’rt guruhga ajratish mumkin:

Download 496,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish