2-ma'ruza pedagogik dasturiy vositalar yaratuvchi dasturlar tasnifi reja


-rasm. Kompyuterli ta‘limning texnik vositalari



Download 496,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana31.03.2022
Hajmi496,59 Kb.
#520734
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-маъруза матни

2.3-rasm. Kompyuterli ta‘limning texnik vositalari. 
Texnik vositalardan asosiysi kompyuter hisoblanadi. Ta‘lim jarayonida kompyuter ham 
o’rganish ob‘ekti sifatida, ham o’rgatish vositasi sifatida qo’llanadi. Kompyuter o’rganish ob‘ekti 
sifatida qaralganda «u nima, qanday qurilmalardan tashkil topgan, ularning vazifalari nimadan 
iborat va qanday ishlatiladi?» kabi savollarga javob topish tushuniladi.
Kompyuter elektron hisoblash mashinalarining zamonaviy nomlanishi bo’lib, u turli 
mazmundagi ma‘lumotlarni avtomatik ravishda qayta ishlash imkonini beradi. Kompyuter quvvati 
va imkoniyatiga qarab sinflarga — superkompyuter, katta kompyuter, o’rta kompyuter, kichik 
kompyuter, mikrokompyuter, kasbiy va shaxsiy kompyuter, maishiy kompyuter va 
dasturlashtiriladigan mikrokalkulyatorlarga bo’linadi. Undan tashqari, kompyuterlar mustaqil 
dastgoh yoki qurilmaning tarkibiy qismi (bort kompyuteri) bo’lishi ham mumkin.
Ta‘lim jarayonida o’quv kompyuterlari qo’llanadi. Bunday kompyuterlarning tarkibi, 
ulardan foydalanish xususiyatlari haqida to’xtalmaymiz.
o‗tamiz.
 
TEXNIK VOSITALAR
 
Kompyuter va
Rang
uning qurilmalari
 
Kompyuterning tashqi 
 

 
 
 
 

Shrift
 
 
 
 
qurilmalari
Kompyuterlararo aloqa Kadr va h.k.
vositalari va h.k.
 
Moddiy vositalar
Nomoddiy vositalar


Kompyuterdagi nomoddiy texnik vositalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Kadr — ma‘lum muddat uzluksiz davom etadigan dars jarayonining alohida ko’rinishini aks 
ettiruvchi ekrandagi bir tasvir. Kadrlar bir yoki bir nechta oynadan tashkil topib, o’zida turli 
mazmundagi matn, jadval, grafik, diagramma, rasmlarni mujassamlashtirishi va ularning 
mazmuniga bog’liq holda turli didaktik vazifalarni bajarishi mumkin.
Kadrlarni dinamik va statik turlarga ajratish mumkin. Dinamik kadrlarda statik kadrlarga 
qaraganda ko’rgazmalilik ko’proq bo’ladi. Ular statik kadrlarga nisbatan o’rganilayotgan 
jarayonga doir ko’proq ma‘lumot beradi va bu ulardan PDVda ko’proq foydalanish samarali 
ekanligini ko’rsatadi.
Kadrlardagi ma‘lumotlar esa asosan shriftlardan tarkib topadi. Shrift — alifbodagi harf, 
raqam va belgilarning grafik shakli bo’lib, kompyuterda ularning bir necha yuzlab ko’rinishi 
mavjud. Shrift vositasida matndagi so’z, jumlalar tuziladi va o’quv materiali o’quvchilarga 
yetkaziladi. Har bir shrift didaktik vosita sifatida o’z rangiga ega bo’ladi.
Rang — kompyuter ekranidagi tasvir chiqaradigan yoki qaytaradigan nurlanish spektri 
bo’lib, ularning soni displey imkoniyati bilan bog’liq bo’ladi. Kompyuter ekranidagi rang asosiy 
rang, fon rangi va bordyur rangiga bo’linadi. Asosiy rang bilan matn yoki tasvir ifodalanadi. Fon 
tasvir ortidagi rangni, bordyur esa ekran chetki qismidagi rangni anglatadi. Ularning bir-biri bilan 
uyg’unligi, ergonomik jihatdan to’g’ri tanlanishi ta‘limning samarali kechishi uchun muhim 
ahamiyatga ega.
Kompyuterli ta‘limning texnik vositalaridan tashqari didaktik vositalari ham mavjud bo’lib, 
unga 2.4-rasmda tasvirlangan o’quv materialining o’zgargan shakllari kiradi.
2.4-rasm. Kompyuterli ta‘limning didaktik vositalari.
O’quv materiali turli shakllarda ifodalanadi. Masalan, materialning asosiy g’oyasini matn 
ko’rinishida, ko’nikma yoki malaka darajasida shakllantirish rejalashtirilgan faoliyatni mashq 
ko’rinishida, o’zlashtirilganlik darajasi aniqlanayotgan bilimlarni test topshirig’i shaklida, 
o’quvchilarda bilishga rag’batni oshirish uchun muammo shaklida, ularni faoliyatga undash 
maqsadida topshiriq shaklida, faollikni jadallashtirish uchun o’yin ko’rinishida va h.k. ifodalash 
mumkin. Ularning barchasi ta‘lim jarayonida o’quvchining bilimlarni o’zlashtirishi uchun vosita 
vazifasini bajaradi.
Bunday vositalarning har biri xususida qisqacha to’xtalamiz.
Kompyuterli ta‘limda o’quv materialining mazmuni matn sifatida kompyuter ekranida 
namoyish qilinadi. Bunday o’quv materiali matni mazmunan chuqur ilmiy-g’oyaviy va mantiqiy 
ketma-ketlikda bo’lishi hamda o’quvchilar uchun tushunarli, hissiyotga boy va sodda tilda 
yoritilishi lozim.
Bayon qilinadigan materialning muvaffaqiyatli o’zlashtirilishi o’quvchilarning o’quv 
faoliyati qanday tashkil etilganligiga ham bog’liq. Unda o’quvchilarning bilish faoliyatini 
jonlashtiradigan usullardan foydalanish hamda mavzuni bayon qilish jarayonida o’quvchilar 
bilimlarni idrok etishi, ob‘ektlarni chog’ishtirishi, tahlil qilishi, xulosa chiqarishiga zamin 
tayyorlanishi va unga imkoniyat yaratilishi lozim.


Kompyuterli ta‘limning yana bir didaktik vositasi mashqdir. Mashq didaktik ma‘noda 
o’rganilgan bilimlarni turli o’quv holatlariga tatbiq etish yo’lidir. O’quv materialini mustahkam 
o’zlashtirish uchun har bir mavzuga mo’ljallangan bir nechta mashq va o’quv materialini to’liq 
o’zlashtirishga qaratilgan mashqlar tizimini yaratish kerak.
Tizimdagi mashqlar faqat mazmun jihatdan emas, balki joylashish ketma-ketligi jihatidan 
ham mukammal tuzilgan bo’lishi lozim. Chunki mashqlarning to’g’ri ketma-ketlikda bajarilishi 
ular mazmunining o’quvchilar ongida yaxshi o’rnashib qolishiga sabab bo’ladi.
Mashqlar tizimida informatikadan dasturda ko’rsatilgan ma‘lum bilimlar tizimini chuqur 
tushunish va mustahkam o’zlashtirish hamda tegishli malakalarni hosil qilish uchun yetarli 
sondagi mashqlar berilishi lozim.
Tizim har bir o’quv elementini shakllantirishning to’liq davriga qaratilgan mashqlarni o’z 
ichiga olishi lozim. Shu bilan birga mashqlar sonini optimal miqdorga keltirish ham kerakki, bunda 
o’quvchilarning keraksiz mashqlarga sarflaydigan o’quv vaqti va «o’quv energiya»si tejalib, 
undan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin bo’ladi.
Mashqlarning tizimliligi shundan iboratki, muayyan mashq boshqa mashqlar bilan bir 
tizimda olingandagina muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqacha aytganda, alohida olingan mashqlar 
orqali ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi yoxud bu jarayon juda qiyin kechadi.
O’quv predmeti mazmunini o’zlashtirishda o’quvchilar tafakkurini rivojlantirish va 
o’zlashtirishining bir-biri bilan chambarchas bog’liq ekanligini e‘tiborga olish zarur.
Har bir mashq o’rganilayotgan mavzu mazmunini oydinlashtirish bilan birgalikda 
o’quvchini yangi bilim va undagi ichki mantiqiy bog’lanishlar bilan tanishtiradi, fan bo’yicha 
olgan nazariy bilimlarini tizimlashtirib, mustahkamlaydi va o’z mazmunini hayot voqealari bilan 
bog’lab tushunishga qiziqtiradi.
O’quvchining bilim va malakalarni qanchalik darajada o’zlashtirishi o’quv materialini 
bayon qilishda foydalaniladigan ko’rgazma vositalarga ham bog’liq. Zero, Ya.A.Komenskiy 
ko’rgazmalilikni «o’qitishning oltin qoidasi» deb bejiz aytmagan.
Ko’rgazma vositalar o’qituvchi uchun o’quvchining bilish faoliyatini boshqarish quroli, 
o’quvchi uchun bilim manbai, tasavvur, tushuncha, qonuniyat va nazariyani o’zlashtirishga 
yordam beradigan vosita vazifasini bajaradi. Shu bois «Yuz marta eshitgandan bir marta ko’rgan 
afzal» naqliga mos holda o’rgatuvchi dasturlardagi grafik axborotlarning hajmi muntazam o’sib 
bormoqda. O’quv jarayonida qo’llaniladigan PDVlarga qo’yiladigan talablarga ko’ra bu 
tasvirlanadigan umumiy axborot hajmining 40-90 % igacha oshirilishi lozim.
Illyustratsiyadan foydalanish, ya‘ni rasm, fotosurat va videotasvirlardan foydalanish 
kompyuterda ob‘ektni o’rganish jarayonini jonlantirib, ta‘limning boshqa usullaridan ustunligini 
ko’rsatadi. PDVning namoyish qilish qismi o’quv materialining ma‘lum qismlarini ko’rgazmali 
yetkazib berishga, yangi tushunchalarni tasvirlab tushuntirishga, kuzatish qiyin bo’lgan hodisa va 
jarayonlarni ko’rsatishga qaratilgan. Namoyish jarayonidagi teskari aloqa o’zlashtirishni 
osonlashtiradi va o’quvchilar faolligini oshiradi. Teskari aloqani o’rnatishda test yetakchi 
vositadir.
«Test» (inglizcha «test» — o’zbekcha «sinash», «tekshirish», «tadqiq qilish» so’zlariga 
ma‘nodosh) atamasi fanda keng qo’llaniladi: «Test» — psixologik ma‘noda uning bajarilishiga 
qarab odamning psixologik, shaxsiy sifatlari xususida hukm chiqarish vositasi; fiziologiyada
«test» inson oragnizmida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni sinab ko’rish uchun qo’llanadi; 
hisoblash texnikasida «test» bajarilgan ishning to’g’riligini tekshirish uchun o’tkaziladigan 
nazorat topshirig’i; pedagogik ma‘noda o’quvchilarning o’quv materiali yoki o’quv predmetini 
o’zlashtirish darajasini tekshirish vositasi.
Testni bir necha xususiyatiga ko’ra tasniflash mumkin. Testlarning tuzilishiga ko’ra bir 
necha turi mavjud: bitta savol qo’yilib, uning bir necha javobi ko’rsatiladi. Bu javoblardan faqat 
bittasi to’g’ri bo’lib, o’quvchi shu to’g’ri javobni topishi kerak; bitta savol yoki jumla qo’yilib, 
uning javobi «ha» yoki «yo’q» shaklida ko’rsatiladi. O’quvchi to’g’ri javobni ko’rsatishi kerak; 
bir necha savol va bir necha javob ko’rsatiladi, o’quvchi qaysi savolga qaysi javobning mosligini 
ko’rsatishi kerak.


Birinchi turdagi testlar eng ko’p qo’llaniladigan testlar bo’lib, quyi sinflarda bir savolga 3 
ta, yuqori sinflarda bir savolga 4 yoki 5 ta javob mos qo’yiladi. Ikkinchi turdagi testlar qiyinchilik 
darajasi past, uchinchi turdagi testlar qiyinchilik darajasi yuqori bo’lgan testlar hisoblanadi.
Testlarni vaqtga ko’ra 3 turga ajratish mumkin: joriy test — har bir darsda uzoq va yaqinda 
o’rganilgan o’quv materialining o’zlashtirilganligini tekshirish; davriy test — o’quv predmetining 
bir bo’limi, katta qismi o’rganilgandan keyin tashkil etiladigan sinov; yakuniy test
— o’quv predmeti to’liq o’rganilgach, chorak yoki o’quv yili oxirida tashkil etiladigan 
tekshirish.
O’quvchilar miqdoriga ko’ra testning 3 xil ko’rinishini farqlash mumkin: individual test — 
har bir o’quvchi uchun alohida test topshiriqlarini tuzib tekshirish o’tkazish; tabaqalashgan test — 
sinf o’quvchilarini bilim, malakalarni o’zlashtirish darajasga qarab guruhlarga ajratish va ularning 
har biriga mos test topshiriqlarini tuzib tekshirish o’tkazish; yalpi test — sinf o’quvchilarining 
barchasiga mo’ljallangan test topshiriqlari asosida sinov o’tkazish.
Kompyuterli ta‘limda testlarning tuzilishiga ko’ra barcha shakllaridan, o’tkazilish vaqtiga 
ko’ra uchala turidan, o’quvchilar miqdoriga ko’ra individual test sinovidan foydalanish maqsadga 
muvofiq.

Download 496,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish