2-ma'ruza pedagogik dasturiy vositalar yaratuvchi dasturlar tasnifi reja


O’qituvchi va o’quvchi o’zlashtirgan bilim, ularda shakllangan malaka, ijodiy faoliyat



Download 496,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana31.03.2022
Hajmi496,59 Kb.
#520734
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-маъруза матни

O’qituvchi va o’quvchi o’zlashtirgan bilim, ularda shakllangan malaka, ijodiy faoliyat 
usullari 
kompyuterli
ta‘limning faoliyat vositalari vazifasini o’taydi. Mehnat jarayoniga 
imitatsiya qilish yo’li bilan faoliyat vositalarini ma‘lum darajada aniqlashtirish mumkin. 
Garchi ta‘lim jarayoni mehnat jarayonidan ko’p xususiyatlariga ko’ra farq qilsa-da, 
ular yagona prinsip — «sub‘ekt-ob‘ekt» tizimi jihatidan bir-biriga yaqin narsalar 
hisoblanadi. 
Ta‘lim sharoitida o’qituvchi o’zi bilan o’quvchi o’rtasiga turli chizma, jadval kabilarni 
qo’yib, o’z mehnatini amalga oshiradi. Muammoning munozarali tomoni shundaki, o’qitish 
faoliyatiga nisbatan chizma, jadval, shartli belgi va shu kabilar ko’rgazmali qurol hisoblansa
o’quv faoliyati jihatidan ta‘lim manbai hisoblandi. Bu ta‘lim vositalarini ikki guruhga — o’qitish 
vositalari, yanada aniqroq aytganda, o’qitish faoliyati vositalari va o’qish faoliyati vositalariga 
ajratish mumkin.
O’quvchi o’zlashtirgan bilim, malaka va ijodiy faoliyat usullarini o’zi bilan o’quv materiali 
o’rtasiga qo’yib, muammo, topshiriqlarni bajaradi, mashq qiladi. O’quv materiali o’quvchi uchun 
faoliyat predmeti vazifasini o’taydi. O’quvchi o’zidagi mavjud vositalarni ishlatib o’zining o’quv 
maqsadlarini amalga oshiradi.
Kompyuterli ta‘limning dasturiy vositalari tarkibi 2.5-rasmda tasvirlangan bo’lib, unga 
umumtizimli va amaliy dasturlar kiradi. Amaliy dasturlarga esa, asosan, elektron jadval, 
ma‘lumotlar omborini boshqarish tizimi, grafik muharrir, matn muharriri, tovush va musiqa
muharrirlari, kommunikatsion paket, o’yin dasturi kabilar kiradi. 


2.5-rasm. Kompyuterli ta‘limning dasturiy vositalari. 
Dasturlash tili — inson tomonidan yozilgan ko’rsatmalarni mashina tiliga o’giruvchi va 
kompyuter qayta ishlagan natijalarni inson tushunadigan ko’rinishda tasvirlovchi maxsus dastur.
Hozirgi kompyuterlar inson so’zlashadigan o’zbek, rus, ingliz yoki boshqa biror tilda 
yozilgan ko’rsatmalarni bajara oladigan darajada takomillashgan emas. Shu bois kompyuterga 
mo’ljallangan ko’rsatmalar u tushunadigan tilda yozilishi zarur. Bu maqsadda dasturlash tili deb 
nomlanuvchi sun‘iy tillar qo’llaniladi. Ular vositasida turli masalalarni hal qilishga qaratilgan 
dasturlar yaratiladi.
Dastur deganda, berilgan masalani yechishga mo’ljallab biror dasturlash tilida yozilgan 
ko’rsatmalar ketma-ketligi tushuniladi.
Dasturning bir necha o’nlab turlari mavjud bo’lib, ular inson faoliyati bilan bog’liq turli 
vazifalarni bajarish va bu bilan odamlar mehnatini yengillashtirish uchun xizmat qiladi. 
Dasturlarning ta‘lim jarayonida qo’llaniladigan turi pedagogik dastur vositalari deb nomlanadi.
Pedagogik dastur vositasi — o’quvchilarga bilim berish maqsadida foydalaniladigan 
kompyuter dasturlari majmui. Ta‘lim jarayonini kompyuterlashtirish ana shunday dastur 
vositalarida modellashtirilgan ta‘lim jarayoni, ya‘ni o’qitish, o’qish faoliyati va ular orasidagi 
bog’lanishlar asosida amalga oshiriladi. PDVlarda faqat dars jarayonida namoyish qilinadigan 
kadr yoki muloqotlar mazmuni emas, balki darsdan oldin va keyin kechadigan jarayonlar ham 
modellashtirilgan bo’ladi.
«PDVlarni, bir tomondan, o’quvchining o’quv jarayonidagi turli shakldagi faoliyatini 
takomillashtirishni ta‘minlovchi vosita sifatida, ikkinchi tomondan, o’quvchining ta‘limni turli 
shakl va vositalar asosida tashkil qilinishini takomillashtiruvchi vosita sifatida qarash mumkin».
Endi PDVlarni yaratish uchun keng foydalaniladigan dasturlar haqida qisqacha ma‘lumot 
beramiz.
Access nomli dasturlar majmui Microsoft Office tarkibiga kiruvchi ma‘lumotlar omborini 
boshqarish tizimi sifatida keng qo’llaniladi. Uning yordamida ta‘lim jarayoni bilan bog’liq barcha 
ma‘lumotlar omborlarini loyihalash va yaratish, undagi ma‘lumotlarning qayta ishlanishini 
boshqarish mumkin.
PDVni yaratish jarayonida o’quv materiali mazmunini yorituvchi matndan tortib barcha 
turdagi mashqlar va ularning yechimlari, test topshiriqlari, uyga vazifalar va yangi 
tushunchalargacha bo’lgan axborotlar ma‘lumotlar omboriga joylashtiriladi va ular dasturdagi 
ko’rsatmalarga ko’ra ekranda tasvirlanadi, qayta ishlanadi, o’zgartiriladi hamda qo’shimchalar 
kiritiladi.


Paint grafik muharriri tasvirlar bilan ishlashga mo’ljallangan. Tasvirlarni kompyuterga 
skaner hamda videokamera yordamida kiritish yoki grafik muharrir yordamida hosil qilish 
mumkin. PDVni dasturlash jarayonida barcha shakllarni Paint muharriri yordamida qayta ishlash
— ularning ko’rinishini hosil qilish, o’zgartirish, bezash mumkin. Bu bilan ekranda 
tasvirlanadigan shakllarning estetik jihatdan jozibadorligiga erishiladi.
Word matn muharriri hujjatlarni yaratish, saqlash, o’zgartirish, bezash kabi qator vazifalarni 
bajarish uchun ishlatiladi. Bu muharrir yordamida PDVdagi barcha ma‘lumotlarni tahrir qilish 
mumkin.
Excel dasturi elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berish uchun xizmat qiladi. 
Elektron jadvaldan PDVdagi hisoblash bilan bog’liq masalalarni hal qilishda, turli qiymatlarga 
ko’ra diagrammalarni hosil qilishda keng foydalaniladi.
Power Point dasturi matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya
1
ffektlari, ovozli videolavha 
va boshqalardan tashkil topgan slayd
2
larni yaratish va ularni namoyish qilishga mo’ljallangan.
Power Point dasturi yordamida PDV tarkibidagi namoyish qilinadigan jarayonlarni tez va 
oson modellashtirish mumkinki, ular asosida hosil qilinadigan taqdimotlarni yaratiladigan 
pedagogik dastur tarkibiga kiritish mumkin.
PDVlarni yaratishda foydalanish mumkin bo’lgan juda ko’p dastur vositalari mavjudki, 
ularning imkoniyatlari ta‘lim samadorligini oshirishda o’z samarasini berishi shubhasiz. Bular 
qatoriga Macromedia DreamWeaver, Microsoft FrontPage, HTML muharrirlari va Adobe 
Photoshop, CorelDraw, Macromedia Flash kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
HTML muharriri (Web muharrir) matnli va grafikli muharrirlarning xususiyatlarini o’zida 
mujassamlashtirgan dasturiy vosita bo’lib, u web hujjatlarni yaratish va tahrir qilish uchun 
mo’ljallangan. HTML hujjatlarini yaratish uchun Microsoft FrontPage, Macromedia 
DreamWeaver ga o’xshash maxsus dasturlardan yoki oddiy Microsoft Windows Notepad, 
Windows Write, Microsoft Word, Word Perfect muharrirlaridan foydalanish ham mumkin. HTML 
hujjatlarni hosil qilish uchun maxsus kodlardan foydalaniladi. Bunday hujjatlarni Word 
muharririda hosil qilish uchun maxsus belgilar kodini yozish shart emas. Word HTML hujjatlarni 
yaratish uchun mo’ljallanmaganligi uchun ular yozilganda ham oddiy matn sifatida qabul qilinadi.
Microsoft Word muharririda HTML hujjatlarni hosil qilish uchun grafik-matnli faylni html 
formatida saqlash kifoya. Bunda maxsus belgilar kodini unga mos ravishda Word ning o’zi 
yaratadi, lekin faylning hajmi ancha katta bo’ladi.
Ta‘limni kompyuterlashtirishda o’quv predmetining xususiyati, o’quv materialining 
mazmunidan kelib chiqqan holda yana qator amaliy dasturlardan foydalanish mumkin.
Biz dastlab texnik vositalarni izohlab, so’ngra didaktik vositalar haqida to’xtalgan bo’lsakda, 
ta‘lim jarayonini kompyuterlashtirishda dastlab didaktik vositalar loyihalanadi. Shundan so’ng 
loyihalangan didaktik vositalar texnik vositalarda qanday modellashtirilishi rejalashtiriladi. Bu 
rejani amalga oshirish uchun esa faoliyat vositalari asosida dasturiy vositalardan foydalaniladi.
Demak, kompyuterli ta‘lim vositalarining to’rtalasi ham bir-biri bilan chambarchas bog’liq 
bo’lib, ularning birortasisiz ta‘limni kompyuterlashtirish mumkin bo’lmay qoladi. Shuningdek, 
vositalarning birortasidagi kamchilik kompyuterli ta‘limning samarasiz kechishiga sabab bo’ladi.
Umumiy o’rta ta‘limda IHTAni o’qitishni kompyuterlashtirish PDVlar asosida amalga 
oshiriladi. Bu turdagi ta‘limning samaradorligiga erishish uchun PDVlarning ilmiy-uslubiy, 
didaktik, psixofiziologik, texnik jihatdan mukammalligiga erishish lozim. Bundan PDVlarga 
qo’yiladigan talablarni tizimlashtirish, dasturli uslubiy ta‘minotni yaratish bosqichlarining tarkibi 
va ketma-ketligini aniqlash, PDVlarni yaratish mexanizmini asoslash zarur degan xulosa kelib 
chiqadi. Ushbu bobda mazkur masalalar tahlil qilinadi.
1

Download 496,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish